Nochiziqli elektr, elektron va magnit zanjirlari. Reja: 1. Nochiziqli elektr zanjirlari. 2. Nochiziq;I elementlarni volt-amper xarakteristikalari. 3. Nochiziqli induktivlik va uni xarakteristikasi. Elektr zanjirining qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog`liq bo`lgan zanjir nochiziqli zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho`g`lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim o`tkazgichli asboblar misol bo`la oladi.
Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo`lmagani uchun zanjirdagi tok kuchi uning qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo`lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun Om qonunini tadbiq etin bo`lmaydi.
1-rasm a) da yarimo`tkazgichli diodning amper-bolt xarakteristikasi ko`rsatilgan. Rasmdan ko`rinib turibdiki diodning xarakteristikasi nosimmetrikdir.
Termistorlarning sezgirligi xararoratning o`zgarishiga bog`liq. Ularning qarshiligi temperature o`zgarishi bilan metall qarshiligiga nisbatan keskin ortadi. Ular o`lchov qurilmalarida muxitning xaroratini gazning oqish tezligini aniqlashda keng qo`llaniladi.
1-rasm. b) da ikki hil xarorat uchun termistorning volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan.
1-rasm. a) yarimo`tkazgichli diodni volt-amper xarakteristikasi. b) ikki xil xarorat uchun termistorning volt-amper xarakteristikasi.
Xaraktersitikaning boshlang`ich soxasida qarshilik chiziqli tarzda o`zgarib boradi. Xarakteristikaning egilish A nuqtasidan keyin tok ortishi bilan termistor qarshiligining kamayishi tasvirlangan.
Nochiziqli induktivlik. Toki va magnitavni oqimi nochiziqli bog`langan ferromagnitivniy element nochiziqli induktiv g`altak yoki oddiy qilib nochiziqli induktivlik deb ataladi va bilan belgilanadi (2-rasm).
2-rasm. Nochiziqli induktivlik.
Paramert ning nchiziqligi, asosan, induktiv g`altak joylashgan muxitning magnit o`tkazuvchanligi ning magnitaviy maydon kuchlanganligi kattaligiga bog`liqligidan kelib chiqadi.
2-rasmda po`latning ideallashtirilgan magnitlanish egri chizig`i bilan magnitaviy o`tkazuvchanligining o`zaro bog`lanishining egri chizig`i ko`rsatilgan.
3-rasm. Po`latning magnitlanish egri chizig`i.
Nochiziqli elektr zanjirlarini grafik va analitik usullarida tekshirish mumkin.
Grafik usulda berilgan kuchlanishda zanjirdagi tok yoki berilgan tok zanjirdan kuchlanish elementining volt-amper yoki amper-volt xarakteristikasidan aniqlanadi.
Murakkab zanjirning volt-amper xarakteristikalari analitik usulda hisoblanadi.
1. Qanday zanjirlar nochiziqli zanjirlarga kiradi.
2. Nochiziqli zanjilarga misollar keltiring.
3. Nochiziqli elektr zanjirlar qanday usullarda tekshiriladi.
Po`latni magnitlash egri chizig`ini izohlang.
Termorezistorning B.A.X.
Diodning B.A.X.
Nochiqlik induktivlik.
Nochiqlik zanjirlarni qanday tekshirish mumkin.
Adabiyotlar ro`yhati:
А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи» 1995 йил.
А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари. 2000 йил.
В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный микропроцессорной техники.Т. 1989 год.