Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturining yaratilish tarixidagi asosiy, muhim sanalar



Download 4,39 Mb.
bet36/314
Sana29.12.2021
Hajmi4,39 Mb.
#84355
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   314
Bog'liq
МАКТАБГАЧА ПЕДАГОГИКА. 2018 .

Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturining yaratilish tarixidagi asosiy, muhim sanalar.

1932 yil – Bolalar bog‘chasi programmasini dastlabki loyixasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog‘chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga, yo‘nalish va mazmun berishga yordam beradi.

1934 yil – Tarbiyalash programmasi va bolalar bog‘chasi ichki tartib qoidalari. – nashr ettirildi, unda bolalar muassasasidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish msasalalariga e’tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o‘stirish, kitob va rasmlar bilan mag‘ulotlar kurtaklari, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod chiqarish bo‘limlari mavjud edi, biroq unda murakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning yosh hususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayoni tashkil etishda tarbiyachining raxbarlik roli yoritib berilmagan edi.

1938 yil – Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun ko‘llanma nashr etildi. Ushbu qo‘llanmada bolalarni tarbiyalash vazifalari, bolalarning yosh hususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo‘limlari – jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o‘z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish vazifalariga ilmiy asosda yondashildi. Shuning uchun ota-oanlar bilan ishlash masalalari ham qo‘llanmada o‘z aksini topdi.

1953yil – Bolalar bog‘chasida ta’limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo‘llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.

1959 yil – Maktabgacha ta’rbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga meditsina xizmatini ko‘rsatishni yaxshilash choralari to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi. Unda maxalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ikki ishini “yasli” va “bolalar” bog‘chasini yagona maktabgacha tarbiya bolalar muassasasi qilib birlashtirilsin va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.

1964 yil – Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdagi to maktabga tayyorlov yoshgacha bo‘lgan davrlarda olib boriladigan ta’lim – tarbiya ishlari yoritib berildi.

1972 yil – Maktabgacha tarbiya muassasalarining yangi “Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o‘tkazish to‘g‘risidagi 1972 yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada – bolalar bog‘chasining vazifalari-aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o‘yin mashg‘ulotlar ro‘yxati va xaftalik taqsimoti, guruhlar bo‘yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish hususiyatlari, o‘quv faoliyatining boshlang‘ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota-onalar xamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.

1978-1980 yillar – Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya programmasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi.

1980 yildan 1999 yillar – Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya programmasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo‘lgan “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma’naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo‘nalishlari belgilab berildi.

2010 yil – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan “Bolajon” tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi.
Bolajon” dasturi – shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning rivojlantiruvchi manbai sifatida.

Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim –tarbiya dasturi maktabgacha didaktika sohasida mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari asosida yaratilgan. Dasturda ilk yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalarni har tomonlama – jismoniy, ijtimoiy-xissiy, nutq o‘qish va savodga tayyorlash, bolalarning bilish jarayonlari bo‘yicha asosiy pedagogik vazifalar, egallanishi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy meyo’rlari yoritilgan.

“Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari”ning barcha yo‘nalishlarida berilgan indikatorlar takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturiga to‘liq qamrab olindi. Dastur maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga moslashtirildi, aniqlashtirildi, misollar bilan boyitildi. Noan’anaviy usullarda ishlash yo‘llari ko‘rsatildi.

Dasturda bolani ma’naviy-axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash, qalbida kitobga nisbatan havas uyg‘otish, ilk kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga qo‘yilgan talablar boyitildi; milliy merosimiz, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xalq o‘yinlari, musiqa, raqs, rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash bo‘limlari, tabiat bilan tanishtirish asosida ilk ekologik madaniyatini tarbiyalash, ona-tabiatni asrab-avaylash, o‘simliklarni parvarish qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalari kengaytirildi.

Shuningdek, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini himoyalash, ta’lim- tarbiya jarayonini puxta olib borish, uning taffakkur, tasavvur va nutqini rivojlantirish bilan birga, mustaqil o‘rganishga, fikrlashga, ijodkorlikka, o‘z shaxsini hurmat qilish, o‘ziga ishonch tuyg‘usini shakllantirishga qo‘yilgan vazifalar kengaytirildi, shakl, mazmun va uslubiy tomondan boyitildi.

Dasturda muhim tarbiyaviy vazifalardan biri - bolaning sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirish, gigienik va harakat madaniyatini singdirib borishga alohida ahamiyat berildi.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishida milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qilish, his-tuyg‘ularini ifodalash, o‘g‘il va qiz bolaga xos bo‘lgan fazilatlarni tushunish, kattalar va tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish va milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishga urg‘u berildi.

Dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolani mehribonlik, go‘zallikni his qilishni o‘rgatishga alohida ahamiyat berildi.

Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan dastur hisoblanadi.


Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish