1.2.Milliy g’urur va milliy istiqlol g’oyasining pedagogik asosi.
Prezident I.A.Karimovning «Biz hech kimdan kam emasmiz va kam
bo’lmaymiz» degan chaqirig’ining zaminida boy mazmun mujassam. Bunda
bugungi yutuqlarimizdan fahr tuyg’usi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga
chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonch ham o’z ifodasini
topgan. Lekin bu avvalo yoshlarimizga, o’sib kelayotgan avlodga g’amho’rlik,
mehr-muhabbat, ularning kuch va imkoniyatlariga katta ishonchni anglatadi.
Mustaqillik davrida har bir yoshning qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyon
qila olishlari uchun to’liq imkoniyatlar yaratish tom ma`noda davlat siyosatiga
aylandi. Bunda yoshlarni jismonan baquvvat, ma`nan barkamol, aqlan yuksak,
ruhan uyg’oq avlod qilib tarbiyalash millat g’oyasi sifatida ilgari surildi. Ta`lim
sohasini tubdan isloh qilishdan tortib bolalar va o’smirlar sportini
rivojlantirishgacha bo’lgan barcha keng miqyosdagi islohotlarning maqsadi ham
shunga qaratilgan.
―Yashash qaerda yahshi bo’lsa, shu yer men uchun Vatan‖ deb yurganlar
topiladi. Bunday qarashda, haqiqiy Vatanparvarlik tuyg’usining mujassam
emasligini ko’ramiz. Chunki, birinchidan, ―Yashash‖dan ma`no va maqsad
faqat yaxshi eb-ichish, rohat va farog’atni o’ylash, o’zi uchun ―barcha
qulayliklarga‖ ega bo’lgan ―huzur-halovat‖dangina iborat emas. Faqat shu bilan
hayotning ma`no-mazmuni, yashashdan maqsad belgilanmaydi; Ikkinchidan,
bunday toifa odamlar, haqiqiy Vatan tuyg’usini anglamaydilar, yoki uni
anglashdan yiroq. O’zining shahsiy manfaatlarini hamma ham o’ylaydi, lekin
uni faqat o’z qobug’ida ―yalong’och‖ holda tasavvur etib, ―Vatan‖ tuyg’usini
idrok etmaslik, oxir oqibatda bu odamni tug’ilgan joy, ulg’aytirib hayotga
yo’llanma bergan ota-ona, jamoa, el-yurt, xalq, millatining maqsad va
muddaolaridan, orzu-istaklaridan, tarixi, qadriyatlaridan o’zini begona tutishga
olib keladi. Bunday odamda Vatanni anglamaslik va undan ―begonalik‖ tuyg’usi
31
mujassam. Bunday odamda Vatanda yashab, Vatandan tashqarida o’zini ko’rish
bilan bog’liq ruhiy holat mujassam.
Uni bunga nima undaydi deyish mumkin? Qanday sabablar shunga olib
keladi? Buning sababini shunday toifa ―odamlarning o’zligidan‖ qidirmasdan,
savolga javob topib bo’lmaydi. Odam o’zligini qanday anglasa, Vatanini ham
shunday anglaydi. O’zligini anglamagan odam Vatanini ham anglamaydi. Uni
Vatani, tarihi qiziqtirmaydi. U o’zi uchun yashashning ma`nosini qaerda
bo’lmasin yahshi yashashda deb biladi. U o’zining halqi, ota-onasi, millati,
mamlakati oldida ham farzandlik, fuqarolik burchini sezmaydi. Uning maqsadi
nima qilib bo’lsa ham ―pul topish‖, yahshi yashash‖. SHu qoida uning uchun
―ota-onadan‖, el-halqdan ham yuqori, Vatanidan tashqari ―Vatan‖ bo’lib
ko’rinadi.
Bunday odamlarning ma`naviy dunyosi juda ―mo’rt‖ va moddiylik
asosiga qurilgan. Bir tomonlama, insoniy mohiyatdan yiroq, Vatanidan begona
―meni‖ga egadir. Har bir inson o’z ―meni‖ga albatta ega bo’lishi tabiiy holat.
Lekin uning ―meni‖ boshqa ―insonlar‖ ―meni‖ bilan, halqi, millatining
―borlig’i‖ bilan mushtarak holda shakllanadi. Xaqiqiy Vatanparvar insonlar
o’zining ―meni‖ni Vatanining taqdiridan, millati, halqining madaniy
qadriyatlaridan, orzu-istaklaridan ayri holda tasavvur eta olmaydi. ―Men‖ning
o’ziga hosligi ana shu milliy ruhiyatga tayansa, unga amal qilib umuminsoniy
mohiyat kasb etsagina kishi o’zining haqiqiy ―meni‖ga ega bo’ladi. Albatta har
bir inson uchun Vatandan aziz va mo’`tabar, muqaddas makon yo’q. Vatan
degani kindik qoni to’kilgan shunchaki joy emas, u undan ko’ra aziz bo’lgan
halqining o’tmishi, buguni va kelajagi hamdir. SHuning uchun ham ―Vatan‖
muqaddas. Vatan uchun har bir inson o’zligini bahshida etsa, Vatan obodligi,
ozodligi yo’lida, o’zining farzandlik burchini ado etgan bo’ladi. ―Vatan uchun
chala ish qilib bo’lmaydi‖. Vatan uchun chala ish qilish, bu eng katta gunohdir.
YOki, uning uchun hech narsa qilmaslikdir.
Shuning uchun ham, Vatanni anglamaslik, uning uchun o’zligini
bag’ishlamaslik ma`rifatdan, ma`naviyatdan yiroq, o’zligini anglamagan
32
odamning ishidir. Bunday odamlar ―baxt‖, ―saodatni‖ faqat moddiy narsalarda
ko’radilar. Moddiy boylikka ega bo’lishni baht deb tasavvur etadilar. Lekin,
―Boylik‖ning faqat moddiy tomonini ko’rishning o’zi etarli emas. haqiqiy bahtni
moddiy va ma`naviy boylikni o’zida uyg’un mujassam eta olgan odamgina aniq
va mukammal his eta oladi. Insonni qorni to’q, moddiy hayoti butun bo’lishi
mumkin, lekin haqiqiy baxtli, bahtiyor bo’lmasligi mumkin.
Shuning uchun ham, inson Vatandan tashqarida yaxshi yashashi, qorni
to’q, usti butun, xalqimiz tili bilan aytganda ―yegani oldida, yemagani ortida‖
bo’lishi mumkin, lekin u haqiqiy bahtli bo’lmasligi mumkin. Baxtni inson
o’zidan o’z Vatanidan qidirishi, topishi mumkin holos. Uni chetdan qidirish,
oxir oqibatda afsuslik, ma`nan qoniqmaslik yo’lidir.
Inson yoshlik davrida, uning o’ziga xos baland-parvozli yuqori kayfiyati,
shijoatga undaydigan ruhiy quvvatlari mustahkam bo’ladi. Uning Vatan mehri
bilan uyg’un bo’lishiga erishish, shuni his etib yashash, kishini Vatanga hizmat
qilishga undaydi. Inson Vatanda yashab, undan tashqarida bo’lishi ham, yoki
Vatanidan tashqarida bo’lib, o’zining Vatanidan hech qachon ayri holda his
etmasligi ham mumkin. Gap, uning qaerda yashashi to’g’risida emas, eng
muhimi Vatanga munosabati, Vatan uchun nima qilayotganligidadir. Vatanni
o’ylasa, Vatan uchun qayg’ursa, xalqining erkin va farovon hayotga erishishida
ozgina bo’lsada, o’zining hissasini qo’sha olsa shuning o’zi haqiqiy
Vatanparvarlikdir. Bu Vatanning sharafi, shoni-shuhratini baland tutish, uni
qadrlash va qadriga etib, qayg’ura olish bilan bog’liq ma`naviy hodisadir. Bu
Vatani bor har bir odamga berilgan ulug’ ne`matdan, har bir kishi tiriklik
paytida to’g’ri foydalana olishi kerak.
Erkin hayot - bu insonning o’zi ixtiyori, qobuliyatini erkin namoyon etish
va eta olishidir hayot erkin bo’lgan joyda taraqqiyot bo’ladi. Shunda inson o’z
salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim
omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobuliyatini, salohiyatini yuzaga
chiqarishga, o’zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlash bilan
shug’ullanishga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir. Bu
33
farovon hayotga erishishning muhim o’lchovidir. Ana shunday hayotni
yaratishni o’zining oldida maqsad qilib qo’ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va
obod Vatanga ega bo’ladilar. Bu uning milliy istiqlol g’oyasining bosh g’oyasi
ekanligi, shubhasiz chuqur falsafiy ma`no va ahamiyat kasb etadi.
―Erkin hayot‖ degani bu hohlagan ishni qilish el-xalq, Vatan oldida hech
qanday ma`suliyat sezmaslik degani emas. Bu insonlarga o’z kasbini erkin
tanlash, o’zining qobliyatiga mos ishni, birovning ta`siri, ko’rsatmasi bilan
emas, o’z hohish-istagi bilan bajarishi uchun imkoniyat ekanligini bildiradi.
Inson uni o’z xalqi, Vataning ravnaqi yo’lida foydalanishni ko’nglida tugib
ishlashi lozim. Uning qo’li, aql-zakovati buyuk bunyodkorlik ishlariga
yo’naltirilishi muhim. hayot erkinligi keng ma`no kasb etadi. Uni jamiyat
miqyosida ko’rganda: mulk xilma-xilligi, bozor iqtisodi bilan bog’liq erkin
raqobat, siyosiy institutlar fikrlar xilma-xilligi ham ijtimoiy hayotning
asoslarini erkinlik tamoyiliga qo’yilganligini bildiradi. Erkin hayot degani bu
raqobatga kirisha olish imkoniyatidir. O’z salohiyatini yuzaga chiqarish uchun
baxslashish, o’zligini namoyon eta olish, bunyodkorlik yo’lida orzu-
maqsadlarga etishish uchun yashash, shunga intilish, xohish-istak sezishdir.
Bugun O’zbekiston yoshlari mustaqillik tufayli dunyoning turli joylarida
o’qiyapti, ishlayapti. Ular orasida hizmat vazifasini bajarib yurganlar bilan birga
turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar ham ko’plab
topiladi. Shubhasiz, bu katta imkoniyat. Bu imkoniyatdan yoshlarimiz
O’zbekiston uchun, o’z xalqi, Vatanining kelajagi uchun foydalanishni
ko’ngillariga tugub olganlari ko’p. Lekin afsuski, bu imkoniyatni boshqa
maqsadlar yo’lida foydalanib yurgan ayrim yoshlar ham topiladi. Yaqinda
―O’zbekiston televideniyasi orqali‖ bir jurnalistning horijda bo’lib, u yerda
tahsil olayotgan O’zbekistonlik ayrim yoshlar bilan uchrashgani, ta`surotlari
yozilgan ko’rsatuvni tomosha qildim. Shunda Vatandan tashqarida tahsil
olayotgan yoshlarga qarata, hayrlashish oldidan, ertaga O’zbekistonga
qaytishini, Vatanlariga qanday istak va fikrlarning borligini so’raganlarida,
aksariyatlarini bir-birlariga qarab, ―hech qanday gap yo’q‖ deganday ma`nosiz
34
bir kayfiyatda o’zlarini tutishlari, kishida taajjub tuyg’ularini uyg’otmasdan
qolmaydi.
Bugun qaerda o’qimaylik, yoki ishlamaylik, qanday mehnat faoliyati,
yo’nalishda band bo’lishimizdan qat`iy nazar, uning samarasidan ko’zlangan
maqsad O’zbekistonning istiqboli va istiqloliga hizmat qilishi kerak. Buning
uchun esa qalbimizda ana shu Vatan va halqimizga bo’lgan ishonch va e`tiqod
qancha mustahkam bo’lsa, shuncha unga hizmat qilgan bo’lamiz. SHunda biz
―qaerda yashash yahshi bo’lsa shu erni Vatan‖ deb emas, tug’ilib o’sgan,
halqimizning taqdiri bilan taqdiri tutash bo’lgan Ona Vatan - O’zbekistonni
Vatan deb bilamiz. Vatan yagona va bitta bo’ladi.
Bugungi kunda yurtboshimizning uzoqni ko’zlagan yoshlar siyosatining
hayotiyligi o’zining tasdig’ini topmoqda. Malakatimiz fuqarosi o’zbek o’g’loni
Rustam qosimjonovning Liviyaning poytahti Tripoli shahrida o’tkazilgan
shahmat bo’yicha jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g’olib kelib,
jahon tojiga ega bo’lganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Albatta. Bu kabi
olamshumul g’alabalar ozod Vatanga munosib farzand bo’ladigan har
tomonlama etuk avlodning, millat sha`ni va g’ururini himoya qila oladigan
iste`dodli, sog’lom, aqliy va jismoniy salohiyati bilan o’z mamlakatining
shuhratini
yanada
oshirishga
tayyor
bo’lgan yosh avlod ulg’ayib
kelayotganining dalilidir. «Yurtimiz hayotidagi bu tarixiy voqea - deyiladi
Prezident I.A.Karimovning shahmat bo’yicha jahon chempioni Rustam
Qosimjonovga yuborilgan tabrigida - mustaqillik odamlarimiz uchun, avvalo
yosh avlod uchun naqadar katta imkoniyatlar ochib berganini, bizning hech
kimdan kam emasligimiz va hech kimdan kam bo’lmasligimizning yana bir
amaliy tasdig’idir».
Darhaqiqat, kelajakka yo’naltirilgan milliy istiqlol g’oyasining hayotiyligi
mana shu kabi natijalar bilan o’z tasdig’ini topib boraveradi. Zero, barkamol
avlod tarbiyasi milliy istiqlol g’oyasining maqsadlaridan biridir. Mustaqillik
mohiyati va ahamiyatini sarhisob qiladigan bo’lsak, bu ijtimoiy o’zgarishda
yoshlarning o’rni muhim. Mustaqillik tufayli yoshlarning dunyoqarashi
35
o’zgardi. Ularning g’urur, oriyat, sha`n va nomus tuyg’ulari kuchaymoqda.
Hayotga va mehnatga munosabati, Vatanga, ona zaminga mehri, egalik va
mas`uliyat hissi kuchaydi. Bir so’z bilan aytganda yoshlar o’zligini anglay
boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni his qilish, umuminsoniy
qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o’zbekona tafakkur nuri
barchaning dilidan o’rin ola boshladi. Milliy an`analarimiz va udumlarimizni
tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash
ma`naviyatimizni yangi ma`nolar bilan to’ldirishga olib keldi. Ulug’
bobokalonlarimiz madaniy hazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan
faxrlanish imkoniyatiga ega bo’ldik. Yurtimizda yashayotgan barcha millat,
elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi. Bundan yoshlar
bahramand bo’lmoqda.
Yangi jamiyatning maqsad va ideallariga binoan yangi avlod
dunyoqarashi shakllanmoqda. Yangi jamiyatning qaror topishi va rivojlanishi,
o’z navbatida, ma`naviy yangilangan, rivojlangan va shakllangan avlodlar
ruhining poklanishini ham taqozo etmoqda. Yangi jamiyat avval millat orzusida,
qalbida pishib yetiladi. So’ngra u ob`ektiv reallikka aylangan, keng
jamoatchilikning hayot va taraqqiyot tarzini ifodalovchi g’oya tarzida qaror
topdi. Huddi shu jamiyat etishtirgan kishilar, keng jamoatchilikning ilg’or
dunyoqarashi va tafakkuriga zarurat sezadi. Bir-birini taqozo etuvchi va bir-
birining taraqqiyotini belgilovchi g’oyaviy omillar mushtarakligi jamiyat va
mamlakatning milliy manfaatlari va istiqbolini kafolatlovchi kuchlardir. Ana
shu ma`noda respublikamizda qaror topayotgan fuqarolik jamiyatini va bu
jamiyatda istiqomat qiluvchi yoshlarning ongini, dunyoqarashini o’zgartirish
va insoniylashtirish maqsadida nihoyatda ko’p va ho’p ijtimoiy-tarixiy chora-
tadbirlar ko’rilmoqda. Inson erkinligi va ozodligini ta`minlovchi o’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qator universitetlar tashkil etilib,
o’quv tizimimizda jahon andozalari, tarbiya yo’nalishida ma`naviy
merosimizning eng ilg’or va insonparvar tamoyillari asos qilib olindi. Davlat va
jamiyat qurilishi masalalarini o’rganish yuksak malakali rahbar kadrlar
36
tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va
jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil etildi. Vatanimizning qurolli Kuchlari va
havfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning o’z uyi va ish joylarida tinch-
hotirjam bo’lishlari bo’yicha chora- tadbirlar belgilandi; ta`lim tizimimizdagi
islohotlar zamonaviy litsey va kollejlar ta`sis qilinishiga olib keldi; yoshlarning
bilim va salohiyatlarini yuksaltirish maqsadida «Ulug’bek», «Umid», «Ustoz»
yoki keyinchalik «Iste`dod» jamg’armalari tuzildi; o’zbekiston Respublikasida
umumiy o’rta ta`lim, o’rta mahsus, kasb-hunar ta`limni tashkil etish chora-
tadbirlari ishlab chiqildi va bular o’zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy
dasturining bo’lishiga olib keldi; Badiiy Akademiyaning tashkil etilishi, Imom
Ismoil Buxoriy, Amir Temur, Bobur, Ulug’bek, Bahouddin Naqshband, al-
Farg’oniy, Moturidiy, Ho’ja Ahror-Vali kabi milliy madaniyatimiz darg’alariga
bag’ishlangan tantanalar, qurilgan majmualar yangi jamiyatning amalga
oshirayotgan real ma`naviy ishlaridir. Ular yangi jamiyatning kuch-qudratidan
nishona bo’libgina qolmay, milliy ong va yangi dunyoqarash shakllanishida
yoshlarda milliy g’ururni mustahkamlashda ham juda katta ahamiyat kasb
etmoqda
6
.
Yoshlarning ongi va tafakkuri o’zgarib, yangilanib bormoqda. Tafakkur va
ongimizda mustaqillik g’oyalari mustahkamlanmoqda. Dunyoni, o’zimizni va
o’zligimizni anglash imkoniyati qo’lga kiritildi. Bu yoshlar tafakkurini
mustaqillik tafakkuri talablariga mos shakllantirmoqda.
Mafkuraviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko’zga
tashlanmasligi mumkin. CHunki, mafkura inson ongi, tafakkurida shakllanadi.
SHunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning
oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik zarur.
Tinch va osoyishta mehnat qilib yashashga da`vat etuvchi milliy g’oyaga
tahdid solishi mumkin bo’lgan o’rta asrlarda mavjud bo’lgan musulmon
halifaligini tiklashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan muayyan tashkilotlar
6
I.A.Karimov ―Barkamol avlod -O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ T:, 1999 yil
O’zbekiston
37
mavjudligi, ular katta mablag’ va mafkuraviy ta`sir vositalariga egaligini va
ularning niyati yagona mafkuraviy makon barpo qilib, islom dinini
siyosiylashtirish va shu asosda hukmronlik qilish, hokimiyatni qo’lga kiritishga
harakat qilmoqda. Ular musulmonlar yashaydigan mamlakatlar o’rtasida hech
qanday ma`muriy chegaralar bo’lmasligi kerak. Bu davlatlarning barchasi
yagona halifalik markazi tomonidan boshqarilishi zarur degan g’oyalarni yoshlar
ongiga tiqishtirishga harakat qilmoqdadir. Bunday ekstremistik harakatlar orqali
musulmon oilalarining yosh farzandlari ongi, dunyoqarashini zabt etishga,
pirovardida milliy g’oya, milliy mafkura tushunchalari o’rnini o’rta asr ruhidagi
islom aqidalari bilan to’ldirishga harakat qilmoqdalar. Ayni paytda diniy
ekstremizm, vahhobiychilik va «hizbi tahriri islomiya» qarashlarini inkor etish
islom falsafasi, islom dini va uning inson ma`naviyatini poklantirish yo’lidagi
g’oyalariga qarshi chiqish degan gap emas. Xalqimizning e`tiqod qo’ygan,
tinchlik va osoyishtalikni yuksak qadrlovchi xaqiqiy islom ta`limotiga hech
qanday e`tirozi yo’q. Biroq dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga intilish bu
boshqa masala. Siyosiy maqsadlar, demokratik tamoyillar va jarayonlarning o’z
yo’li, qonun-qoidalari mavjud.
Fuqarolik jamiyatida, dunyoviy jamiyatda har kim o’z ishini qilishi,
shug’ullanishi, shuningdek «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi
kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganiday, din ham davlat ishlariga,
siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o’z
mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma`naviy yuksalishning jamolini
ko’rishga hayrihohlar bo’lar ekan, ular birinchi navbatda zamon farzandi, milliy
g’oya va milliy mafkura egasi bo’lgan bilimdon va ma`rifatli inson bo’lmog’i
lozim. Ular azaliy va abadiy ma`naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda
zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo’lishlari kerak.
Milliy g’oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo’lida yoshlar qanchalik
birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko’z o’ngida kuchimiz, mavqeimiz va
o’rnimiz shunchalik baland ko’tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyalib, boshqa
davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq
38
emasmiz. Mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo
boshqalarda hurmat va e`tibor uyg’otgan. Mute`lik, tobe`lik mevasi har qanday
sharoitda millatning rivojlanishiga yo’l bermaydi. o’zimizning kuchimiz,
qudratimiz, o’zimizning maslagimiz va o’zimizning ongimiz tufayli biz buyuk
davlatga erishamiz. hozirgi sharoitda kimda kim o’z mustaqil Vatani, o’z
mustaqil fikri, mustahkam e`tiqodi bo’lsagina tenglar ichida teng bo’ladi.
Hozirgi davr uchun dolzarb va asosiy hisoblangan milliy g’oya
tamoyillari millat tarixi va uni idrok etish darajasiga bog’liq bo’ladi. Chunki
milliy g’oya osmondan tushmaydi, u erda yurgan odamlarning qalbida,
shuurida etilib, shu yer, shu zamin, shu Vatan xizmati uchun qaratilgandagina
uning ahamiyati va mavqei ham ortib boradi.
Milliy mafkuraning yoshlar ongi va tafakkuridan chuqur o’rin olganiga
asosiy mezon shu aziz Vatanimiz, shu aziz xalqimiz qadriyatlari barchamizniki,
bu Vatan, bu millat uchun yashash va uning istiqboli uchun halol va pok mehnat
qilish baht ekanligini his qilishdir.
Milliy g’urur va milliy or-nomus
Muayyan davrdagi milliy g’oya, milliy mafkura, ya`ni jamiyatning
asosiy maqsadini ideallar, demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi
ham juda muhimdir. Bu jarayon millatni o’z qobig’ida o’ralashib qolish
havfidan ozod etadi, unga jahon miqyosida tafakkur yuritish imkoniyatini
beradi. Insoniyat uchinchi ming yillik tsivilizatsiyasida shunday taraqqiyot
yo’lini qo’lga kiritdi. Xar bir millat va mamlakat taqdiri insoniyat istiqboliga
dahldor bo’lib qoladi. Davrimizning bunday o’ziga hos va murakkab ijtimoiy-
tarixiy jarayonlarini unutish aslo mumkin emas. Insonning o’z millati hamda
Vatani, shuningdek, insoniyat oldidagi mas`uliyati va burchini har bir yosh
avlodga singdirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini insonparvarlik
tamoyillari bilan uyg’un kamol toptirish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda.
XXI asrda yashayotgan bugungi yoshlarimizning ma`naviyati ana shunday
keng va chuqur, sof va beg’ubor bo’lmog’i darkor. To’g’ri, ma`naviyatdek,
inson va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi tushunchaning
39
aniq va mutlaq falsafiy mezonini belgilash qiyin. Lekin, bu degan so’z
ma`naviyatning shakllanish va yuksalish me`yorlarini ko’rib bo’lmaydi, degan
gap emas. Butun jamiyat miqyosida olib borilayotgan, inson ruhiyatini
poklantirish va dadillashtirish bilan bog’liq barcha ishlar uning qanchalik katta
natijalar berayotganidan dalolat beradi. Mustaqillikkacha bo’lgan tushuncha,
tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, ma`naviyatimiz naqadar
katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o’ziga o’zi beradigan «Kecha
kim edigu bugun kim bo’ldik?» degan javobdan anglab olsa bo’ladi.
Yoshlar ma`naviyatini oshirish masalalarining birlamchi yoki ikkilamchi
vazifalari yo’q. Ularning barchasi bir yo’la hamda doimiy diqqat-e`tibor va
hushyorlik markazida turmog’i kerak. Shuning uchun ta`lim-tarbiya, bilim va
dunyoqarashga katta ahamiyat berilmoqda. Bola tarbiyasi beshikdan
boshlaganidek, ma`naviy barkamollik ibtidosini ham oila, bog’cha, maktab,
oliy o’quv yurtlari va hokazo maskanlardan boshlanadi. U kechiktirilsa, egri
ko’chatni sindirmasdan to’g’rilash qanchalik qiyin bo’lsa, ma`naviy
kamolaltga erishish ham shunchalik kechikadi, yo og’ir kechadi.
Biz bugun fuqarolarning erkinligi va mustaqil tafakkuriga asoslangan
jamiyat qurayotgan ekanmiz, yoshlarimizga jamiyatda mutlaq erkinlik
bo’lmasligini, mustaqil fikrlash mas`uliyatsizlik va burchni unutish emasligini
tushuntirib borishimiz zarur. Fuqaro erkinligi yangi ijtimoiy tuzum tomonidan
kafolatlansa-da, fuqarolarning jamiyat manfaatlariga mos kelmaydigan mutlaqo
erkin hatti-harakatlarining kafolati emas. «Men mutlaqo erkin fuqaroman,
mustaqil tafakkurli insonman, bilganimni qilaman» qabilida yashash tarzini
o’zgartirish insonning ijtimoiy va milliy mohiyatiga zid aqidadir.
SHu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi
«O’zbekiston hotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi
qo’shiimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni va 21 iyun kuni Oqsaroyda
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni hal etish yo’llariga bag’ishlangan
majlisda ta`kidlanganidek, «Yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik,
giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishda, farzandlarimizni bunday balo-
40
qazolardan asrash uchun kurashda, doimo sezgir va ogoh bo’lib yashashda
hokimliklar, vazirlik va idoralar, hususan, Oliy va o’rta mahsus, xalq ta`limi
vazirliklari, Din ishlari bo’yicha qo’mita, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati,
«Oila» markazi, keng jamoatchilik, barchamiz ma`sulmiz»
1
.
Shuning uchun yoshlar tarbiyasi va bu tarbiya zaminida ularning
ma`naviyatini harakatga keltiruvchi mustaqillik g’oyalari, milliy qadriyatlarni
asrab-avaylash va rivojlantirish tuyg’usi, Vatan istiqboli yo’lida halol va pok
mehnat qilish singari milliy mafkuraning o’zak tomirlarini singdirish yotadi.
Mustaqillik davri yoshlari ana shunday xalqimizning XXI asrdagi buyuk
bunyodkorlik ishlariga o’zlarini safarbar aylaydigan fidoyi inson bo’lib
yetishayotganini hayotning o’zi isbotlab bermoqda. Ular umuminsoniy
qadriyatlarni ijodiy o’rganib, zamonamizga tatbiq etgan holda, milliy o’ziga
hosligimizni, asrlar sinovidan o’tgan an`analarimizni, hamisha imon-e`tiqod
bilan yashash singari hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, yuksaltirib borgan
holda bunday sharafli ishlarni bajarishga harakat qilmoqdalar.
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli «or», «andisha», «nomus», «vijdon»,
«insof», «g’urur» kabi tushunchalarning xaqiqiy ma`nosini anglab
yetmoqdalar.
Or. Or-bu nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish,
uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Bundan tashqari, o’z o’rnida hazar
qilish yoki bo’lmasa, obro’-e`tibor, fahrlanish ma`nolarini ham bildirishi
mumkin.
Andisha. Andisha - bu oqibatini o’ylab yoki yuz-hotir qilib yuritilgan
mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o’ylab ish
qiladigan, yuz-hotirni biladigan, or-nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni
tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish
tutadi.
1
Xotin-qizlar qo’mitalari ayollar manfaatini xaqiqiy ifodachisi va himoyachisiga aylanishi kerak.
«Xalq so’zi», 2004 yil 23 iyun.
41
Nomus. Nomus - bu iffat, bokiralik ma`nolaridan tashqari kishining o’z
mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoqlash, hijolat tortish tuyg’ularini, oila va
ajdodlar sha`niga dog’ tushirmaslik ma`nosini ham ifodalaydi. Odatda nomusli
odam ma`naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o’ziga ep ko’rmaydi.
qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql ham
bor xalqimizda.
Vijdon. Vijdon - bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe`l-atvori uchun
oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida ma`naviy mas`uliyat his etishdir.
Shu yuksak ahloqiy ushuncha shaxsni ijobiy hatti-harakatlarga undab va
shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi, bularga
qarashlik bildiradi; o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, hursand
bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladi, ya`ni vijdon azobiga
uchraydi. Vijdon tug’ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab
turgan sharoitiga, olgan ta`lim-tarbiyasiga bog’liq, deb hisoblovchilar ham
mavjud. Vijdon ko’p yoki oz bilimlilikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka,
oddiy yoki mashhurlik bilangina bog’liq emas.
Insof. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va
qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to’g’rilik, barobarlik, tenglik,
sofdillik va haqiqatgo’ylikdir. o’zgani o’z o’rniga va shuningdek, o’z o’rniga
o’zgani hayolan qo’yib ko’rish ham insofga kiradi. To’q ochni, boy
kambag’alni, bahtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni,
sog’lom bemorni o’z o’rniga qo’yib ko’rolsa va aksincha ham huddi shunday
bo’lsa, insoflilar safi kengayib boradi.
Insof tushunchasi Sharq falsafasida shunday talqin etiladi. Insof - bu
kishining muayyan jamiyatning ahloq me`yori nuqtai nazaridan o’z hulq-
odobini tartibga solishi va ahloqiy baholashidir. Insof vijdonli odamning yoki
ma`lum jamoatning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o’z hulq-atvori
uchun ma`naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to’g’ri bajarsa, unda
ichki qoniqish paydo bo’ladi, vijdon pok bo’ladi, atayin noto’g’ri bajarsa,
42
insofdan chiqqan bo’ladi. Insof kishini biror ishni qilishga undasa yoki
qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida bo’ladi.
Muayyan kishining hox shaxsiy ijtimoiy hulq-atvorida uchragan har
qanday soxtalik, har qanday munofiqlikni jamoa insofsizlik sifatida qattiq
qoralaydi. Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar
oldida o’z hatti-harakati bilan ma`naviy mas`uliyatini his etishining ifodasidir.
G’urur. Ona tilimiz asrlar bo’yi halqimiz tomonidan zargarona sayqal
berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma`no va
tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash
mumkin. YA`ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi to’lishib
boravergan, unda hosil bo’lgan tushunchalarni o’z tub so’zlarimiz bilan ham,
o’rnida jahon tillariga oid so’zlar bilan ham, yangi-yangi so’zlar yaratish
vositasi bilan ham ifodalangan. Shu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi
g’urur, faxr va iftihor so’zlarini olib ko’raylik. Bular bir-biriga yaqin
ma`nolarni anglatsa-da, ayni bir paytda bir-biridan muayyan darajada
farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi.
Shaxs g’ururi - bu fahrdir. Har bir shaxs o’zining yutuqlaridan
mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-ona qobil farzandlaridan, ustoz iste`dodli
shogirdidan, yozuvchi yahshi asaridan, bog’bon so’lim bog’idan, millat o’z
merosi, iste`dodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokazo.
Inson o’z kuchiga ishongan va bu bilan farhlana olgan taqdiridagina biror
narsaga erisha oladi. Bu qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin,
yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o’z qobiliyatidan ortiq darajada g’ururlanish
ham, o’z-o’zini yerga urish ham yaramaydi. o’z-o’zligicha qola bilgan
odamning g’ururi bus-butundir.
o’ziga ortiqcha bino qo’ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog’dorlik
qilmoq bular takabburlikka kiradi. hadisi SHariflarda aytilishicha, Alloh eng
yomon ko’rgan narsalardan biri takabburlikdir. hatto masjidga gerdayib kirgan
odamning namozi qabul bo’lmas ekan. «Manmanlik zavolga, kamtarlik kamolga
yetkalaydi», degan naql shunga ishora bo’lsa kerak. Kishi shunday yashashi
43
joizki, uning yutuqlaridan o’zi ham g’ururlansin, lekin undan ko’ra ko’proq
oila a`zolari, hesh-aqrabolari, mahalla-kyi, qolaversa, butun mamlakati, millati
faxrlansin, faxrim deb e`zozlasin.
Albatta bu tushunchalar alohida mazmunga ega bo’lish bilan birga, ular
me`yorga ham amal qiladi. Bunday inson qalbi bilan bog’liq sifatlar insonni,
yoshlarni milliy g’oyaga ishonch va e`tiqodni, unga amal qilishni
mustahkamlaydi ezgulikka xizmat qiladi.
Yoshlar ruhiyatida milliy g’urur va milliy iftihor fazilatlarining zarurligi
Milliy g’urur - bu milliy iftihordir Milliy iftihor millat o’zini yahlit
ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir
kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madniyat,
ma`naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan
chuqur o’rin oladi.
Milliy birdamlik tuyg’usi milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik yetuk
va mukammal ma`naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan millatlarda
to’laroq namoyon bo’ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik
hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi. Milliy iftihor millat ma`naviy
kamololotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o’z ichiga
oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma`naviy
yutuqlar ko’paygani sari o’zbekiston bilan fahrlanish hissi kuchayib
boraveradi. Milliy iftihor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek
tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas`uldirlar.
Har bir millat o’zining yutuqlaridan mamnuniyat va quvonch hissini
tuyadi. Ota-ona qobil farzandlaridan, ustoz iste`dodli shogirdlaridan, yozuvchi
yaxshi asarlaridan, yurt rahnamosi o’z halqining buyuk alloma va
qahramonlari, fidoyi va zahmatkash mehnatsevar xalqidan fahrlanadi.
Milliy g’urur yoshlarni o’z kuchi, qobiliyati va iste`dodini milliy va
umuminsoniy manfaatlar yo’lida safarbar qilishga chaqiradi. o’zbek xalqining
yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o’ta mehribonligi
va sof vijdonligiga asoslangandir.
44
Shuning uchun ham mamlakatimizning qanchalik tez ulg’ayishi ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma`naviy va siyosiy zaminining tobora mustahkam bo’lishi,
avvalambor yoshlar milliy ongining o’sishi, o’z-o’zini anglashi, ma`naviy
saviyasi, milliy g’ururi va faxri nechog’lik yuksak bo’lishiga bog’liq. Uning
negizida ma`rifatli bo’lish yotadi.
O’zbekistonliklar azaldan mehnatkashligi, buyuk yaratuvchilik quvvatiga
ega ekanligi, hamisha ezgulikka intilib yashashi, insonga hos ibratli fazilatlari
bilan ajralib turadi. O’z taqdiriga va o’zgalar taqdiriga befarq qaray olmaydigan
halqimiz bir-biriga suyanib, hamdard va birodar bo’lib yashaydilar. o’z xalqi
bilan birga qo’shni xalqlar yutuqlari bilan ham fahrlanadi. Milliy o’zligini
anglab olishda milliy g’ururni o’stirish va tarbiyalashda, millatimiz tarixini
chuqur va har tomonlama holisona va ilmiy asosda o’rganish muhim
ahamiyatga ega. Milliy iftihor ham g’urur tuyg’usi singari milliy ong
mazmunining muhim omilidir. Milliy iftihor eng avvalo o’zligini anglash, milliy
ravnaqni ta`minlash yo’lidagi hatti-harakat, o’z millati istiqboli oldida
mas`ullikning beqiyos namunasidir. Milliy o’tmishini yahshi bilgan, uni qadrlay
oladigan va ayni paytda uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan
komil insondir. Aks holda milliy iftihor hissi shunchaki maqtanchoqlik
vositasiga aylanib qolishi mumkin. Dunyoda 200 dan ortiq millatlar bo’lsa ular
shuncha hil fe`l-atvoriga egadirlar. Shuning uchun ham turli mintaqada
yashayotgan xalqlar turlicha yashash tarziga, bir-biriga o’hshamagan urf-
odatlarga ega bo’lishadi. Jumladan, o’zbeklar diyonat, or-nomus, sharm-
hayoni ijtimoiy hayotning hamma jabhalarida muhim fazilat deb qabul
qilishgan. Shunday hislatlarga egalarki, ba`zan bu faqat «o’zbekona fazilat»
deb yuritiladi.
Millatga mansublik o’ta nozik va ayni paytda juda murakkab holat. Kishi
zarur bo’lganda hayotidagi jamiki ne`matlardan, hech og’rinmasdan, voz
kechishi mumkin. Biroq hech kim, hech qachon milliy mansubligidan
tonolmaydi. Uni hohlagan paytida hohlagancha o’zgartira olmaydi. CHunki
millatga mansublik hislari insonning qon-qoniga, ming bir ho’jayrasiga singib
45
ketgan. Buni his qila olmaganlar qalban so’qir, ma`naviy kemtik kishilardir.
Ammo millatga mansubligi bilan faxrlanish boshqa, millatchilik boshqa.
O’ziga bino qo’yib, ortiq baho berish hamma vaqt shahs hayotini ham,
millat istiqbolini ham inqirozga olib keladi. Milliy kibr, o’zga millatlarni
mensimaslik, kamsitish, ohir-oqibatda millatlararo totuvlikka rahna soladi.
O’zbekistonda mavjud barqarorlikning asosi shu zamin fuqarosi bo’lgan barcha
millatlar uchun mamlakatlar tarixi, uning asrlar mobaynida to’plagan
qadriyatlari
umumiy
g’ururga
aylanganligidir.
«Shu
aziz
Vatan
barchamiznikidir», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» degan da`vatlarning
ma`naviy qudrati, ulkan umuminsoniy mazmuni ana shunda.
Milliy iftihor tuyg’usining yana bir jihati shundaki, u yoshlarning eng
avvalo qaysidir millatga mansubligi, uning keng imkoniyatlaridan quvona olish
fazilatigina emas, balki yashab turgan zaminga, fuqaroligiga dahldor bo’lgan
mamlakatga munosabat belgisi hamdir. Milliy iftihori kuchli bo’lgan yoshlar
o’z mamlakati bilan fahrlana oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi.
Demak bunday xalq o’z istiqbolini chuqurroq anglaydi va unga sidqidildan
xizmat qiladi.
Milliy g’urur, milliy o’z-o’zini anglash bularning hammasi mazmun va
mohiyat jihatidan o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bir-birini boyitadi, to’ldiradi, biri
ikkinchisisiz mavjud bo’lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning samarasi bevosita millati va elatidan qat`i nazar, aholi turli
tabaqasining
umumiy
manfaatlariga
mos
keladigan
maqsadlar
mushtarakligidadir.
Milliy g’ururning o’sib, rivojlanib borishi murakkab jarayon. hozirgi
davrda yoshlarda milliy g’ururning o’sib borishi uchun, birinchi navbatda,
millatimiz madaniyati va qadimiy merosi, tili, an`analari, urf-odatlarini,
millatimiz qadriyatlarini, uning hozirgi bosh maqsadlarini tushunishlari va bilib
olishlari kerak.
46
O’tmishini bilmagan va e`zozlamagan xalqning kelajagi yo’q. O’tmish
bizlar uchun ham, boshqa xalqlar uchun ham allaqachon qaytmas bo’lib
ketgan, ko’z o’ngimizdan olislashgan, tarix mulkiga aylangan davrdangina
iborat emas, balki ahamiyati hech qachon yo’qolmaydigan tag zamin, o’q
ildizimizdir o’tmish bizning tayanch nuqtamiz ekaniga shubha yo’q. Agar ana
shu tayanch nuqtaga, ma`naviy poydevorga suyanmasak, o’tmishimizdan kuch-
quvvat, ruhiy-ma`naviy ozuqa olmasak olg’a tomon rivojlana olmaymiz.
O’zbek xalqi o’zining o’tmishi bilan har qancha fahrlansa, g’ururlansa
arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar katta hissa
qo’shganki, buni butun dunyo allaqachon tan olgan. Xalqimizning buyuk
mutafakkirlari imom Buhoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, hoja
Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk
ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shganlar,
xalqimizning milliy iftihori bo’lib kelmoqdalar.
Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa harakterda namoyon bo’ladi,
degan edi buyuk mutafakirlardan biri. Demak, insonning insonligini ifoda
etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur darajasi bo’lsa, ularning
mohiyatini ochib beruvchi, miqyosi va ko’lamiga baho beruvchi bosh mezon
hatti-harakati, hayotga va atrof muhitga munosabati, o’z-o’zini boshqarishdagi
ichki qudratdir. Ana shu ichki qudratga tayangan xalq Sharqning diyonat, or-
nomus, sharm-hayo kabi fazilatlarni asrlar mobaynida oliy qadriyat sifatida
avaylab-asrab kelmoqda. Ularni milliy istiqlol g’oyasi orqali yoshlar ongi va
qalbiga singdirishning ahamiyati nechog’li ekanligini anglash muhim. Bu har bir
yoshga o’ziga hos ma`suliyat yuklaydi hamda shularga o’xshagan va shunga
harakat qilayotgan yoshlarning yangi avlodi yetishib chiqishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |