Atrof-muhit to‘g‘risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to‘g‘risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta’riflay olishi, inson tana a’zolarini bilishi lozim.
Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyatni hurmat qilishga va o‘z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o‘rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarni balandligi va tembiga ko‘ra farqlay olish, jamoa bo‘lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qiziqish bildirishi, cholg‘u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |