Bakteriofaglarning tuzilishi. Bakteriofag tanasi oqsilli qobiq – kapsid bilan o‘ralgan, noksimon shaklda, uning bosh qism, ichi kovak, dum qism hamda dum iplari bor. Uning bosh qismida DNK joylashgan. Dum qismi muskulsimon bo‘lib, qisqarish va uzayish xossasiga ega. Odatda bakteriya qobig‘iga o‘rnashgan bakteriofagning muskulsimon dum qismi qisqarib, uzayib boshchasidagi DNK molekulasini bakteriya tanasiga itarib kiritadi. Bakteriofag qobig‘i – kapsidi esa bakteriya tashqarisida qoladi.
Bakteriya hujayrasiga kirgan fag DNKsi sitoplazmada reduplikatsiya-lanadi, ya’ni o‘ziga o‘xshash fag DNKlarini hosil qiladi. Ribosomalarda esa fag oqsili sintezlanada va u DNK ni o‘rab olib, bakteriofag kapsidini shakllantiradi. Bakteriya nobud bo‘lgach bakteriofaglar tashqariga chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |