Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal-yalpi - yalpi tekshirishning asosiy yo‘llari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi
Frontal-yalpi tokshirishi - bu maktabgacha ta’lim muassasasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish shaklsidir. Ya’ni, muassasaning kadrlar sostavi, maktabgacha ta’lim dastursi talablarini bajarilishi, mudira va uslubchining ta’lim-tarbiyavny va metodik, moliyaviy-xo‘jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam hizmati, maktab bilan aloqa, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko‘proq jalb qilishi lozimdir.
Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta xalq talimi bo‘limlari (viloyat XTB, shahar, tuman XTB) tomonidan o‘tqaziladi.
Frontal-yalpi tekshirish o‘tqazishda avval to‘la-to‘kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazarotdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko‘rsatiladi
So‘ngra nazoratchi-uslubchi yana bir bor maktabgacha ta’lim bo‘yicha chiqarilgan qaror, ko‘rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko‘zdan kechirib, maktabgacha ta’lim dastursi talablarini yaxshilab uqib oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada xalq xo‘jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi taxlil qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o‘rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o‘rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi-uslubchi nimalarga ko‘proq axamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash, p organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalar bilan aloqa o‘rnatiladi.
Nazorat qilishni albatta mudiraning ishtiroq bilan o‘tqazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi.
Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo‘llari. Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-uslubchi va brigada a’zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So‘ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, muassasaning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va hizmat ko‘rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g‘oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar o‘sishdan ko‘rilayotgan tadbir-choralar xususida, tuman xalq ta’limi bo‘limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so‘raydi.
Bu suhbat muassasa to‘g‘risidagi tekshirish ishiga dastlabki ta’sirot beradi. So‘ngra nazoratchi-uslubchi turli bo‘limlar bo‘yicha tekshirishi, o‘rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
Maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ahvoli va «Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dastursi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko‘nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo‘jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo‘jalik rejalarning bajarilishi, yo‘llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning muassasaga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy yordam tomonidap hizmat ko‘rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta’lim mussasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va uslubchi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning kontrolligi tekshirish;
Muassasininng jorriy-texnika bazasining axvoli, xo‘jalik faoliyati, harajatlarni to‘g‘ri sarflash ishlari;
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejalarning sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, Pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yig‘ilishlarini, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishi o‘sishdan nazoratni tashkil etishi;
Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo‘lga qo‘yilishi, hujjatlar, ularning to‘g‘ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchi-uslubchining tekshirish bo‘yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashni o‘tqazilishi;
Frontal-yalpi nazorat qilishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog‘liqdir.
Nazoratchi-uslubchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o‘tqazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Nazoratlash natijasini akt bilan izohlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko‘rsatiladi. Akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limiga, biri muassasaga beriladi, biri tinglovchilarning ish hujjatlari hisoblanadi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning bir qismi bo‘linishi nazorat qilish shaklsidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «O‘yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o‘tqaziladi. Tekshirish yo‘llari va savollari quyilagicha (mehnat tarbiyasi bo‘yicha):
Guruh rejalarini uzoq muddatini hamrot olgan holda tekshirish (kvartal, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
Mashg‘ulotlarni kuzatish va taxlil qilishi; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko‘ra olish;
Kundalik hayotdagi mehnat billi ta’minlash va taxlil qilish;
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
Bolalar o‘yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish;
Bolalar bilan individual suhbatlashish;
Bolalar ishlarini taxlili, tahlili;
Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko‘rish;
Guruhdagi o‘quv materiallari, tekshirishi.
Nazoratchi-uslubchi guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko‘zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidiradi, osondan murakablikka, oylik, perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo‘lim rejadan tushurib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topishi kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo‘llari, haftalik rejadagi mashg‘ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg‘ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko‘rish mumkin.
Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik xatolar keyngi oylarda takrorlanmasin.
Mehnat bo‘limini tekshirishda ko‘rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg‘ulotlarni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko‘rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko‘ra olishga, kuzata olishga, tanish bo‘lgan voqea va xodisalarni solishtira olish malakalarini o‘stirish, ko‘rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o‘stirishni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |