Bosh suyaksizlar kenja bo‘limiga kiruvchi hayvonlarda markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyaga bo‘lingan emas. Sezgi organlari deyarli rivojlanmagan. Bosh suyagi yo‘q. Qon aylanish sistemasi yopiq. Juft harakat organlari ham taraqqiy qilmagan.
Bosh suyaksizlar ya’ni xordaboshlilarning kelib chiqishi. Bosh suyaksizlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi paleontologik dalillar topilmagan. Bu guruhning kelib chiqishini A.N. Seversovning solishtirma anatomik va embriologik tadqiqotlariga asoslanib bosh suyaksizlarni ajdodlari erkin suzib yuruvchi, ikki tomonlama simmetrik hayvonlar bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.(34) Ularda arterial bo‘shliq bo‘lmagan. Xorda tanasining bosh tomonigacha yetib bormagan. Jabra yoriqlari kam bo‘lib, ular ehtimol simmetrik joylashgan. Bu ajdod guruhdan ikki tarmoq ajralgan. Bir tarmoq erkin suzib yurib yashash tarzini saqlagan. Ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi tarmoq vakillari kam harakat qilgan va suv tubida yashashga yoki suv tubini qazishga moslashgan deb taxmin qilinadi. Keyinchalik ba’zi bir boshsuyaksizlar suv ostida yashashga o‘tganligi sababli ularning jabra yoriqlarini tuproq bilan ifloslanishdan himoya qiluvchi organ – jabra yoni (arterial) bo‘shliq paydo bo‘lgan. Boshqalari esa plankton hayot kechirgan.
Hozirgi vaqtda bosh suyaksizlarning kelib chiqishi to‘g‘risida boshqacha qarash bor. Bu qarashga muvofiq lansetnik bir vaqtlar suv tubida muqim yashovchi (ehtimol bu pardalilardir) hayvonning noaniq o‘zgarishidan hamda lichinka holda ko‘payish qobiliyatiga ega hayvondan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Miksinalar endoparazit holatda hayot kechiradi. Shu tufayli ularda regressiv evolyusiya yuz bergan. Tanasi yirik chuvalchanglarga o‘xshash. Ularda orqa suzgich qanoti va jabra skeleti yo‘qolib ketgan. Ko‘zi zaif terisi ostiga yashiringan. Og‘zi oldi voronkasimon. Parmalovchi tili bor. Jabra xaltalari va teshiklari 15 juftgacha boradi.
Qonni haydovchi yurak bilan boshi, jigari va dum qismida yana uchta yuragi bor. Qon aylanishi ochiq. Miksinalar germafrodit.
Savollar:
Xordali hayvonlarga xos gavda tuzilishini aytib bering.
Xordalilar bo‘limi qaysi kenja bo‘limlariga bo‘linadi?
Lichinka xordalilarning shaxsiy taraqqiyotini o‘ziga xos jihatlarini ayting.
Lichinka xordalilarning kelib chiqishini tushuntiring.
Nima sababdan boshsuyaksizlar umurtqasiz va umurtqali hayvonlar o‘rtasidagi oraliq forma hisoblanadi?
Bosh suyaksizlarning kelib chiqishini yoriting.
Bosh suyaklilarning bosh suyaksizlarga qaraganda murakkab tuzilganligini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |