Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari
Nazorat qilishga nazoratchi-uslubchining tayyorgarligi
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tekshirish oldidan tekshiriladigan muassasalar xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan eca Toshkent shahar xalq ta’limi maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ma’lumotnoma yuboriladi. Bunda tekshiriladigan tuman, muassasalarning nomi, nomeri ko‘rsatiladi. Keyin tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.
Tekshirish shahar, xokimiyat - shahar qo‘mitalari tomonidan bo‘lsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassasa ishi tekshiriladi.
Tekshirishi lozim bo‘lgan muassasa haqida xalq ta’limi bo‘limidan ma’lumot olish; Bunda nazoratchi-uslubchiga muassasasa haqida dastlabki ma’lumotlar berilib, maktabgacha ta’lim muassasalarning xalq ta’limi miqyosida tutgan o‘rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi;
Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko‘rsatiladi (Bu tinglovchi-amaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning «Maktabgacha ta’lim» bo‘yicha qaror, ko‘rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko‘zdan kechirib chiqishni nazoratchi-uslubchidan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta’lim» dasturining hamma bo‘limlarini yana bir bor chuqur o‘rganishni talab qiladi. Shu o‘rinda biz yuqorida aytib o‘tilgan «Direktiv» va «Me’yortiv» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat – bu farmon, farmoyish, yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma, ya’ni yuqori bo‘limlar tomonidam quyi bo‘limlarga yoki rahbarning o‘z hodimlariga bergan ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlariga aytiladi.
Me’yoriy hujjat esa - me’yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo‘yicha yosh guruhlariga to‘g‘ri taqsimlash, xodimlarni shtat me’yorsi bo‘yicha ishga qabul qilish, smeta bo‘yicha harajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish me’yorlari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat.
Shuningdek, xalq xo‘jalik rejalarida ko‘zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi, Xalq ta’limi bo‘limlari tomonidam maktabgacha ta’lim muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash, qishloq maktabgacha ta’lim xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi me’yorlari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o‘z ustida ko‘proq ishlashni, g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy yetuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono o‘z ishida qo‘llashni talab etadi.
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
Tekshirishning maqsadi va vazifalari to‘g‘risida mudirani ogohlantirish;
Ishning borishini harakterlovchi xujjatlarni o‘rganish (hisobot, akt va hokazo).
Muassasa xodimlari bilan suhbat;
Maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o‘rganish, uning xolatini taxlil qilish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ishni tanlangan holda tekshirish;
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo‘llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Aniqlangan kamchiliklarni taxlil qilish, ularni yo‘qotish uchun ko‘rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;
Tekshirish yakunlarn bo‘yicha ma’lumotnoma yoki akt tuzish;
Bajarilgan ishlar bo‘yicha boshqarma, bo‘lim (amaliyot
rahbari oldida hisobot berish).
Do'stlaringiz bilan baham: |