Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Bilimlar, ko‘nikma, malakalar dasturining yaratilish tarixi



Download 4,39 Mb.
bet35/314
Sana29.12.2021
Hajmi4,39 Mb.
#84355
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   314
Bog'liq
МАКТАБГАЧА ПЕДАГОГИКА. 2018 .

Bilimlar, ko‘nikma, malakalar dasturining yaratilish tarixi

Ma’lumki, bilimlar, ko‘nikma, malakalar dasturini tanlash va tuzish prinsiplari deganda ta’lim dasturini ishlab chiqishda didaktika amal qiladigan asosiy qoidalar, nazariy asoslar tushuniladi.

Shaxsning o‘tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlanishi haqida ta’limot maktabgacha ta’lim didaktikasida ta’lim mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqishning metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta’lim va tarbiya olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror topishi barcha yosh davrlaridagi bolalarga mo‘ljallangan bilimlar mazmunini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishni dolzarb muammo qilib qo‘ydi.

Mazkur muammoni ishlab chiqishda L.S.Vigotskiy, L.S.Rubinshteyn, V.V.Davidov, I.Ya.Lerner, L.V.Zankov, A.P.Usova, A.M.Leushina va boshqa pedagog va psixologlar katta xissa qo‘shdilar.

XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta’lim didaktikasida bilimlarning tabiati, o‘quv dasturlarini tanlash va tuzish prinsiplari haqidagi masalalar baxsli masala bo‘lib kelgan.

Mazkur masala bo‘yicha ikki xil qarashlar nuqtai-nazar mavjud bo‘lib:



  • Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, ob’ektlar, voqelikning turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi va bog‘liqligi bo‘lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega bo‘lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargina tushunarli, dasturi yorqin, biron o‘zaro bog‘lanmagan tasvirlar ro‘yxatidan iborat bo‘lmog‘i lozim deb ta’kidladilar. Biroq bu prinsipda bola dasturda ko‘rsatilgan muayyan buyum, ob’ektlar haqida qanday bilimlarga ega bo‘lishi masalasi qo‘yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, xajmi, shaklini ko‘rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi faqat miqdoriy jihatlarni ko‘rsatib bergan edi. Bu dastur mazmuni va mohiyatini olib bera olmagan.

  • Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning “Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo‘lga qo‘ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini o‘zlashtirishga qodir” – degan fikrga tayanib, matabgacha ta’lim dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va ularni maktabda o‘quv fanlarni o‘zlashtirishga tayyorlaydigan maqbul bir tizim bo‘yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.

Bilimlar dasturi o‘zida quydagilarni:

  • Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo‘nalish bilan ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), hodisalarning ob’ektiv aloqasini o‘zida aks ettirishi

  • Buyumlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aks ettirishi kerak edi

Bilimlar dasturini ishlab chiqishda Ye.I.Tixeeva va A.P.Usovalar katta hissa qo‘shdilar.

Ye.I.Tixeeva – bolalar bog‘chasi uchun bilimlar dasturini ishlab chiqdi. Unda ijtimoiy hodisalar, tabiat va uning ob’ektlari va voqealar bilimlarni kiritdi. U bilimlar mazmunini tizimlashtirib, tarqoq ob’ektlarni o‘xshashligiga ko‘ra guruhlarga birlashtirish zarur degan g‘oyani ilgari surdi. (uy xayvonlari, haroratlar, transport va boshqalar).

A.P.Usova – bilimlar dasturi o‘z ichiga ilmiy bilimlarni olish kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Mazmunli, ilmiy bilimlar tushunchalar zamirida yotadi. Bu tushunchalarni o‘zlashtirish, o‘zlashtirganda ham qaysilarini o‘zlashtirish muximligi masalasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd’yakovlar o‘z asarlari orqali yoritib bordilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar agar buyumlar ko‘rgazmasi namoyish etilsa, ilmiy bilimlarga xos bo‘lgan fanlararo muhim aloqani o‘rnata olishga qodir ekanliklarini isbotlab berdilar. Bu ilmiy qoidadan (A.M.Mushina, K.P.Nazarenko, V.I.Loginova, P.G.Samorukova, I.A.Xaydurova va boshqa olimlar o‘z tadqiqotlarida foydalanadilar).

Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedpgogikasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi.



Bilimlar dasturini tuzish quydagi tamoillarga asoslanadi.

  • Bilimlar, ko‘nikmalarning hayot va amaliyot bilan aloqadorligi prinsipini

  • Bilimlarning ilmiylik prinsipini

  • Bilimlarning tizimlilik prinsipini

  • Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo‘nalishi prinsipi

  • Bilimlar ko‘nikmalar mazmunida har tomonlamalik, uyg‘unlik prinsipi

  • Tushunarlilik prinsipini

  1. Bilimlar, ko‘nikmalarning hayot va amaliyot biron aloqadorligi prinsipida – maktabgacha ta’lim mussasasiga mo‘ljallangan bilimlar, ko‘nikma, malakalarni dastur uchun tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy prinsipdir. Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga erishishni, uning dunyoqarashini maishiy extiyojlar doirasida cheklayotgan, tengdoshlaridan orqaga surayotgan to‘siqlarni bartaraf etish talab qilinadi. Hayot bilan aloqadorlik:

  • Bu uni ijtimoiy jixatdan juda ahamiyatga molik va g‘oyaviy ko‘tarinkilik ruxida ko‘rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyosiga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) olib kiradi. Hayot, amaliyot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko‘nikmalar doirasini kiritishni taqazo qildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar egallashi mumkin bo‘lgan ko‘nikmalar:

  • Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o‘zlashtirildi

  • Turli faoliyatlarda o‘zlashtiriladigan ko‘nikmalar (o‘yin, mehnat, mustaqil shug‘ullanish, o‘zaro munosabatlar)

Bu prinsip –maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy yaqin istiqboli sifatidagi bilimlar, ko‘nikmalarning bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga oid yo‘nalishni talab etadi.

  1. Bilimlarning ilmiylik prinsipi – ilmiy bilimlar, qonuniyatlar, nazariya ilmiy bilimlarningo‘quv faoliyatidagi o‘rnini yoritib beradi. Bu ikki yo‘nalishda voqelikni qanday ko‘rsa shunday ko‘rsatishni, ya’ni dastur ishonarli dalil, hodisalarni kiritishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o‘zaro aloqa yorqin ko‘rinishlarda talab qilib, bilish dialektikasi holatlariga mos keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish qaror topgan umumiy qarashlarga, tushunchalar mazmuniga muvofiq kelishi, voqelikning juda muhim ko‘rinishlarini aniqlab berishi lozim.

Ilmiylik prinsipi – mehnat faoliyatining mazmun-mohiyati, tabiat haqidagi bilimlarni tanlashda mo‘him hisoblanadi.

  1. Bilimlarning tizimiylik prinsipi – bu ilmiylik prinsipi bilan uzviy bog‘liqdir. U bilimlar tuzilishini, tabiatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar tabiatiga ko‘ra muayyan ko‘rinishga ega bo‘lib, bu bilimlar mazmuni bilan bog‘liqdir. Tizimlilikda buyumlar yoki hodisalarni biror-bir o‘ziga xos yoki muhim hususiyatlariga ko‘ra birlashtirish, guruxlashtirish, turkumlashni bildiradi. Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish ob’ektini boshqa ob’ektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tadbiq etadi. Bu jarayon mantiqiy ketma-ketlik asosida ish olib borishga o‘rgatadi va ko‘p bosqichni bog‘lanishiga ega bo‘lgan elementlar, tizimlar orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni egallash uzviyligini, uzluksizligini ta’minlashni amalga oshiradi.

  2. Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo‘nalish prinsipi – ushbu prinsip dasturga voqelikka munosabatini shakllantiradigan ko‘nikmalar tizimini (bilimga, mehnatga oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi.

Voqelikka to‘g‘ri ongli munosabatda bo‘lish, biror-bir ish harakat va hodisalarning mohiyatini tushunish, faqatgina atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida rivojlanadi. (V.V.Davidov, N.N.Podd’yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova, I.A.Xaydurova va boshqalar).

Bilimlarning tarbiyalovchilik yo‘nalishi ularning maqsadga muvofiq tanlanishi, jamiyatimizning milliy istiqlol g‘oyalarining aniq mazmuni va asoslarida yoritilishi ularning mohiyatini aniqlashtirilishi, bolalarga tushunarli tarzda yetkazilishida nomoyon bo‘ladi. Bunday ta’limlar bolada dunyoni tushunish asoslarini shakllantirgan holda uni jamiyat hayotiga olib kiradi, kattalarning mehnat extiyojlariga, ularning munosabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa bolalarda mehnat buyumlariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantiradi.

Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq, bolalarning mafkuraviy yo‘nalganligini ta’minlaydi, ular fe’l-atvorida nomoyon bo‘ladigan ahloqiy ongni shakllantirishga imkon yaratadi.

Tizimli bilimlar bolaning bilish faoliyatini rivojlanishini ta’minlaydi, ular asosida bola yaxlit ob’ektni idrok etishdan, uning hususiyatlarini anglashga erishadi. Bunda bolaning sensor ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolada o‘zaro munosabatlarni anglab yetish (ijtimoiy-xissiy), bilish jarayoni nutqiy rivojlanish, qiyoslash, solishtirish oddiy tafakkur operatsiyalari, mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.



  1. Bilimlar, ko‘nikmalar mazmunida har tomonlamalik, uyg‘unlik prinsipi – dastur mazmuniga egallanishi lozim bo‘lgan bilimlarni xilma-xil ko‘rinishlariga oid ko‘nikma va malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo‘yiladi.

Dasturning mazmuni – ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati xulq-atvor me’rlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat , miqdoriy munosabatlar va boshqa bilimlarda tashkil topadi.

Dasturga kiritilgan – ko‘nikma va malakalar:

  • Insonlarning munosabatlari

  • Mehnat, tasviriy faoliyat, ko‘rish, nutq faoliyatlari va boshqa ko‘nikmalarni tanlab oladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanii – uning rang-barang dunyoda yashyashga qodirligi, shunga muvofiq o‘z fe’l-atvorini va faoliyatini yo‘lga qo‘yish

  • Bolaning bilimiga oid rivojlanish

  • Voqelikning turli sohalarga oid bilimlari

Bu yo‘nalishlar bilimlar, malakalar mazmknining uyg‘unligidan dalolat

beradi. (L.V.Vigotskiy)



  1. Tushunarlilik prinsipi – dasturga bolalarning bilish va ijrochilik imkoniyatlarini hisobga oladigan, bu imkoniyatlarning o‘sishi bilan birgalikda murakkablashib boradigan bilim va ko‘nikmalarni kiritishni talab qiladi.

Shunga ko‘ra, dasturga tasavvur shaklidagi bilimlar kiritilgan. Bunda bolada bilishni rivojlanishi bilan tasavvurlarning tabiatiga qo‘shiladigan talablar ham o‘zgarib boradi. Kichik guruhdan to tayyorlov guruhlargacha bolaga beriladigan bilimlarning hususiyatlari, bolalarning hissiy rivojlanishi, ko‘rgazmali-obrazli bilishga o‘tish, lozim bo‘lgan yangi imkoniyatlarga tayanishni talab qiladigan bilimlarni kiritish imkonini beradi, bu esa bolalarning yanada kamol topishini ta’minlaydi.

Dasturga ko‘nikmalarning kiritilishi bolalarning psixik, harakat, muvofiqlashtiruvchi va boshqa imkoniyatlari bilan belgilanadi.



Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish