Vijdoniylnk
Yuqori daraja
Doimo va hamma joyda rost gapiradi; yahshi hulqqa ijobiy, yomon hulqqa
salbiy munosabatini joyida bildiradi; ko’nglidagi fikrni ochiq, tushunarli
ifodalay oladi; aytgan so’zi bilan amali doimo va hamma joyda mos keladi.
O’rta daraja
Rost gapirishi kerak bo’lgan vaziyatlarda indamaydi yoki yolg’on
aralashtirib so’zlaydi; yaxshi va yomon hulqlarni farqlamaydi va ularning
namoyon bo’lishiga befarq turadi; aytgan so’zi va amali orasida tafovutlar
uchraydi.
Salbiy daraja
54
O’z foydasini ko’zlab, ongli ravishda yolg’on gapiradi; yomon hulq
namunalarini qo’llab-quvvatlaydi va o’zida namoyon qiladi; so’zi va ishi bir-
biriga zid.
Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o’zbek oilalarida amal qilgan va amal
qilib kelayotgan tarbiya mazmuni, shuningdek, mustakillik sharoitida davlat va
jamiyat maktab tarbiyasiga qo’ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil qiladi.
Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib,
tuzatilib, takomkllashtirilib borilishi, pirovard natijada, davlat va jamiyat, oila,
mahalla, maktab uchun namunaviy o’quvchi, o’g’il-qiz axloqli hosil qiladi. Ana shu
nuqtai nazardan kelib chiqqan holda milliy davlat-chiligimiz, xalqimiz tarixi, hozirgi,
istiqloli va istiqboli talablarini u mumlashtirgan holda hozir o’quvchilarimizda
shakllaitirilshi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar tasnifini tuzdik. Barcha
insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional, emotsional va faoliyatga
asoslangan tarkibiy qismlar uygunligiga tayanadi. Shu tufayli oila, maktab, mahalla
maktabdan tashqari muassasalarning izchil, amaliy hamkorligi bu fazilatlarni
shakllantirishning barqaror surat va sifatiii ta`minlaydi.
Milliy-istiqloliy tarbiya mazmunini quyidagi bi-lim, ko’nikma va malakalar
uyg’unligini pedagogik ta`minlash tashkil qiladi: kattayu-kichik bilan avval
salomlashib, keyin so’z boshlash; ota-onaga mehrlilik; na-faqat yoshi ulug’larni, balki
o’zidan kichiklarni ham sa-mimiy izzat qilish; to’y-ma`raka janozada o’z o’rnini bilib
hizmat qilish; boshqa millat bolalarini ham huddi o’zidek millatparvar bilib, hurmat
bilan e`eozlash, ularning milliy madaniyatiga samimiy qiziqish; nohak-lik va
ahloksizlnkni ko’rsa, hoh katta, hoh kichikni noto’g’ri ishlardan qaytarib, insofga
chaqira olish; jamoat transportida o’zidan katga va kichikka izzat ko’rsatish; o’zi
mansub jamoa muammolariga tegishli yig’ilish, majlis, hayriyalarda faollik; qanoatlilik;
halqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, jaholatga qarshi turish umumilliy jipslikni
hamshaharlik, mahalliychilik-dan ustun qo’ya olish; o’zining tabiatta, jamiyatga,
o’ziga bo’lgan munosabaglarini «yaxshi niyat», «yaxshi so’z» «yaxshi ish» asosiga
ko’ra olish; tavozelik, ochiq chehralik; inson umri, vaqtini qadrlash; gunoh yohud
hato qilsa kechirim so’ray olish; o’zining etti pushti tarihini mufassal aytib bera
55
olish; barcha qarindoshlarining yaqinlik dara-jalari va nomlarini bilish va ularga
mehrini namoyish qilish; sinfdoshi, o’rtog’i oilasida noxush voqea sodir bo’lganida,
bemor bo’lganida borib xol-axvol so’rash; tanishlari do’stlari, notannsh bolalar
arazlashganda ularni yarashtirishga harakat qilish; birovnnng shodligidan
shodlanish, kayg’usiga hamdard, sheriklnigini bildira olish; o’z halqi tarihi alloma-lar
hizmatlari haqida minnatdorlik bilan hikoya qilish .
Quyida sharhlanayotgan uslublar xalqimizning o’g’il-qizlarga madaniy,
mehrli-talabchan munosabatini, bola shahsiga hurmatini saqlab qolib, maktab
tarbiyasida qo’llash imkonini beradi. Bolaga tarbiyaviy ta`sir o’tkazishning
salbiy usullari ham mavjud. Amaliyotda bartaraf qilish uchun ular ham tahlil
qilinib, o’rganilmog’i kerak. Bu esa ayrim o’qituvchilar, ota-onalarda uchrab
turadigan pedagogik hatolarni tuzatishga yordam beradi.
Ayblamoq, bolani qilgan gunohi, hatosi uchun adolatli ravishda aybli deb
topmoq, ayb qo’ymoq va bolaning buni anglashiga erishmoq- Arazlamok —
qilgan salbiy qilig’i uchun bolani aybsitib, undan o’rqa qilib yurmoq yoki
tarbiyaviy maqsadda vaqtiicha undan yuz o’girmoq. Baholamoq bola hulqiga
uning ahamiyati, qadr- qiymati haqida ijobiy yoki salbiy fikr bildirmoq
Bahslashmoq -o’quvchi bilan(maktabda), o’g’il-qiz(farzand) bilan maktabda,
uyda ilmiy, adabiy, ahloqiy, milliy-mafkuraviy mazmunda munozara
qilmoq. Begona qilmoq — bolaning yolg’on gapirgani aniqlangach,
ko’polligi muhokama qilingach va h.k. undagi vijdonni junbishga keltirish,
aybiga pushaymon kilishi uchun o’qituvchi yoki ota-ona yoki ona uni o’zidan
vaqtincha uzoq tutib yurishi. Bitim - bolaning hayotiga, o’qishiga, kelajagiga oid
jiddiy masalani uning o’zi bilan muhokama qilib, o’zaro ijobiy kelishuv,
to’htam, qarorga kelmoq.
Inoqlashmoq - bola bilan yaqin, do’stona munosabat bog’lamoq, axdlashib
ketmoq. Kafil bo’lmoq- bola bilmay, adashib hatoga yo’l qo’ygan chog’da
uning yaxshiligi haqida boshqalar (o’qituvi, o’quvchilar)ni ishontirib, bola
uchun mas`uliyatni o’z ustaga olmok; Kengashmok, - sinf jamoasi oldida turgan
muammoni birgalikda muhokama qilmoq, Koyimoq " jazo berishning engil turi.
56
Bolaga tanbehlovchi so’z aytmok, tanbeh bermoq, urishib qo’ymok. Kuzatmoq -
sinf ahlini, har bir bolaning hulk-atvorini zimdan qarab, tekshirib turmoq
ko’zdan kechirmoq, qayd qilmoq. Ko’rsatmoq bolaga, bolalarga o’rnak yoki
ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror
narsaga diqqat e`tiborlarini jalb qilish. Maqtamoq - bolani uning o’ziga yoki
boshqalar oldida yahshi tomonlarini ko’rsatib gapirmoq, yaxshi qilib
ko’rsatmoq, Nasihat - sokin hayrihoh vaziyatda bolani yahshi yo’lga solish,
ta`lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o’git. Sovg’a berish -
bolaga bayram, hayitlar munosabati bilan imkon darajasida tuhfalar qilib, uning
mehrini yangilab, oshirib turish. Homiylik qilish -bolaga, biror sohaga qizqib,
berilib shug’ullansa, bu ishda unga yordam, madad berish, muhofaza etish.
Shu bilan birgalikda o’kuvchi, bolaga tarbiyaviy ta`-sir o’tkazishning salbiy
usullari mavjudligi va ularga bardam berish uchun ulardan namunalar
keltiramiz:
Aldamoq yolg’on-yashiq gaplar bilan, va`dalar bilan avramok, laqillatmoq
Yomonlamoq - bolaning oldida yoki orqasidan uni yomonlab, yomonga
chiqarib, qoralab gapirmoq Zarda qilmoq, - bolaga, o’quvchiga hadeb zarda,
jahl qilaverish. Nizo - o’qituvchi va o’quvchi, bola va ota-ona orasida o’zaro
kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovatli munosabat, ihtilof,
nifoq hosil qilish.
Amalga oshirilgan nazariy, uslubiy, amaliy izla-nishlarni ta`lim jarayoniga,
sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tizimining barcha tarkibiy qismlariga kom-
pleks joriy qilinishi milliy tarbiyaning tehnologik tizimini belgilashga asos
bo’ldi. Chunki ijtimoiylashuv, bolaga jamiyat amalga oshirilgan nazariy,
uslubiy, amaliy izlanishlarni ta`lim jarayoniga, sinfdan va maktabdan tashqari
ishlar tizimining barcha tarkibiy qismlariga kompleks joriy qilinishi milliy
tarbiyaning tehnologik tizimini belgilashga asos bo’ldi.
Mustaqil O’zbekistonda ta`lim mazmunida ro’y bergan tadrijiy o’zgarishlar,
ayniqksa, ijtimoiy fanlar mazmunida yaqqol aks etdi va sinfiylikdan
57
nosinfiylikka,
partiyaviylikdan
partiyasizlashuvga,
kommunistik
mafkuraviylikdan milliy istiqloliy mafkuraviylikka o’tishda aks etdi.
Mazkur pedagogik o’zgarish ta`limning insonparvarlashuvi, milliy
madaniylashuviga yo’l ochdi. Chunki har bir milliy madaniyat faoliyat
jarayonida yaratiladi, namoyon bo’ladi, o’rgatiladi, o’zlashtiriladi. Ana shu
sabablarga ko’ra, bu faoliyat tarbiyalovchi va o’quvchilarning milliy
madaniyatini, milliy istiqlolga munosabatini shakllantiruvchi mohiyatga ega.
Modomiki, madaniy bilimlar milliy hususiyatga ega ekan, O’zbekistonda ta`lim
mazmuni o’quvchilarni
milliy
madaniyatga,
milliylikka
munosabatini
shakllantiruvchi ob`ektiv hususiyatga egadir. Mazkur nazariy hulosaga muvofik,
milliy tarbiyaviy zaruratni ta`lim mazmuni, maqsadi bilan muvofiqlashtirish,
pirovard natijada esa, ta`lim mazmunini milliy tarbiyaning potentsial omilidan
real omiliga aylantirishga kuchli ehtiyoj paydo bo’ladi.
Boshlang’ich sinflar gumanitar darsliklarining milliy tarbiyaviy
imkoniyatlari tahlil qilinar ekan, o’quvchilarning yoshi, ruhiy, fiziologik milliy
hususiyatlari nazarda tutildi. Jumladan, boshlang’ich sinf o’kuvchisida davra,
ruhiy o’yinlar, tengkurlar bilan muloqtga kirishish uchun bolaning o’z ustida
turli ijtimoiy rollarni sinab ko’rishi, hayolotining o’sishi, vijdoniylik tuyg’usining
namoyon bo’la boshlashi, milliy o’zligini anglashning rivojlana borishi, boshqa
millatlar haqidagi tasavvurlarning kengaya borishi, Vatan tushunchasini anglay
borishi ro’y beradi.
Bu davrning o’ziga hos hususiyatlarini olimlar «intellektual operatsiyalar
davri» (J. Piaje), «ikkinchi bolalik davri» (G.Grimm), «maktab bolalik davri»
(D. Bromley), «bolaning ijtimoiy jonzot ekanligini anglash davri» (L. Bajovich),
«asosiy faoliyati o’kish bo’lgan kichik maktab o’quvchiligi davri» (D. Elkonin)
deb ataganlar. Milliy tarbiya nuqtai nazaridan esa, bu davrni o’quvchining
o’zini u yoki bu halq farzandi sifatnda anglashining ilk bosqichi, deb atash
mumkin.
Ona tili, adabiyot fanlarini o’qitish, bolalarning adabiy asarlarni o’qiy
boshlashi milliy tarbiya nuqtai nazaridan ahida ahamiyatga ega. Atoqi
58
tilshunos olim A. Rustamov har bir yahshi adabiy-badiiy asar ma`rifiy-
tarbiyaviy va badiiy qiymatga ega bo’lishi kerakligi, aks holda o’kuvchi bunday
asardan qoniqmasligini yozadi. Adabiy asar vazifalarining taqsimoti
quyidagicha: bilim tashnaligini asarning ma`rifiy tomoni qondiradi, amalda
ezgu yo’lga solish vazifasini uning tarbiyaviy jihati bajaradi va zavq talabiga
uning badiiyati javob beradi... Asarning bu uch jihati o’z vazifasini bajarishda
bir-biriga ko’maklashadi. Badiiyat asarning tarbiyaviy ta`sirining oshishiga va
ma`rifiy jihatining yaxshi o’zlashishiga yordam beradi. Tarbiyaviylik
ma`rifatga bo’lgan intilishning va badiiyatning ta`sirini oshiradi. Ma`rifiylik
asarning tarbiyaviy va badiiy tomonlarini mustahkamlaydi.
Shuni ham qayd qilish kerakki, respublikamizning mustaqilikka erishish,
o’zbek tiliga davlat tili maqomining berlishi barcha darsliklarni yangi,
zamonaviy talablarga javob bera oladigan qilib yaratish zaruratini yaratdi.
Jumladan, ―O’qish kitobi‖, ―O’zbek tili‖, Tabiatshnoslik‖, ―Adabiyot‖,
darsliklariga miliy mazmunga ega didaktik materiallarni ko’proq kiritish
respublika o’quv-metodik markazi tomonidan taklif qilindi. Bu sohadagi
izlanishlarning qo’lamini tasavvur qilish uchun boshlang’ich sinflar o’quv
darsliklariga milliy mazmun berish bo’yicha olib borilgan ishlardan ayrim
namunalarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |