Mavzuning dolzarbligi. Ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning
tub mohiyati ta`lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-
tehnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, ahborot miqyosining
oshib borishi kabi omillar bolaning shahsiy hususiyatlariga, jumladan, idrok eta
olish, tasavvur va fikrlash, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi.
Bolaning olamni bilishga bo’lgan ehtiyoji har tomonlama keskin oshganligi
hech kimga sir emas.
Zamonaviy ta`lim oldida turgan eng muhim vazifa o’quvchi shahsining ilm
olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Biz kimni tarbiyalashimiz
kerak? - degan savol zamonaviy pedagogika, didaktika, fanlarini o’qitish
metodikalarining bosh masalasiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti «Tarixiy hotirasiz - kelajak yo’q»
asarida komil inson tushunchasiga aniq ta`rif berdilar. «Komil inson deganda
biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o’z hulq - atvori bilan
o’zgalarga ibrat bo’la oladigan, bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz». Ta`lim
tizimi va maktab oldiga maqsad qilib ya`ni, komil insonni tarbiyalab voyaga
etkazish qo’yildi. Jamiyatning rivojlanib, takomillashib borishida, ijtimoiy muhit
muhim rol o’ynaydi. Insonlar faoliyatining to’la qonli amalga oshishi uchun
ularga shart-sharoitlar yaratilib berilishi muhim masala hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar jamiyat
ravnaqiga qaratilgan bo’lib, ularda har bir fuqaroning jamiyatda o’z o’rni, qadri
bo’lishiga alohida e`tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
Karimov o’zining har chiqishida inson omiliga to’xtalib, alohida unga urg’u
bermoqda va ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga har birimizning ma`sul ekanligimizni
qayta-qayta o’z ma`ruzalarida aytib o’tmoqda. Shundan kelib chiqqan holda,
1
I.A.Karimov. ―Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch‖. T.: 2008. ―Ma`naviyat‖.
4
boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ta`lim-tarbiya jarayonlariga tayyorlashda
o’zgacha bir yondashuvni amalga oshirish lozimligi yuzaga kelmoqda.
Bo’lajak o’qituvchilarning ma`naviy saviyasini va bu sohadagi bilim,
ko’nikma va malakasini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri ekanligi aniq. Bu borada talabalarning ma`naviy saviyasini
aniqlash ham o’ziga hos bo’lgan muammo yechimini topishni talab etadi. Bu
muammoning yechimini hal qilishda oquvchlar ma`naviy saviyasini aniqlash
maqsad qilib olingan va bu jarayonni amalga oshirishda ahborotli ta`minotni
ta`minlash ham ko’zda tutilgan. Bundan ko’zlangan maqsad milliy qadriyatlar
tizimini
talabalar
ongiga
singdirib,
ularning
ma`naviy
tafakkurini
kengaytirishdan iboratdir. Bu borada olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz
natijalarining ko’rsatishicha ta`lim-tarbiya jarayonini muntazam ravishda
qadriyatlar haqidagi bilimlar bilanhar qachongidan ham boyitib, ulardan
bo’lajak mutahassislarni tayyorlashda foydalanishning optimal variantlarni
yaratish mumkinligini ko’rsatmoqda.
Buning uchun:
1. O’quvchilarning ma`naviy bilim doirasini boyitishga erishish;
2. O’quvchilarning milliy qadriyatlar to’g’risidagi bilimlarini yuksaltirish;
3. O’quvchilar tomonidan milliy-ma`naviy qadriyatlar bo’yicha nazariy
bilimlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash va ularni boyitish;
4. Milliy-ma`naviy qadriyatlar bo’yicha shakllangan bilimlarini yoshlar ongi
va qalbiga etkazib berishning optimal variantlarini yaratish va shu kabilarga
erishish lozim bo’ladi. Bunda ulug’ ajdodlarimiz qoldirgan ma`naviy boyliklar,
xalq og’zaki ijodi - tarbiya o’chog’i uyg’unligiga mos ma`lumotlar, urf-odatlar,
an`analarning tarbiyaviy ahamiyati, kasbiy mahorat ko’nikmalari, shaxsiy
hayotga tayyorlashning mazmun-mohiyatlariga alohida e`tibor qaratilmog’i
lozim.Bunday bosqichlarni amalga oshirishda albatta uning ma`naviy-ma`rifiy
asoslari muhim rol o’ynaydi.
Ayniqsa, bizning o’tmishimizga tegishli bo’lgan boy milliy merosimiz
namoyandalari Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, At-Termiziy, Abu Nasr
5
Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Abulqosim Firdavsiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy, Abdulla
Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Zebuniso, Al-Buhoriy, Yusuf Hamadoniy, Ahmad
Yassaviy, Burg’oniddin Al-Marg’iloniy, G’ijduvoniy, Zamahshariy, Najmiddin
Kubro, Amir Temur,Husayn Boyqaro, MirzoHumoyun, Akbarshoh kabi buyuk
insonlar yashab o’tgan davrda dunyoviy va diniy bilimlar bir-birini boyitib
borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tarildi. SHubhasiz, komil
inson
tarbiyasi
ham
ularning
diqqat-e`tiborining
markazida
turgan
muammolardan
biri
bo’lgan. Demak, mamlakatimiz xalqlari milliy
qadriyatlarimizni
ulug’lovchi urf-odatlari va mafkurasidagi ma`rifat
tushunchasi, ilm va bilimga intilish hislati hullas, komil inson bo’lishga harakat
qilish jarayoni bir necha ming yillik tarixga ega. Yuqorida nomlari tilga olingan
ulug’ bobolarimizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti yo’nalishidagi, xalq
farovonligi haqidagi shuningdek, komil inson to’g’risidagi ta`limotlari, ularning
yuksak ma`naviyatli kishilar ekanligini butun dunyo e`tirof etayotgan bir
paytda, biz barkamol avlod tarbiyasiga javobgar ekanligimizni his etamiz.
Xalqimiz azal-azaldan ta`lim-tarbiya ishlariga alohida e`tibor bilan qaragan.
Uni faqat shaxsiy, hususiya ish sifatida emas, balki butun jamiyatga dahldor
bo’lgan jiddiy ijtimoiy vazifa sifatida qadrlagan, o’zidagi bilim, ko’nikma va
malakalarni saqlash, ko’paytirish, qadrlay bilishni, ayni paytda, bularning
barchasini boshqalarga etkazishni ham o’zi uchun odat deb bilgan. Buni biz
uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mumkin. Metodika tarixini
bilish esa zamonaviy ta`lim tehnologiyalari mohiyatini teranroq ilg’ash
imkonini beradi. Zero, «Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat
oladigan xalqni engib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz,
xalqimizni, millatimizni ana shu tarih bilan qurollantiri-shimiz zarur. Tarix
bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur»
2
.
2
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Tarixchi olim va jurnalistlar bilan suhbat. – Biz kelajagimizni o’z
qo’limiz bilan quramiz. T.7.- Toshkent, «O’zbekiston», 1999, 149-bet.
6
Buyuk
tanqidchi
V.G.Belinskiyning
fikricha,
«Go’zallikni
hamma
tushunavermaydi va tushunishi shart ham emas. Uni faqat ozchilik, sara
kishilargina tushunadilar. Kimki tabiatan ruhdan yaralgan bo’lsa, u ruhning
tanaga va tana qalbi - aqlga muyassar bo’lmagan hamma ne`matiga dahldor.
Aql insonni barcha hayvonlardan yuksakka ko’taraveradi, lekin faqat
idrokkina insonni barcha narsadan ustun qiladi»
3
. Ta`lim-tarbiya bilan
bog’liq bo’lgan dastlabki qaydlar Avesto yodgorligidayoq uchraydi. Bevosita
turkiy muhitda esa buni O’rhun-Enasoy yodgorliklaridagi ayrim manbalar orqali
payqashimiz qiyin emas. Ta`lim-tarbiya Sharq halqlari, jumladan, o’zbek xalqi
hayotida xar doim juda katta ijtimoiy - ma`naviy ahamiyatga ega bo’lgan. Xalqimizda
«Dono topib gapirar» degan maqolning mashhurligi bejiz emas. Ammo unga amal
qilish o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi.
Chiroyli, o’rinli, mantiqli gapiirish zarurati barcha kasblar uchun ham
muhim. Ammo bu o’qituvchilar uchun alohida zaruratdir. Zero, o’qituvchining
asosiy ish qurollaridan biri ham so’zdir. Ammo bu o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi.
Buning uchun juda katta mehnat qilish talab etiladi. Bu mehnat esa uni bilgan, bu
yo’ldagi marra va manzilni aniq tvasavvur etgan shahs – ustoz-murabbiy nazorati
ostidagina tashkil etilshi kerak.
«Avesto» yodgorligidayoq bola tarbiyasiga, demakki, ta`lim-tarbiya
jarayonlarigaga bo’lgan munosabat aks etgan o’rinlar mavjud.
Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino-lar
ta`lim-tarbiya, o’qituvchi hususida alohida to’htab o’tishgan. Ular insonning shahs
sifatida kamol topishida ilm olishning, ta`lim va tarbiyaning ahamiyati haqida
o’zlarining qimmatli fikrlarini aytib o’tganlar. Ayni paytda ular bu borada faqat
ustoz-murabbiylarning emas, balki jamiyatning har bir a`zosi zimmasidagi
vazifalarni ham chetlab o’tishmagan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikdan
keyin xukumatning barcha ichki va tashqi siyosati, islohotlarning birinchi
bosqichida olib borgan olamshumul siyosati va ikkinchi bosqichda amalga
3
Belinskiy V.G. Adabiy orzular, - Toshkent-1977, 90-bet
7
oshirayotgan tarixiy-umumbashariy ishlari tufayli butun dunyoga tanildi va tan
olindi. Bu o’zbek halqining milliy g’ururidir.
Milliy g’urur haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, g’urur nima?
so’ngra milliy g’urur mazmuni qanday? degan savollarga to’htalish zarur.
Chunki, milliy g’ururni tarkib toptirish va tarbiyalash kabi pedagogik-
psihologik muammoni hal qilish zikr qilingan so’z va so’z birikmalari
ma`nosi bilan bevosita bog’liqdir.
―G’urur so’zi – faxr, iftixor, faxrlanish, mag’rur, quvonch, quvonish
kabi ma`nolarni anglatadi. Mumtoz she`riyat va nasrlarda, fahriya, ballada va
dostonlarda, halq og’zaki ijodida ham yuqoridagi so’zlar ma`nodosh (sinonim)
ma`no-mazmunda foydalanilgan‖
1
.
Ba`zan g’urur so’zi kibrlanish, kibru-havo, gerdayish, o’ziga bino
qo’yish, manmanlik singari ma`nolarni ham anglatadi. Biz ijobiy ma`nodagi
g’urur haqida fikr yuritamiz.
Milliy g’urur muayyan millatning tarixhiy o’tmishidan, bugungi
taraqqiyotidan milliy qadriyatlaridan, shu makonda yashayotgan va jahon
miqyosida tan olingan asrlar osha tan olinib kelinayotgan fan, ilm, din,
adabiyot, san`at va madaniyat yutuqlari va ularni yaratgan daholardan, qomusiy
olimlardan halq qahramonlaridan va davlat arboblaridan obida va yodgorliklari,
milliy urf-odatlari-yu, an`analaridan, ona-Vatanidan, dono xalqidan, Vatanning
go’zal o’tmishi va bugunidan, milliy xalq qahramonlaridan fahrlanish va
iftihor qilish tuyg’usidir.
Milliy g’urur – iftihor xalqning qudratini, orzu – intilishlarini
mujassamlashtiradigan ulug’ kuchdir. Milliy g’urur – xalqning el – yurtning
ululigini, hayotiyligi va xaqqoniyligi bilan ajralib turadi. Milliy g’urur xalqni
xalq, millatni millat qilib ko’rsatadi. O’zbekiston mustaqilligi tufayli –
o’zbek xalqining milliy g’urur tuyg’usi butun jahon bo’ylab qad ko’tardi.
Jahon xalqlari orasida O’zbekiston eng yirik mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.
1
Mustaqillik izohli ilmiy - ommabop lug`at. Toshkent «SHarq» kontsern, 1998,143-b.
8
Endilikda husni bilan go’zal, mehri bilan sahovat, mehnati bilan obod, shon –
shuhrati bilan shavkatli bo’lgan o’zbek xalqini butun dunyo tan oldi.
Ilmiy kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, boshlang’ich sinf o’quvchilarida
milliy g’urur tuyg’ularini shakllantirish uchun quyidagilarga e`tibor berish
kerak:
- o’quvchilarning har birini ruhiy-botiniy holatini yahshi bilish;
-o’quvchi shahsiga nisbatan hurmat;
-boshlang’ich sinf o’quvchilarining ichki dunyosi, tavsifi, qobiliyati va
o’z-o’ziga munosabatini o’rganish;
Tadqiqotimiz natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy g’urur
tuyg’ularini shakllantirishning asosiy pedagogik-hususiyatlari quyidagilardan
iborat degan hulosaga kelindi:
-umuminsoniy, milliy qadriyatlar;
-ajdodlar tarihi va merosi;
-milliy tarixiy qahramonlar hayoti va faoliyati;
-adabiyot va san`at;
-o’zbekona urf-odatlar va milliy an`analari;
-xalq og’zaki ijodi;
-burch va mas`uliyat;
-muhabbat va hissiyot;
-Vatan bilan fahrlanish.
Milliy g’ururga ega bo’lgan kishi o’z qishloq, o’z tumani, o’z viloyatini
jonu tanidan ortiq sevadi. Uning ravnaqi yo’lida hizmat qiladi. O’z xalqining
tarixini yahshi biladi va u bilan fahrlanadi. Qadimiy obidalar, ajdodlar yaratgan
boy moddiy va ma`naviy merosni ko’z qorachig’iday asraydi.
Bugungi kun mustaqilligini mustahkamlash barcha fuqarolarning, shu
jumladan, yoshlarning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligiga, xalqimizning
ma`naviy merosini o’rganish va rivojlantirishlariga, insonning o’z
imkoniyatlarini erkin namoyon qilishlariga hamda vatanparvarlik hissiyoti va
tushunchasiga bog’liqdir.
9
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarida
milliy
g’urur
tuyg’ularini
shakllantirishda Vatanimizning tarixi va buguni bilan bog’liq sermazmun
voqea-hodisalar, To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari milliy
qahramonlarning Vatan ozodligi yo’lidagi mardona kurashlarini bugungi
kunning tarixiy ishlari bilan ijtimoiy-pedagogik jihatdan tahlil qilish, milliy
qadriyatlari, urf-odatlarni yoshlar ongiga mumtoz va zamonaviy bastakorlarning
qo’shiqlari, shuningdek o’zbek adabiyotining taniqli yozuvchi va shoirlarining
asarlaridan foydalanish ijobiy samaralar beradi.
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilarida
milliy
g’urur
tuyg’ularini
shakllantirishda taniqli adib O’tkir Hoshimov milliy g’urur tushunchasining tub
mohiyati hususida quyidagilarni yozadi: ―Milliy g’urur-millatchilik emas. Milliy
g’ururi bor odam bag’ri keng bo’ladi. O’z millati bilan fahrlanadi, ammo o’zga
millatni kamsitmaydi.
Millatchilik milliy g’urur emas. Millatchining fe`li tor bo’ladi. Nuqul
o’z millatini ulug’lab, o’zga millatni kamsitadi
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy g’urur tuyg’ularini shakllantirish
mavzusida olib borgan ilmiy tadqiqotimiz natijasida quyidagi hulosaga kelindi:
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy g’urur tuyg’ularini
shakllantirish dolzarb pedagogik muammodir:
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy g’urur ruhida tarbiyalash
borasidagi ilmiy, pedagogik, metodik adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki,
boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy g’urur ruhida tarbiyalashga doir
pedagogik adabiyotlar va tajribalar etarli emas;
- kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinf o’quvchilarida
milliy
g’urur
ruhida
tarbiyalashda
odobnoma,
o’qish,
tabiatshunoslik,atrofimizdagi olam darslarining imkoniyatlari keng. Lekin
ko’pgina maktablarda bu darslar oddiy shaklda o’tilganligi sababli milliy g’urur,
milliy iftihor kabi tushunchalar o’quvchilarda tor doirada shakllanmoqda;
10
- biz o’tkazgan tajriba sinflarimizda har bir mavzuning hususiyatiga
ko’ra dars turi aniqlandi, oldindan darsning loyihasi tuzildi, ish usuli va
ko’rgazmalari aniqlandi.
- ijodkor o’qituvchilar darslarida tehnologik vositalardan: vidio,
multfilm, rasm, jonli so’zdan ifodalanib, o’quvchilar mustaqil fikrlashga hamda
milliy g’urur, milliy iftihor tushunchalari mohiyatini chuqurroq anglashga
urinayaptilar;
- darslarni pedagogik tehnologiya asosida tashkil etish ko’p jihatdan
o’qituvchining pedagogik mahorati va odobiga bog’liqdir.
Milliy g’urur ruhida tarbiyalashda pedagogik tehnologiyalardan
foydalanish, biz pedagoglar oldida turgan asosiy, dolzarb vazifadir. Bu yo’lda
boy milliy merosimizdan foydalanishimiz lozim.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqan holda o’quvchilarni milliy
ma`naviyatimizning asosi bo’lgan milliy mafkura va g’oyalar asosida
tarbiyalashmiz bugungi kuning dolzarb muommalaridan biridir shu maqsada
kelib chiqqan holda bituruv malakaviy ishning mavzusini ―Milliy g’oya
Do'stlaringiz bilan baham: |