Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:
Oilada yashash va tarbiyalanish;
O‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish va ular bilan birga yashash.
Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishishi;
O‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
O‘z fikrini ifoda etish;
Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;
Ism va familiyasini o‘zgartirishga;12
Oilada umumiy mulk va o‘z huquqiy mulkiga ega bo‘lish va boshqa huquqlarga ega.
Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oila bolaga taaluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o‘z fikrini bildirishga, so‘zlashga haqlidir.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyada bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an’analarga muvofiq boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga to‘lguncha uning manfaatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir.
Ota-onalar o‘z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohda bo‘lmagan, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoliga g‘amxo‘rlik qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi.
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan shavqatsizlik, qo‘pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota-onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi” da ham o‘z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota-onalikdan mahrum etiladi:
Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash;
O‘z bolasini uzrsiz sabablarga ko‘ra tug‘ruqxona va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
Bolalarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lsa, jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko‘rsatilganda;
Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga mubtalo bo‘lgan taqdirda;
O‘z bolalarining hayoti, sog‘lig‘i yoki er-xotinning hayoti, sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari lozim.Maktabgacha ta’lim bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylikvahomiylik kabi iborani
uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik – 14 yoshga to‘lmagan va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga belgilanadi.
Homiylik – 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o‘qitish jarayonida ularda O‘zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan Qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg‘usini uyg‘otish va o‘z hayotida bulardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shaklllantirish muhim vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |