oqibatidir. Yaratilishi doimiy bo’lganligi uchun yaratilgan «vujudi mumkin» ham
abadiydir. Olimning sababiyatga oid mulohazalari e`tiborga molikdir. Unga ko’ra,
sabablar moddiy (muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan
holatni o’zgartiruvchi sabab), shakliy (turli hil quvvatlar bilan boshangan sabab) va
tugallovchi (barcha sabablarshshg pirovard maqsadi) sabablardan iboratdir.
Shunday qilib shuni alohida ta`kidlash lozimki, Prezidentning «Olloh
qalbimizda, yuragimizda» tamoyili o’rta asrlar falsafasini o’rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Buyuk ajdodlarimizning bag’ri kengligi, mazhabparastlikka
berilmaganligi, ular dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlar-mushtarakligi,
sabr-qanoatliligi barchamizga namuna ibratdir. Bu boy ma`naviy hazina yoshlar
ongiga miliy g’oya va istiqlol mafkurasini singdirishga hizmat qiladi, mustaqil
fikrlash, do’stni dushmandan farq qilishga undaydi yurtim deb, elim deb yashashga
chorlaydi
Ba`zilar Temur falsafiy asarlar yozmaganku ? uning falsafaga aloqasi bormi,
deb o
’
ylaydi. Aslida Temurning xayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? u
falsafiy hulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning xayoti va asarlaridan ham
mazmunliroq xayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi.
27
Aslida, falsafani to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan
falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sitemasi halos. Temur va
temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixlash uyg’un tarzda yozish
orqali nisbatan to’g’ri ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning
faoliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar
esa bir necha falsafiy kitoblar, unlay tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq.
Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san`atni, falsafa va
adabiyotni noziqta`b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga
erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish keyin. Bu sulola vakillari orasida
she`r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror
temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalolat beradiki, yurtboshilari fan va
madaniyatga qiziqkan, ma`naviyatni yuksaklikka ko’tarish uchun o’lkada bu sohalarda
haqikiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy taminlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda,
madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli
emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o’sha davr
ma`naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan arboblar
edi. Halqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan endashuvi,
haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’yib yurishi, bugungi
kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana
shunda.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo’shgan buyuk falakiyotchi olim
va davlat arbobi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek ( 1394-1449) matematika va
falakiyot sohasida barkamol ijod qilin. Uning otasi, Amir Temurning o’g’li
Shohruh. Mirzo edi. Ulug’bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi. unga taniqli olimlar
Kozizoda Rumiy va Giyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U davlat arbobi bo’lsa
ham, madaniyat va ilm-fan ravnaqiga kuchini sarfladi, matematika, astronomiya,
geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi.
Olimning dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Ahmad
Xorazmiy, al-Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari
muhim o’rin egalladi.
Ulug’bekning ulkan ishlaridan biri uning
28
Samarqandda, Kuhaq tepaligida, Obi Rahmat arig’ining bo’yida, rasadhona
barpo etganligidir. Ushbu rasadhona qurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429
yilda tugallandi. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy» deb ataladi.
Undan tashqari, Ulug’bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida
risola», astronomiyaga bag’ishlangan «Risolayi Ulug’bek» va tarixga oid «To’rt
ulus tarixi» kitoblarini yozdi. Ulugbek mantiq ilmi, falakshunoslik, musiqa va
adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va
1118 yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug’
o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441-1501). U
Temuriylar honadoniga taalluqli bo’lib, otasi Giyosiddin kichkina SHahrisabzdan
Kobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro
saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. SHoir
mamlakat obodonchiligi, ravnaqi va osoyishtaligi yo’lida ko’p ishlar qildi. Maktab,
madrasa, masjid va honaqolar, ko’prik, rabotlar, shifoxonalar qu’rdirdi, muhtoj va
kambag’allarga yordam berdi, olimu shoirlarga h omiylik qildi.
Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Hamsa» ya`ni
«Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi
Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut-tayr», «Majolisun nafois», «Mahbubul
qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhoqamat ul-
lugatayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyinul maoniy» («Ma`nolar
hazinasi») nomli she`riy to’plam yaratgan bo’lib, u 45 ming misraga yaqin gazal,
ruboiy, qita va fardlardan tashkil topgan
5
.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson
munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta`lim-tarbiya
haqidagi fikr-
o’ylari o’z ifodasini toptan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim hususiyati shundan iboratki, unda
falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o’xshatish va ramziy iboralar yordamida,
5
K.Xoshimov., S.Ochil ―O’zbek pedagogikasi antalogiyasi‖ T ―O’qtituvchi‖ 2010 yil
29
zohiriy va botiniy ma`nolarda bayon qilinadi.
Shunday qilib, X1Y-XV asarlarda Movarounnahr va Hurosonda madaniy
yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba`zi
olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z
fikrlarash aytmoqdalar. Nima bo’lganda dam EvropadaXV-XV asarlardagi
ko’tgarinkilik, Renessansning muhim hususiyalari Markaziy Osiyoda ro’y bergan
madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan uhshab ketadi. Bular orasida
mushtarakliklar ko’p. XIV-XV asrlar moddiy va ma`naviy yuksalishining muhim
hususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish usdi, ichki va tashqi
savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, horijiy mamlakatlar bilan
diplomatik va madaniy aloqalar o’rnatildi, inson aql- zakovati va uning eng yahshi
fazilatlarga e`tibor kuchaydi, ilm-fan va san`at rivoj topdi, Qomusiy olimlar
etishib chiqdi, madaniy merosni o’rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar
davridagi madaniy yuksalish hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ular
mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma`naviy
ozuka vazifasini o’tamoqda.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |