Nizomiy nomidagi


Tayanch tushunchalar va bilimlar



Download 439,42 Kb.
bet117/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Tayanch tushunchalar va bilimlar: odam irqlarining paydo bo’lishi, negroid, mongoloid, yevropoid, irq va millat, irqlarda belgilarning mustahkamlanishi, odam populyatsiyasi, irqlarning paydo bo’lish vaqti va joyi.
Har qanday odam populyatsiyasida bo’yi, tana og’irligi, yuz tuzilishi, teri, soch, ko’z rangi bo’yicha farq qiluvchi shaxslarni topish mumkin. Bular individual tafovutlardir. Irqqa xos belgilar ayrim shaxslarga mansub bo’lmay, balki yashash joyidagi jamoa a’zolarining barchasiga xos bo’ladi. Hozirgi paytda dunyoda uchta yirik irq: yevropoid, mongoloid, negroid irqlari ma’lum.

Yevropoid irqiga kiruvchi odamlarning sochi tekis yoki to’lqinsimon, och sariq, terilari ham oq rangdadir. Soqol-mo’ylovlari tez o’suvchi, burni oldinga cho’zilgan, burun kataklari ensiz. Ko’zlari gorizantal joylashgan. Jag’i oldinga bo’rtmagan. Lablari yupqa, yevropoid irqi Yevropada shakllangan bo’lishiga qaramay hozirgi davrda dunyoning barcha qit’alarida tarqalgan.

Mongoloid irqida soch to’g’ri o’sgan, qora rangda, terilari qoramtir, qisman sarg’ish, soqol-mo’ylovlari yevropaliklarga qaraganda kam o’sadi va siyrak. Yuzlari keng, yuz suyagi oldinga bo’rtgan, burni, aksincha, puchuq, ko’zlari qiyiq, ko’zning chetki tomonidagi burchagi burunga yaqin burchagiga nisbatan bir muncha yuqori. Yuqori kozyashaydilar.

Mongoloid irqiga mansub odamlarning sochi va qovoqlari kiprikkacha ochilgan bo’ladi. Lablari o’rta qalinlikda. Bu irq ko’proq Osiyo mamlakatlarida tarqalgan.

Negroid irqiga kiruvchilar sochi jingalak, qora rang, qora ko’z, soqol- mo’ylovlari mongoloid irqinikidan kam, afti ikki tomondan tor va past. Burun kalta va burun teshiklari katta. Ko’zlari yumaloqroq, yuqori qovoq unchalik yaxshi rivojlanmagan. Pastki jag’ burmuncha bo’rtib chiqqan. Lablari qalin, ko’pincha do’rdaygan holda. Tipik negroidlar Afrikada yashaydi. Ularga nisbatan o’xshashlari eski dunyoning ekvatorga yaqin hududlarida yashaydilar. Biroq dunyo aholisining guruhlarini hamma vaqt uchta irqqa kiritib bo’lmaydi. Masalan, Amerika indyeslari an’naga ko’ra ko’pincha mongoloid irqiga kiradilar. Lekin ularning yoshi kattalarida soqol kam, burni esa oldinga chiqqan. Shunga ko’ra ularni ba’zan Amerika irqiga kiritadilar. Avstraliya va unga yaqin orollarda yashaydigan tub aholiga nisbatan ham shunday deyish mumkin. Tana terisi qora, lekin sochlari jingalak emas, to’lqinsimon soqol- mo’ylovlari ko’p, tish tuzilishi, qon tarkibi, barmoqdagi chiziqlar bo’yicha ular mongoloid irqiga yaqin.

Shunga ko’ra uchta emas beshta irq borligi e’tirof qilinadi. Har bir irq ichida yana bir qancha bir - biridan farq qiluvchi odamlar guruhini ko’rish mumkin. Masalan, Janubiy Yevropaliklar qoramag’iz, bo’ylari o’rtacha uzunlikda, aksincha, Shimoliy Yevropaliklar baland bo’yli, terisi och sariq, ko’zlari esa havorang.

Mongoloid irqi orasida ham bunday farq qiluvchi odamlar topiladi. Chunonchi tashqi tomandan vetnamliklarni, buryatlarni, xitoylarni, qirg’izlarni ajratish mumkin.

Negroid irqiga kiruvchilar ham o’zaro farq qiladilar. Kongo daryosi atrofida dunyoda eng pakana (o’rtacha 141 sm) Chad ko’li otrofida esa, eng baland bo’yli (182) negroidlar yashaydi.

Shularni e’tiborga olib antropologlar dunyo aholisini uchtadan ortiq irqlarga bo’ladilar, lekin bu ham taxminiy raqam. Bu irqlar ikkinchi, uchunchi darajali irqlar sanaladi.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish