Nizompv nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti bolalar psixologiyasini va uni


XI.2. Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/196
Sana15.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#366205
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi

XI.2. Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi.
Ona tiiidagi tovushlami o’zlashtirishda nutqning sensor asosi — 
fonematik  eshitishning  rivojlanishi  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega 
bo’Iadi.  Fonematik  eshitish  deganda,  nutq  tovushlarini  idrok  etish, 
so’zlar  tarkibida  ulami  har xil  m a’noli  birliklar sifatida birlashtirish 
va ajratish tushuniladi.
N.X.Shvachkin bolalar fonematik bolalar fonematik eshitishini 
dastlabki  rivojlanish  bosqichlarida  o ’rgauib, 
1-7  yoshdayoq 
fonematik  eshitish  shakllanib  bo’lishini  isbotladi.  Bu  davrga  kelib, 
bola  atrofdagi  kattalar  nutg’ining  tarkibidagi  barcha  fonematik 
xususiyatlami  farqlab  oladi.  Shuning uchun  atrofdagilaming  to’g’ri 
va  noto’g’ri  talaffuzini  payqay  oladi.  Bog’cha  yoshidagi  bola 
noto’g ’ri  talaffuz  etilgan  so’zlarni  asta-sekra  farqlamay  qo’yadi. 
Bolada  so’zlar  va  tovushlaming  fonetik  obra/lari  shakllanadi.  Bu 
davrda  bolalar  nutqining  fonetik  tomoniga  katta  diqqat  bilan 
qaraydi.
L.E.Jurovaning  fikricha,  bolalami  til  olamiga  o ’rta  bog’cha 
yosh  davrida,  ya’ni  til  xususiyatlarini  ayniqsa,  o ’tkir  his  etish 
davrida  olib  kirgan  m a’qul.  L.E.Jurova  va  N.V.Durovalaming 
eksperimental  tadqiqotlari  shuni  ko'rsatadiki,  4  yoshdi  bolalar 
nafaqat  so’z  tarkibidagi  tovushlami  intonasion  ajratib  olishni.  balki 
jarangli  va  jarangsiz  undoshlami  farqlashni,  so’zdagi  birinchi 
tovushni  aytib  berishni  o ’rgana  oladilar.  Bu  esa  5  yoshli  bolalarda 
tovushlami  tahlil  etish  ko’nikmalari  rivojlanishining  muhim 
zaruratidir.
Nutq  juda  erta  bolaning  va  atrofdagilaming  amaliy  faoliyati 
bilan  bog’lanib  L.S.Vigotskiy  aytganidek,  anchagina  erta  amaliy 
tafakkur  vositasiga  aylanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  nutqning 
amaliy  faoliyati  bilan  aloqadorlik  shakllaridan  bin  bo’lajak 
harakatlami  rejalashtirish,  kechayotgan  harakatlarga  nutqning 
yo’ldosh  bo’lishi  va  harakat  natijalarini  nutq  vositasida  ta ’kidlab 
ko’vishda  namoyon  bo’Iadi.  Bulaming  bari  esa  aqliy  faoliyatning 
shakllanishi  uchun juda zarur,
Bog’chagacha davming oxiri kichik va o’rta bog’cha davrlarda 
nutq bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez  kirib turadi.
Bog’cha  yosh  davrda  bola  o ’zining  harakatlari,  ularda 
ishlatayotgan  buyumlari  haqida  hech  kimga  murojaat  qilmay  aytib
- 6 5
  -


beradi,  kelajakdagi  harakatlarini  rejalashtiradi  va  natijalami  anadiz 
qiladi.  (“Q o’g ’irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”, 
“Odamcha yiqilib ketdi,  hozir men  uni  ko’tarib qo’yaman”).  Bunda 
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi.  Bunday turdagi nutqni J.Piaje 
“egosentrik  nutq”  deb  atadi.  J.Piajening  fikricha,  egosentrik  nutq 
bola  tafakkurining  egosentrik  xarakteri,  individual  nutqning  hali 
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq  L.S.Vigotskiy  shuni  isbotladiki,  egotsentrik nutq J.Piaje 
aytganidek  ijtimoiylashgan  nutqqa  qarama-qarshi  nutq  emas,  balki 
o’z tabiatiga ko’ra u ham  ijtimoiy nutqdir.  Uning  paydo  bo’lishiga 
sabab  hali  bolaning  o ’ziga  va  o ’zgalariga  yo’naltirilgan  nutqni 
o ’zaro  farqlay  olmasligidadir.  Egosentrik  nutqning  yuzaga  kelishi 
kichik  bog’cha  yoshidagi  bolalaming  kattalar  bilan  hamkorlikda 
faoliyat  qilishga  moyil  bo’lishlari  bilan  bog’liq.  Bolaning  mustaqil 
faoliyat  ko’rsatishi  qanchalik  sust  bo’lsa,  ushbu  moyillik  yuqori 
bo’ladi.  Egosentrik  nutq  esa  kattalar  bilan  hamkorlik  qilishning 
o’m ini bosuvchi o ’ziga xos nutqiy o ’rinbosor vazifasini bajaradi.
Tadqiqotlaming  ko’rsatishicha, 
egosentriknutq 
faoliyatni 
rejalashtirish  vazifasini  ham  bajarar  ekan.  Bola  oldindan  o’z 
faoliyatining  maqsad-muddaosini  og’zaki  ifodalaydi.  So’ngra 
faoliyatni  bajarish  davrida  olingan  natijalami  og’zaki  qayd  etadi, 
og’zaki  ravishda  yangi  harakatlami  rejalashtiradi,  duch  kelgan 
qiyinchiliklami bartaraf etadi.
Bog’cha yoshining oxiriga kelib,  bolaning mustaqil  faoliyati  2 
bosqichdan iborat bo’ladi:
1) 
og’zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) 
tuzilgan  reja  va  qabul  kilingan  qarorlarga  muvofiq 
faoliyatni  amalga  oshirish.  Bunda  egosentrik  nutq  asta-sekin 
yig’ilib,  interiorizasiyalanib  (ichki  tomonga  yo’nalib),  5-6  yoshli 
bolalarda ichki nutqqa aylanadi.
Bola  faoliyati  va  muloqotidagi  yangi-yangi  ehtiyojlar  oini 
intensiv  ravishda  o’zlashtirishga  sabab  bo’ladi.  Bola  nutqi  borgan 
sari  mazmunliroq  bo’lib  boradi.  Situativ  nutq  -   kichik  bog’cha 
yoshdagi  bola  nutqining  asosiy  shakli  asta-sekin  kontekst  nutqqa, 
axborot beruvchi  nutqqa o ’mini  bo’shatib  beradi.  Kontekst nutq  bu 
nutqni  suhbatdosh faqat til  vositalari  asosida,  vaziyat  (situasiya)  ga 
tayanmay turib tushuna olishi bilan xarakterlanadi.
Nutqning kontekst shakli fikming to’laligicha, mantiqiy to’g’ri 
ketma-ketlikda  bayon  etilishini,  yangi  grammatik  shakllaming
-
6 6
-


qo’llamlishini  taqozo  qiladi.  O’z  tuzilishiga  ko’ra  kontekst  nutq 
yozma  nutqqa  yaqinlashadi.  Kontekst  nutqning  muhim  xususiyati 
uning ixtiyoriyligidir.
Bog’cha yoshidagi  bolalami  savodxonlikka o ’rgatish  bo’yicha 
olib  boriladigan  ishlar  D.B.Elkonin  ishlab  chiqqan  nazariy 
tamoyillarga  asoslanadi.  Savodxonlikka  o’rgatishning  bog’cha 
yoshiga  mo’ljallangan  shakl  va  metodlari  D.B.Elkonin  metodi 
asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.
Bolalar  tomonidan  savodxonlikni  egallash  imkoniyatlari  va 
xususiyatlarini  o’rganishga  hamda  buning  uchun  eng  optimal  yosh 
davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 
yoshli  bolalar  savodxonlikni  o ’rganishda  tanlovchan  tipdagi  qabul 
qilish  xususiyatiga  ega  ekanligini,  6  yoshdan  esa  o ’qishga  e’tiborli 
bo’lishini  aniqladi.  Shundan  kelib  chiqib,  N.S.Voronsova  5  yoshni 
tovushlami  analiz  qilishga 
o’rgatishning  eng  optimal  davri,  6 
yoshni  esa  o ’qishga  o ’rgatishga  eng  optimal  (eng  yaxshi  va  qulay) 
davr ekanligini ta’kidladi.
Shunday 
qilib, 
bog’cha 
yosh 
davrining 
eng 
muhim 
xususiyatlaridan  biri  4-5  yoshlarga  kelib,  nutqning  rejalashtirish 
funksiyasi  paydo  bo’lishidan  iborat.  Dastlab  rejalshtirish  og’zaki 
tarzda  amalga  oshirilsa,  keyinchalik  bog’cha  yoshining  oxirlarida 
ichki nutq orqali rejalashtirish boshlanadi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish