Nizomiy nomli toshkent pedagogik universiteti


Bitiruv  malakaviy  ishning  tarkibiy  tuzuli



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana23.09.2021
Hajmi0,77 Mb.
#182849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
milliy goya boshlangich sinf oquvchisi manaviyatining asosi

                  Bitiruv  malakaviy  ishning  tarkibiy  tuzulishi;    2-bob  to’rt 

paragrafdan,  hulosa  va   adabiyotlar   ro’yhatidan  iborat 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

12 


1-bob.  Miliy  g’oya    tushunchasining  tarixiy-pedagogik  rivojlanishining 

nazariyasi. 

1.1. Sharq  Allomalari asarida milliy g’oyaning tarixiy pedagogik tavsifi. 

Milliy    istiqlol      g’oyasining      ma`no  mohiyatini    va    uning      millat   

hayotidagi o’rnini      mukammal      tushunib    etish    uchun  eng avval unga  zamin 

bo’ladigan  negizni  aniqlab  olish  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  molikdir. 

CHunki,  bugun  «Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar» 

fanining ta`lim tizimiga kiritilishi munosabati bilan milliy g’oyaga nisbatan ham 

unga  ustvorlik berishga urinishlar sezilmoqda. 

Aslida  bunday  harakatlarni  ob`ektiv  holat,  -  deb  qarash  ham  mumkin. 

CHunki,  bu  fanning  mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlashning  bugungi 

kundagi vazifalaridan kelib chiqan holda bunday holat yuzaga kelmoqda.  

Ammo, ana shu mustaqillikni milliy ong va g’oya yuzaga kelmasa qo’lga 

kiritib  bo’lmasligini  ham  e`tibordan  chiqarib  bo’lmaydi.  Aslida  har  qanday 

milliy  maqsad  va  manfaatlarning  debochasi  milliy  g’oyaning  yuzaga  kelishi 

bilan  bog’liq.  Huddi  ana  shu  ma`noda  ham  milliy  g’oyaning  o’zini  va  uning 

zaminida  esa  milliy  istiqlol  g’oyasining  millat  taqdiridagi  rolini  o’rganish 

nazariy va metodologik jihatdan to’g’ri bo’ladi. Chunki,  milliy  istiqlol   g’oyasi 

millatning    o’zgalarga    qaram    bo’lib    qolishi,  undan  qutilish  uchun  zarur 

bo’lgan  harakatlarni  vujudga  keltirish  va  ozodlikni  ta`minlash  davri    uchun 

hizmat  qiladi.  Keyinchalik  unga  ustvorlik  berishga  ehtiyoj  qolmaydi.  Milliy 

g’oya  millat  real  sub`ekt  sifatida  mavjud  bo’lgan  har  bir  davr  uchun  o’z 

ahamiyatini saqlab turadi va milliy taraqiyotning vazifalari yo’nalishlariga mos 

ravishda  yangi g’oyalar yuzaga kelishga zamin bo’lib qolaveradi.  

Milliy  g’oya  tushunchasi  va    uning      milliy        istiqlol  g’oyasi  bilan 

uyg’unligi.  Milliy  g’oya  –  milliy  ongni  uyg’otuvchi    millatning      o’zligini  

anglatuvchi,  o’ziga  hoslikka,  mentalitetiga  «qiyofa»  bahsh  etuvchi,  milliy 

ruhiyat, g’urur, iftihor, e`tiqod va ma`sullik tuyg’ularini shakllantiruvchi fikrdir. 

Milliy  g’oya  har  bir  insonning  o’zini  anglashi  jarayonida  shakllana 

boshlaydi.  Insonning  shahs  sifatida  shakllanishi  esa  uning  o’zini  anglashidan 




 

13 


boshlanadi.  U  ota-ona,  oila  va  tashqi    muhit  bilan  bo’ladigan  munosabatlar 

orqali o’zining kimligini anglay boshlaydi. Shuning  uchun  ham  milliy  g’oya 

insonda ana shu munosabatlarning  ta`siri  ostida  shakllanadi.  Milliy  g’oyaning 

asosiy  manbalari-kundalik    soddagina    urf-odat,    an`ana  va  qadriyatlardan 

boshlanib,  ma`naviy  meros,  tarixiy    hotira  va  milliy  taraqiyotda  to’plangan 

tajribalargacha  bo’lgan  omillar  bilan  bog’liqdir.  Milliy  g’oya  ota-ona,  oila, 

millat  vakillarining  o’zaro  munosabatlari,  hatti-harakatlari,  mentaliteti  ta`sirida 

shakllanadi.  Shu  ma`noda  ham  milliy  g’oya  manbalari  mustahkam 

bo’lgandagina, u turli  munosabatlar,  milliy udumlar, urf-odatlar,  an`analarga 

amal qilish orqali insonning ongi bilan rivojlanib boradi va ulg’aygan sari uning 

ham umumiy dunyoqarashi, ongining ajralmas qismiga aylanib boradi. 

Milliy  g’oya  tizimida  milliy  ong,  milliy  o’zlikni  anglash  va  milliy 

mentalitet  etakchi  o’rin  egallaydi.  Milliy  ong  bo’lmasa,  u  rivojlanmasa,  millat 

o’zligini  anglamasa,  u  kim,  qaerdan  kelib  chiqan,  ildizlari  nimalar  bilan 

bog’liqligi  kabi  tuyg’ularga  ega  bo’lmasa  va  nimalarga  qodirligini  bilishga 

intilmasa, milliy g’oya ham sayozlashib boraveradi. Millat o’zining turmush va 

hayot  kechirish  jarayonida  o’z  millatiga  hos  bo’lgan  udumlar,  urf-odatlar, 

an`analar  va  qadriyatlarni  o’zlashtirishga  intilsa,    unga    amal    qilsagina    milliy 

g’oyalar uyg’onib, rivojlanib, takomillashib boradi. Milliy ong va milliy o’zlikni 

anglash  milliy  g’oyaga  turtki  beradi,  uni  shakllantiradi  va  milliy  taraqiyotga 

ruhiyat bag’ishlab «uni harakatga» keltiradi. SHuning bilan birga milliy ong va 

o’zlikni anglashning rivojlanishi milliy g’oya imkoniyatlarini kengaytirib turadi.  

Milliy  g’oyaning    ta`sir    doirasi    nihoyatda    keng    bo’lib,    u  millatning 

o’ziga  hosligini  saqlab  turish,  millat  manfaatlari  yo’lida  millat  vakillarini 

birlashtirish,    uyushtirish  va    taraqiyot    yo’nalishlarini    belgilash    kabilarga 

o’zining ta`sirini o’tkazib turadi.  

Milliy    g’oya    milliy    o’ziga    hoslikni    saqlab    turish    va  milliy 

manfaatlarni    amalga    oshirish,    milliy  istiqbolini  belgilash  uchun  muhim 

ahamiyatga  egadir.  CHunki  u,  millat  vakili  bo’lgan  har  bir  shahsning 

dunyoqarashi,  kundalik  faoliyatida  o’z  ifodasini  topadi.  Millat  vakillarining 




 

14 


aksariyat  ko’pchilik  qismining  milliy  g’oyasi  mustahkam  bo’lgan  insonlar 

tashkil  qilgan  sharoitdagina  milliy  manfaatlar  uchun  umummilliy  harakat 

vujudga  keladi.  Huddi  mana  shu  umummilliy  harakatni  vujudga  keltirish  – 

milliy    g’oyaning    muhim    vazifalaridan    biri;  ikkinchidan,    uning  millat 

vakillarida  vatanparvarlik,  ona  zaminning muqaddasligi tuyg’usini  uyg’otish, 

uni  ko’z  qorachig’iday  himoya  qilish kerakligini  tushunib  etishga  ta`sirini 

o’tkazish;  milliy  g’oya  har  bir  millat  vakilida  uning  avlod-ajdodlari  ana 

shu zaminda  dunyoga  kelgan,  uning  huzur-halovatidan bahramand   bo’lgan, 

undan ilhom, zavq-shavq olgan va qo’nim topganligidan habar berib turadi. Bu, 

o’z  navbatida  o’z  ona  zaminiga  mehr-muhabbatini  mustahkamlaydi; 

uchinchidan milliy g’oya tarixiy hotirani mustahkamlaydi va uning takrorlanmas 

imkoniyatlaridan  manba  sifatida  turtki  (zaryad),  ilhom  olib  turadi.  Biz 

umuminsoniy 

qadriyatlarning 

ustvorligi 

va 


umumbashariyatni 

birlashtiruvchanligi  haqida  qancha  ko’p  gapirmaylik,  baribir  uning  ildizlari, 

zaminlari  millatning  tarixiy  hotirasi,  merosi  va  asrlar  davomida  to’plagan 

hayotiy  tajribalari  bilan  bog’liq  ekanligini  nazarda  tutishimiz  lozim  bo’ladi. 

Huddi  mana  shu  jarayonda  milliy  g’oyaning  o’rni,  salohiyati,  imkoniyati  va 

yuksakligi  namoyon  bo’lib  turadi;  to’rtinchidan,  milliy  g’oya  millat  vakillarida 

millat  taqdiri  uchun  ma`sullik  tuyg’ularini  ham  uyg’otib  turadi.  Millat  real 

hayotda  uni  tashkil  etuvchi  shahslardan  iborat  ekan,  har  bir  millat  vakili  o’zga 

millatlar  davrasida  o’z  millati  vakilining  erishgan  yutug’idan  hursand  bo’ladi, 

shu  millat  vakili  bo’lganiningdan  fahrlanadi.  Aksincha,  o’z  millatdoshining 

boshiga  tushgan  og’ir  kunlar  tushsa  uni  huddi  o’zingning  eng  yaqinlarining 

boshiga tushganday qabul qilasan.  

Milliy    g’oyaning    zaminlari    «mo’rt»    va  qashshoq    bo’lsa,    yohud 

qandaydir    zo’ravonlik    ta`siri    ostida  hiralashtirilgan    bo’lsa,    millat    o’zligini 

yo’qota boshlaydi,  o’zi haqidagi  qarashlari  sayozlashib  boradi  va  oqibatda 

uning  istiqboli    ham    havf  ostida    qoladi.  Lekin  avlod-ajdodlari  mustahkam 

intelektual  salohiyat,  meros  va  taraqiyot  tajribalarining  yaratgan  millatning 

milliy g’oyalarini ma`lum davr ichida zo’ravonlik bilan jilovlab turish mumkin, 




 

15 


ammo  uni  millat  tarixiy    hotirasidan    batamom    yo’q  qilib    bo’lmaydi.  Zero, 

milliy  intelektual  salohiyat, meros  va milliy  taraqiyot  davomida  to’plangan 

tajribalar  umuminsoniy  mulkka   aylanib,  er qirrasining  boshqa  zaminlarida 

yashayotgan  o’zga  xalqlarga    hizmat  qilib  kelaveradi.  Bu,  o’z  navbatida, 

zo’ravonlik  bilan  (vaqtincha)  «jilovlanib»  turilgan,  o’z  avlod-ajdodlari 

tomonidan  yaratilgan  milliy-ma`naviy  salohiyatdan  mahrum  etilgan  millatning 

istiqbolda,  ya`ni  o’z  milliy  g’oyalarining  tiklanishida  katta  ahamiyatga  ega 

bo’ladi,  chunki  milliy-ma`naviy  salohiyati  mustahkam  va  boy  bo’lgan 

millatning  milliy  g’oyalarini  zo’ravonlik  bilan  moddiy    kuchga  aylantirishga 

imkon  bermaslik  mumkin,  ammo uni batamom yo’qotib yuborib  bo’lmaydi. 

Vaqt o’tishi bilan unga millatning ehtiyoji oshib boraveradi. 

Milliy  g’oyaning  bitmas-tuganmas  imkoniyatlari  shu  darajada  kengki,  u 

faqat millatning o’z-o’zini anglashi, milliy ong rivojlanishi bilan cheklanmaydi, 

balki  u  millatni  o’zgalarga  tanitadi  va  uning  umumjahon  tsivilizatsiyasi 

jarayonlariga  mustaqil  sub`ekt  sifatida  kirib  borishiga  o’zining  ta`sirini 

o’tkazadi. 

Yuqoridagilardan  ko’rinib   turibdiki,    milliy    g’oya  va    milliy    tiklanish 

va  umummilliy taraqiyotning  muhim  manbai   hisoblanadi. 

Milliy    g’oya    milliy    istiqlol    g’oyasini  shakllantiradi    va    uning    real 

amalga    oshishida    millatni    birlashtiradi.    Milliy    g’oyasiz    milliy    istiqlol 

g’oyasi  ham  shakllanmaydi. Shu  ma`noda milliy  g’oyani  rivojlantirish  millat 

taraqiyotining  har  bir  bosqichi  dolzarb  vazifa  bo’lib  qolaveradi. 

Tarixni  bilish,    undan    to’g’ri  va  holis    hulosalar    chiqara    olish    inson 

ma`naviy kamoloti  uchun  nihoyatda  muhim.  Tapix buyuk muallim,  o’tmishdan 

saboq  beradigan  tarbiyachidir.    Gap  eng  qadimgi    davr    falsafasi    haqida      borar 

ekan,  bu  masala   yanada   katta   ahamiyat   kasb etadi.  Ayrimlar   «Bizga ming 

yillar  qa`rida  yotgan  madaniyat  va  falsafadan  nima  foyda,  yahshisi,  bugunning 

gapidan gapiring?", «O’tmish qa`ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar 

ustida  bosh  qotirgan  ma`qul  emasmi?»  degan    hayollarga  borish  mumkin.  Bir 

qarashda ularning gapida ham jon borga o’hshaydi. Ammo bir narsa aniq: o’tmishni 




 

16 


bilmasdan  turib,  kelajakni  to’g’ri  tasavvur  etish  mumkin  emas.  Zero,  o’tmishsiz 

kelajak  yo’q.  Shu    ma`noda,    biz    falsafa    tarihini    azbaroyi    o’tmishga  

qiziqqanimiz  uchun  o’rganmayapmiz.  Biz  uni  turli  zamonlarda  ro’y   bergan  

hilma-hil  voqea va hodisalarning falsafiy  fikr  va ongida   qanday    aks  etgani, 

ularni  qanday  g’oyalarning  tugilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta`limotlar insoniyat 

taraqqiyotiga  qanday  ta`sir  ko’rsatgani,  qaysi  mafkura  odamzodni  ko’proq 

rivojlanish  yoki  tanazzul  tomon  etaklagani  kabi  haqiqatlarni  bilib  olish  uchun 

o’rganamiz.  Tarixni    o’rganmoq    va    undan  saboq  olmoq  har  bir  inson  uchun 

zarurdir.  Bu  falsafa  bilan  shug’ullanayotgan  mutahassis  uchun  ham,  uni 

o’rganayotgan  talaba  uchun  ham  birdek  muhim  ahamiyatga  ega.  Tarixni 

falsafasiz    to’g’ri  tushunib    bo’lmagani  kabi,    falsafani  ham    tarihsiz    to’g’ri 

anglab  bo’lmaydi.    Shularni    nazarda  tutib,  quyida    biz  mamlakatimiz    tarihida 

muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta`limotlar haqida  qisqacha   to’htalib 

o’tamiz. 

Zardushtiylik  ta`limoti.    Eramizdan  avvalgi    X  asrdan  eramizning  VII 

asrlarigacha  bo’lgan  davr  mahsuli  bo’lgan  diniy-falsafiy  ta`limotlardan  biri 

zardushtiylikdir.  Bu  ta`limotga  Zardusht  asos  solgan  bo’lib,  Sharq  va  G’arbda 

Zaratushtra,  Zaroastr  nomlari  bilan  mashhurdir.  Manbalarga  ko’ra,  Zardusht 

eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki 

afsonaviy  shahs  ekanli  haqida  aniq  bir  to’htamga  kelingani  yo’q.  U  o’zini 

payg’anbar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg’anbarligi ilohiy asosga ega emas. 

Ya`ni  bu  haqikat  ilohiy  kitoblarda  o’z  tasdig’ini  topmagan.  Zardushtiylikning 

bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi halklarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, 

o’ziga  hos  qadriyat  va  urf-odatlari  aks  etgan.  Unda  olamning  azaliy  qarama-qarshi 

kuchlari yahshilik va yomonlik, yorug’lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va 

o’lim  borasidagi  qarashlar  o’z  ifodasini  toptan.  «Avesto»da,  shuningdek,  tabiat 

falsafasi, tarih, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan. 

Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy  ta`limot 

sifatida  qadimgi    Hindistonda    eramizdan    avvalgi    VI  asrning  ohiri  va  V  asr 

boshlarida  vujudga  kelgan.      U  jahonda  keng  tarqalgan  dinlardan  biridir.  Bu 




 

17 


ta`limotga  asos  solgan  donishmand  Sidharta  urig’idan  chiqqan  Gao’tama 

hisoblanadi.  Keyinchalik  u  «Budda»,  ya`ni  nurlangan  degan  laqabga  ega 

bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar O’rta  Osiyoda  tarqalgan  qadimgi  dinlar 

orasida mavqei  jihatidan   juda  katta  o’rin   tutadi.   Bu ta`limot   O’rta-Osiyoga 

eramizdan avvalgi  II- 1  asrlarda  kirib  kelgan. Tarixiy manbalarga  ko’ra, uni 

Toharistonga    balhlik    savdogarlar    olib    kelishgan.  Kushonlar  davrida 

buddaviylik    dini    hukmron    dinga    aylangan  edi.  «Xalqchil  bo’lganligi  uchun 

O’rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O’rta Osiyoga yoyilishi quyidagi 

to’rt bosqichdan iborag. 

 

Birinchi  bosqich.  Kushonlardan  oldingi  davr.  Bu  eramizdan  avvalgi    I  



asrga to’g’ri  keladi. Bu davrga  oid yozma manbaalar bizgacha etib kelmagan. 

 

Ikkiichi  bosqich.  Bu  davrda  buddaviylik  O’rta  Osiyoga  keng  tarqalgan  edi. 



Ayniqsa,      uning    ahloqga    oid    masalalar,      halq    ommasini    sabr  qanoat  va 

bardoshga da`vat etuvchi g’oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. 

 

Uchinchi  bosqich.  Bu  davrda  O’rta  Osiyoda  buddaviylik  ta`limotining 



manbalari yoyilgan. 

 

To’rtinchi   bosqich.   (IX-XIV   asrlar)   islom   O’rta   Osiyoda hukmron 



dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan juda zaiflashib ketgan. 

Buddaviylikning  O’zbekiston  va  Hindiston  xalqi  o’rtasida  o’z  davrida 

ma`naviy ko’prik bo’lib hizmat qilganligi aniq. Halqlarimiz orasidagi do’stlik va 

birodarlikning ildizlari u  davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, 

ayniqsa,  yoshlarimizning  hind  xalqi,  uning  madaniyat  va  san`atiga  qiziqishi 

tasodifiy emas. 

Moniy  ta`limoti  yurtimizda  buddaviylikdan  keyin  keng  tarqalgan  edi.  U 

zardushtiylik  va  hristianlikning  natijasida  vujudga  kelgan.  Moniy  fors  va  arab 

tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan Moniy hatto 

«Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan uning ta`limoticha, hayotda dastavval 

nur dunyosi — yahshilik va zulmat dunyosi yozuvlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy 

ko’rash boradi, inson ikki unsurdan (ruh-nur farzandi, jism  zulmat mahsuli) iborat. 

Moniylik  halq  ommasi  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  ta`limot  bo’lgani  sababli 



 

18 


hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan. 

Beruniy  zamonida  islom  yagona  hukmron  diniy  mafkura  bo’lib  turganini 

e`tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan 

aytish  g’oyat  o’lkan  jasoratni  talab  etgani  ayon  bo’ladi.  Istilochilarning  bunday 

vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Hususan, mustabid sho’rolar mafkurasi 

hukmronlik  qilin  davrda  ham  ana  shunday  hol  ro’y  bergan  Nihoyatda  boy 

qadriyatlarimiz,  falsafiy  ta`limotlarimiz,  umuman  o’z  merosimizdan  bebahra  bo’lib 

qoldik.Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni o’rganish 

imkoni  turildi.  Tarixiy  hotirani  tiklash  halqimiz  qalbida  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik, 

vatanparvarlik  tuyg’ularini    shakllantirish  hozirgi  kunda  ma`naviy  hayotning  ustuvor 

yo’nalishiga aylandi. 

Bu  Amu  va  Sirdaryo  bo’ylarida  yashagan  xalqning  daxosi  eng  yuksak 

darajaga  ko’tarilgan,  uning  amoklu  namoyandalari  jahon  madaniyati  sahifalariga 

o’zlarining  uchmas  nomlarini  muhrlab  ketgan  davr  falsafasidir.  Bu  falsafaning 

hususiyatlari o’sha davrda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’ziga hosligi bilan 

belgilanadi. 

Maskur  mavzuni  o’rganishdan  maqsad,  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

ta`biri  bilan  aytganda,  yosh  avlod  qalbida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantrish, 

«Yoshlarimizning  iymon-e`tiqodini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish, 

ularni  o’z  mustaqil  fikriga  ega  bo’lgan  barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash. 

Ularning  tafakkurida  o’zligini  unutmaslik,  ota  bobolarning  muqaddas 

qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirishdan iborat. 

 

Arab  bosqini  va  islom  dini.  Movarouinahr  arablar  tomonidan  zabt  etilishi 



arafasida Turk kogonoti tizimiga kirar edi. U  mayda  amirliklardan iborat bo’lib, 

ular o’rtasida tinimsiz to’qnashuvlar ro’y berib turar edi. Ayniqsa, Turk kogonoti 

bilan  sosoniylar  Eroni  o’rtasidagi  to’qnashuvlar  o’ta  shiddatli  tusda  yuz  berar 

edi.  XII  asrning  ohiri  va  XIII  asrning  boshlarida  bu  hudud  arab  halifaligi 

tomonidan  bosib  olindi.  Bunga  Movarounnahr  hududida  yashovchi  halqlar, 

ijtimoiy 

kuchlar 

orasida 


siyosiy 

hamjihatlikning 

yo’qligi, 

o’zaro 


kirginbarotlarning avj olishi sabab bo’ldi. 


 

19 


Movarounnahrga  arablar  bosqini  bilan  birga  islom  dini  ham  kirib  keldi. 

Islom  so’zi  arabcha  tangriga  o’zini  topshirish,  itoat,  buysunish,  tinchlik  kabi 

ma`nolarni  anglatadi.  Islom  dini  bayrog’i  ostida  keng  hududga  arab  kabilalari 

birlashgan,  mavjud  tarqoqlikka  chek  qo’yilgan,  yagona  markazlashgan  arab 

halifaligi tashkil topgan. 

Qur`on  va  hadislarda  islomiy  ta`limotning  asosi  bayon  qilingan.  Qur`on 

muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va 

ahloqiy me`yorlar o’z ifodasini topgan. U 114-sura va ular targ’ibidagi oyatlardan 

tashkil topgan. 

«Sunna»  esa  hadislar  majmui  bo’lib,  Qur`ondan  keyin  turadi  va  uni 

to’ldiradi. Unda Muhammad payg’anbarning so’zlari hatgi-harakatlari naqllar va 

hadis shaklida jamlangan. Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba  shariatdir 

SHariat  (to’g’ri  yo’l,  ilohiy  yo’l  demakdir)  islomda  huquq    ahloqiy  me`yor  va 

amaliy  talablar  tizimidir.  Islomdash  asosiy    yo’nalishlar  sunniylik,  shialik  va 

horijiylik.  Ular  diniy  ta`limot,    marosimchilik,    ahloqiy-huquqiy  me`yorlarga  

oid masalalarda o’zaro farqlanib turadi. 

Horijiylar  yo’nalishi  o’rta  asrlar  davrida  ko’pgina  oqimlarga  bo’linib, 

keyinchalik yo’qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan. 

 

Sunniylik  va  shialik  hokimiyat  masalasida  (sunniylik    halifalik hokimiyati, 



shialik  esa  imomat  hokimiyati  tarafdori)  ayrim  diniy  marosim  va  an`analarda  bir-

biridan farq  qiladi. 

Islomdagi  oqimlar  aqidaviy  ta`limot  va  marosimchilk  masalalarida  bir-

biridan  ajralib  turadigan  diniy    guruhlardir.  SHialikdan  qarmatlar,  ismoiliylar, 

zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. 

Sunniylikdan  ravshaniylar,  ahmadiya,  jangari  vahobiylar,  mahdiylar  ajralib 

chiqqan.  Mazhabchilik  ilohiyot  masalalari  bo’yicha  yuzaga  kelgan  o’zaro 

kelishmovchiliklar natijasidir. 

Islomda  hanafiylik,  ash`ariylar,  jabariylar,  qadariylar,  sifatiylar,  murji`iylar, 

mu`taziliylar  kabi  mazhablar  mavjud.  Qadariylar  inson  iroda  erkinligini  yoqlab 

chiqib,  uni  tan  olmagan  jabariylarga  qarshi  chiqqan.  Mo’takallimlar  aristotelchilik 



 

20 


falsafasi  uzil  va  vositalaridan  foydalanib,  islomning  diniy-aqidaviy  ta`limotini 

asoslab berishga o’ringan. 

Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom  ilmining  aql 

maqomiga alohida e`tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. 

Mu`taziliylar  (ajralib  chiqqanlar)  yakka  hudolikning  adolatli  ekanin  Qur`onning 

tangri  tomonidan  yaratilganligini,  iroda  erkinligini  yoqlab  chiqqan.  Uning 

asoschisi Vosil ibn Atodir . Uning  oxirgi  vakillaridan  biri  Zamahshariydir. 

Kalom islom ilohiyotining o’ziga hos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni 

asoslab  berishga  uringan.  Qur`onga  tayanib,  jannat  va  do’zahning  azaliy 

ekanligini,  isonda  iroda  erkinligining  yo’qligini,  lekin  insonning  Olloh  oldida 

o’z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga harakat qiling. 

Bunday  ma`naviy  jarayonlar  bilan  yonma-yon  islomda  mashshoiyunlar  va 

tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o’rganishga ahd qilinganligi) falsafiy 

qarashlari  shakllana  borgan.  Bu  islomiy  ma`naviyatning  dunyoviy  va  diniy 

masalalarda,  jahon  falsafiy  tafakkurida  ro’y  berayotgan  jarayonlar  nisbatan 

tashabbuskor   bir   kuch  ekanini  ko’rsatib  turibdi. 

Qadimgi Yunon falsafasi an`analarida siyosiy faoliyat donishmandlik ko’p 

hollarda  bir-biriga  qarama-qarshi  qo’yilgan  bo’lsa,  islom  falsafasida  siyosatga, 

aksincha,  inson  faoliyatning  yuksak  bir  shakli  sifatida  qaraladi.  Islomda  davlat 

boshqarish bu san`at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmog’i zarur, ijtimoiy 

adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo’la oladi, deb hisoblanadi. 

Islom  falsafasiga  ko’ra,  insoniyat  istiqboli  komil  insonni  shakllantirish 

orqali  yuzaga  keladi,  ahloq-odob  esa  inson  tafakkurining  ajralmas  targ’ibiy 

qismidir.  Muzilmoi  Sharq    mutafakkirlarini  aql  maqomi,  mantiq  ilmi  avvaldan 

qiziqtirib  keladi,  chunki  mantiqqa  tayanmagan  har  qanday  bilim  ishonchli  va 

samarali bo’la olmaydi.  Bu  masala  ham  islom falsafasida   o’z o’rniga   ega. 

Tasavvuf  va  uning  tariqatlari.  Tasavvuf  falsafiy  oqim  va  diniy-ma`naviy 

hodisa  sifatida  islom  dini  doirasida  (ko’pgina  ichki  sabablar  va  ba`zi  tashqi 

unsurlar  — buddaviylik  va  hindiylikning  ilk  diniy  tasavvurlari,  sharqiy  xristian 

tarkidunyochiligi,  neoplatonizm  kabilarning  ta`siri  ostida)  paydo  bo’ldi.  Tasavvuf 




 

21 


uchun  vahdoniyat  —  Ollohning  birligi,  Olloh  va  olamning  porlab  turishi,  fano 

bo’lish,  orif  shaxsining  tangri  taolo  bilan  ruhan  birlashib  ketishi  kabi 

mushohadalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  oqim  namoyandalari  va 

tarafdorlarini sufiylar, deb ataganlar va «sufizm» atama si shundan paydo bo’lgan. 

Ilk  sufiylar  aholining  kambag’al  toifasi  orasida  shakllangan.  Ularning  qarashlari 

istilochilar  zulmi,  adolatsizlik,  ijgamoiy  tengsizlikka  qarshi  norozilik  belgisi 

sifatida ham yuzaga kelgan. 

Tasavvufning  muhim  jihatlari  yirik  musilmon  ilohiyotchisi  Abu  Hamid 

Muhammad  ibn  Muhammad  al-Gazzoliyning  (1059-1111)  «Diniy  ilmlarning 

tiriltirilishi»  asarida  bayon  etilgan.  Ul  zot  dunyo  qonuniyatlarini  aql  orqali  bilishni 

e`tirof etgan. lekin  Ollohni  aql  bilan  anglash  mumkin  emasligini ta`kidlaganlar.  U 

faqat  qalb,  mahsus  ruhiy  harakatlar  —  iltijo-ibodatlar  ko’magida  bilib  boriladi. 

Mantiq,  tabiatni  bilish  Ollohni  tanishga  halal  bermasa,  ular  ahamiyatlidir,  agar 

aksincha  bo’lsa,  ularniig  maqomi  chegaralanadi.  Bahouddin  Naqshband  (1318-1389 

yillar)  naqshbandiya  tariqatining  asoschisidir.  Bu  ta`limotning  mohiyati  «Dil  -  ba 

yoru dast- ba kor» shiorida yaqqol   ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi 

bo’lib,  bu  dunyoni  unutib  qo’ymasligi  lozim,  uning  qalbi  doimo  Ollohda,  qo’li 

esa  mehnatda    bo’lmog’i    lozim.    U    tasavvufning  barcha  tariqatlari  singari 

shariat,  tariqat,  ma`rifat   va   haqiqat    maqomlarini    e`tirof    etadi.  Naqshbandning 

ta`kidlashicha,  shariat  —  ahdga  vafo,  islomning  beshta  asosiy  talabiga  rioya 

qilish,  dil  va  til birligi.  Tariqat esa, o’zidan kechish, fano bo’lishdir. Haqiqat — 

behuda  ishlardan  uzoqlashish,  haq  ishlarga  bog’lanish.  Demak,  shariat  —  qonun, 

tariqat — yo’l. Qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Yo’l esa ko’ngilni poklab, ruhni 

ilohiy quvvatdan bahramand qiladi. 

Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta`limotlari ma`naviyatimiz tarixida juda 

katta  o’rin  tutgan.  Ular  ma`naviy  taraqqiyotda  muhim  ahamiyatga  molik  bo’lib,  o’z 

ta`sirini  haligacha  yo’qotmagan.  Tasavvuf  ta`limoti  Sharq  musilmon  xalqlari 

ma`naviy  hayoti  tarixida  uchmas  iz  qoldirgan  ijtimoiy-falsafiy  oqimlardan  biri 

hisoblanadi.  Markaziy  Osiyo  xalqlari  ijtimoiy-falsafiy  dunyoqarashining  asosiy 

yo’nalishlaridan  biri  sifatida  hukumronlik  qilib  keladi.  Tasavvuf  insonni 




 

22 


poklikka,  to’g’rilikka  undovchi,  kishilarga  etishish  yo’lini  belgilab  berishdek 

yahshilikni targ’ib qiluvchi oqim. 

Tasavvuf    ta`limotning    tadqiqotchilari  «sufiy»  so’zini  ma`nosi  to’g’risida 

xilma-hil  fikr  va  mulohazalar  mavjud  ekanini  ta`kidlashadi.  Ayrim 

tadqiqotchilar  sufiy  so’zini  arabcha  «suf»  degan  so’zdan  kelib  chiqib  mato 

degan  ma`noni  anglatadi  deyishadi.  Boshqa  bir  nuqtai  nazarga  ko’ra  «sufiy» 

yunon  tilidagi  «safos»  -  donishmand    so’zidan    olingan.  Aslida  sufiy  so’zi  suf 

degan  arabcha  etimologik  birlashmadan  tashkil  topgan.  Sufiylar  ko’p  hollarda 

jun chakmon kiyib yurishni odat qilishgani uchun ularni sufiylar deyishgan. 

Tasavvuf  VII  asrning  oxiri  va  VIII  boshlarida  yaqin  Sharqda  musilmon 

o’lkalarda vujudga keldi va keyinchalik Markaziy Osiyoga ham keng tarqaldi. 

Dastlabki  sufiylar  hayot  kechirishni  tanlaganlar.  Ularga  hos  bo’lgan 

hususiyatlardan  biri  sabr-toqat  va  qanoat  bilan  darvishona  yashash,  hatto 

odamlardan  uzoqlashib,  ular  bilan  uchrashmaslikka  harakat  qilish,  o’z  umrini 

toat-ibodat bilan o’tqazish bo’lgan. 

Dastlabki  sufiylardan  Basralik  Hasan  (622-728),  Moliki  Dinor,  Ibrohim 

Adhamlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Sufiy boshqa odamlardan poq va garibona 

turmush  kechirish,  doimiy  toat-ibodatda  bo’lish  va  faqat  ilohiy  ruhga 

qo’shilishni maqsad qilib qo’yishi bilan tubdan farq qilgan. Sufiy va dunyodan 

na  oxiratdan  ta`ma  bo’lmasligi  kerak.  IX  asrlar  kelib,  sufiylikning  nazariy 

asoslari  ishlab  chiqildi.  Endilikda  sufiylar  Tangri  taologa  ko’r-ko’rona  mutelik 

qilishning hojati yo’q ekanini ta`kidlab, Hudo g’azabidan qo’rqib amri ma`rufni 

bajarish  Ollohga  bo’lgan  sadoqatni  belgisi  emas,  balki  uning  riyo  ekanini 

tushunib  etdilar.  Sufiylikni  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqishda  sufiylik 

yo’riqlarini  belgilash  va  ilohiy  harakatlarni  el  orasiga  yoyishda  Bitoniy, 

Bag’dodiy,  Haqim  Termiziy,  Mansur  Hallojlarning  hizmati  katta  bo’lgan.  Eng 

asosiysi  shunda  ediki,  sufiylarning  amaliy-psihologik  mashqlari,  o’z-o’zini 

tarbiyalash  va  chiniqtirish  tadbiq  uzillari  shakllanda,  shariyat,  tariqat,  ma`rifat, 

haqikat  degan  tushunchalar  yuzaga  keldi  va  ular  har  bir  sufiy  uchun  haqiqatga 

etishish va adabiylikka erishuvning zaruriy sharti hisoblanadi. 




 

23 


                     Ahmad Yassaviyning ahloqiy-diniy qarashlari. 

Yuqorida  aytib  o’tganimizdek  Ahmad  Yassaviy  Yusuf  Hamadoniyning 

mudiri-uchinchi  halifasidir.  Ahmad  bir  rivoyatga  ko’ra  Yassi  shahrida,  bir 

rivoyatga  ko’ra  Sayramda  tug’ilgan.  Tug’ilgan  yili  aniq  bo’lmasada,  ilmiy 

adabiyotlarda  uning  vafoti  1166-1167  deb  ko’rsatilgan.  Otasi  Ibrohim  ibn 

Mahmud  ibn  Iftihor  shajarasi  payg’mbar  Muhammad  alayhissalomning  qizlari 

Fotimaga  to’tashgan.  U  dastlabki  ta`limini  Arslonbobodan  oladi.  Arslonbobo 

vafotidan  keyin  yo’lga  otlanadi.  Buhoroga  kelib  Hamadoniyga  muridlikka 

to’shadi.  Yusuf  Hamadoniy  vafotidan  so’ng  Buhoroda  uning uchunchi  halifasi 

bo’lib  shayhlik  qiladi.  U  Buhoroda  cheksiz  muridlari,  shog’irdlari  orasida 

hurmat-izzatda  yashayotganiga  qaramay  ilohiy  da`vat  bilan  yolgizlikni  ihtiyor 

etdi va Turkiston sari otlanib, Yassi shahridagi mozorda er ostiga kirib yashadi. 

Rivoyatlarga  ko’ra  A.YAssaviy  o’z  ustozlari  Arslonbobo  va  A.Hamadoniyga 

ham  ustoz  sanalgan,  sharoitda  va  haqikatda  eng  komil  inson-payg’mbar 

Muhammad  alayhisalom  63  yoshda  vafot  etganiga  motam  tutish    uchun  shu 

ishni qiling  deydilar

4



Hoja Ahmadning 63 eshida Yassida er ostiga kirgan uning hayotida sifat 



jihatidan  yangicha  hayoti  boshlanadi.  Bu  erdagi  hayot  o’zgacha  vaqt 

qonuniyatlari  asosida  kechadi.  Bu  dunyo  tashvishlaridan  qutilib,  faqat  ilohiy, 

ruhiy  olamda  yashash  barchaga  nasib  etavermaydi.  Bunday  oliy  holatni 

Yassaviy hadisasi sharifga asoslanib « o’lmay turib o’lish» deb ataydi. 

Ahmad  Yassaviy  (Rosoilda)  inson  ko’ragida  besh    gumbaz    borligini 

aytadi: 


1.  qalb yoki ko’ngil; 

2.  ruh; 

3.  sir; 

4.  hofiy yoki mahfiylik; 

5.  ixfo, ya`ni ezgulik. 

                                                 

4

 K.Xoshimov., S.Ochil ―O’zbek pedagogikasi antalogiyasi‖ T ―O’qtituvchi‖ 2010 yil  




 

24 


Ahmad  Yassaviy    ruhiy  olamning  barcha  gumbazlarini  diliga  jo  etgan. 

Endi  uning  Xaq-taolo  bilan  muloqot  qilishiga  kundalik  ikr-chikr  tashvishlar 

halal beraolmaydi. Donishmand «Hikmatlar to’plamida» shunday yozadi: 

ChHin oshiqlar doim tirik o’lgan emish 

Arvohlari er ostiga kirgan emish 

Zohid, obid bu ma`noni bilgan emish 

Chin oshikni  haloyikning  Hizri b o’lgay 

Hoja Ahmadning Buhorodan Turkistonga qaytib, yer ostidagi hujraga kirib 

yashay  boshlagani  haqidagi  habar  butun  chulga  tarkaladi.  Shu  kundan  boshlab 

yoshu qari bu tabarruk zotni ziyorat qilib daryoday oqib kela boshlaydi. Uchun 

onda-sonda ziyoratga kelganlar oldiga chiqib ularga hikmatlar aytib turgan. 

Mustaqillik tufayli sufizm ta`limotiga, uning vakillari ijodiga, shu jumladan 

YAssaviy  ijodiga,  uning  merosiga  munosabat  o’zgaradi.  Dinoshmand  asarlari 

nashrdan  chiqmoqda.  O’zbekistonda  milliy  ong,  milliy  ruhning  shakllanishida 

uning  ma`naviy  merosi  katta  ahamiyatga  ega.  O’tmishdagi  ajdodlarimiz 

yaratgan  ma`naviy  merosning  hurmatini  joyiga  qo’yish,  yangi  ma`naviyatni 

shakllantirishda ularni o’zlashtirib, undan oqilona foydalanish oldimizda turgan 

muhim vazifadir. 

Diniy ilmlar sohalarida imom Buhoriy, imom Termiziy imom Abu Hanifa, 

imom Moturidiy va imom  Burhoniddin  Margiloniylar  peshqadamlik  qilgan. 

Imom Buhoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga 

yaqin  hadis  to’plagan,  ulardan  ishonchli  deb  topganlarini  mahsus  to’plam  holiga 

keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buhoriy» nomi bilan mashhurdir. 

Imom-iso  At-Termiziydan  (824-892)  «Payg’ambarning  alohida  fazilatlari», 

«Hadislardagi  ihtilof  va  bahslar  haqida  risola»,  «Tarix»  va  boshqa  asarlar  meros 

bo’lib  qolgan.  Imom  Termiziy  hadislarni  muntazam  ravishda  to’plab,  muayyan 

tartib solgan va yahlit bir kitob shakliga keltirgan. 

Muhammad  al-Xorazmiy  (783-850)  va  Ahmad  al-Fargoniy  (tahm.  797-865) 

butun  muzilmon  Sharqi  va  jahonda  tabiiy  va  aniq  fanlar  rivojiga  salmoqli  hissa 

qo’shgan 

buyuk 

allomalardir. 



Muhammad 

al-Xorazmiy 

Bag’dodda 



 

25 


«Donishmandlik  maskani»  («Bayt  ul-hikma»)  ga  rahbarlik  qilgan.  Uning 

«Astronomiya jadvali», «Hind hisob to’g’risida risola», «Quyosh soati to’g’risida 

risola», «Musiqa haqida risola», «Tiklash va qarshi qo’yish hisobiga oid muhtasar  

kitob» kabi asarlarida algebra sohasiga asos solindi. 

Sharq,    xalqlari  orasida  «Buyuk  matematik»  unvoniga  sazovor  bo’lgan 

Ahmad al-Fargoniy (tahm. 798 y. da Kuvada tug’ilgan) astronomiya va matematika 

sohalarida  nom  taratdi.  Uning  «Samoviy  jismlar  harakati  va  yulduzlar  fanining 

majmuasi haqida kitob», «Astronomiya asoslari», asarlarida koinot xaritasi  tuzildi.  

yer  va  fazoviy  sayyoralar  hajmi,  iqlimlar,  jugrofiy  kengliklar  to’g’risida 

kuzatuvchilar  orqali  asoslangan  yangi  ma`lumotlar  berilgan,  ilm-fanning  yangi 




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish