Nizomiy nomidagi


Odam embriogenezini o‘ziga xosligi



Download 439,42 Kb.
bet112/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Odam embriogenezini o‘ziga xosligi. Odam embriogenezi ko‘p belgilariga ko‘ra primatlarning tuban vakillaridan yuksak vakillariga bo‘lgan evolutsiya jarayonini takrorlaydi.

1. Odamlar primatlar ichida eng qisqa jinsiy siklga ega. Unda bo‘linish notekis bo‘lib, uning murtakdan tashqari mezoderma qismi jadal rivojlanadi va undan xarionning qon aylanish sistemasi rivojlanadi va u murtakning implantatsiyasi, uning dastlabki oziqlanishini ta’minlaydi. Odam boshqa primatlardan homilalik bosqichini uzoq muddatli bo‘lishi bilan farq qiladi. Homilalik bosqichi shimpanzeda 8 oy, odamda esa 9 oy, kalamushlarda 2 hafta, quyonlarda 1 oy, mushukda 2 oy, sherda 2 oy, filda 18 oygacha cho‘ziladi.

2. Odam embrioginezining asosiy qonuniyatlaridan biri, geteroxraniya, ya’ni embriogenezda turli organlar sistemasi rivojlanish bosqichlarining vaqtinchalik surilishidir. Lekin odam emberional rivojlanishi asosiy evolutsion reja asosida, ya’ni avval kelib chiqishi jihatidan eski, so‘ng esa yosh organlar sistemasi rivojlanadi. Shunday qilib, odam embrioning rivojlanishida rekapitulyatsiya, ya’ni bo‘lib o‘tgan yo‘lni takrorlash amalga oshadi. Bu esa Geteroxroniya va rekapitulyatsiyaning buzilishiga olib keladi. Geteroxraniya, ayniqsa, markaziy nerv sistemasi rivojida yorqin namoyon bo‘ladi. Filogenetik prinsipga binoan, dastlab, eski nerv sistema qismlari, so‘ng esa yangilari rivojlanishi kerak. Odam ontogenezida yangi qismlari eski qismlardan oldin rivojlanishda davom etadi va u jarayon tug‘ilgandan keyin ham davom etadi. Anoxin fikricha, sistemagenez prinsipi asosida rivojlanadi, ya’ni konkret sharoitlarga moslari rivoj topadi. Shu bilan bir vaqtda eski va qadimiy markaziy nerv sistema qismlari jadal rivojlanadi va embriogenez o‘rtalariga kelib o‘zining maksimal rivojlanish darajasiga yetadi. Markaziy nerv sistemasi esa rivojlanishda davom etadi. Shunday qilib, miyaning yangi qismlari oldin hosil bo‘lsa ham, ular keyinroq takomillashishadi. Masalan, miya po‘stlog‘ining ensa qismi homilaning olti oyligida shakllanib, bolaning 7 yoshida tugallanadi. Bosh miya po‘stlog‘ining 44 – 45- zonalari murakkab, u abstrak tafakkurni, nutqni shakllanishi bilan aloqador. Nisbatan yosh bosh miya po‘stloq qismlari filogenetik yosh bo‘lsa ham qisman eng keyin rivojlanshini tugallaydi. Bosh miya peshona qismining rivojlanishi homila 5 oyligida boshlanib, 12 yilga borib yakunlananadi.

Bola tug‘ilgandan so‘ng uning rivojlanishi ijtimoiy omillar ta’sirida bo‘ladi. Genetik omillar, asosan, homiladorlik davrida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bosh miyaning rivojlanishida genetik va muhit omillari o‘zaro ta’siri hozirda kam o‘rganilgan soha sanaladi.

Gipotalamus hujayralari gipofizga ta’sir ko’rsatsa, gipofiz garmonlari har xil organlarga, shu jumladan, jinsiy bezlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi bir mualliflarda garmonlar genlar uchun maxsus indikator hisoblanadi, ularning ta’sirida genlarda faollik, ekspretsiya, transkripsiya amalga oshadi, degan fikrlar mavjud. Hayajonlanish davrida gen faolligida o‘zgarish ro‘y berishi va u irsiylanishi mumkin degan, fikirlar ham bor. Onaning hayajonlanishi, ya’ni stress holati homilaga o‘tishi mumkin.

Miyaning butkul rivojlanishiga homiladorlik muddati yetarli emas. Agar homillaning to‘liq voyaga yetishi bo‘yicha odam bilan primatlar taqqoslaganda odamning homiladorlik davri 21 oyga cho‘zilishi kerak. Odam bolasining erta tug‘ilishi ma’lum afzalliklarga ega. Chunki go‘dak miyasining holati ona va atrofdagilar ta’siriga beriluvchan holatda bo’ladi. Bu esa, qisqa rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Bir yoshli bolada bosh miyaning nozik tuzilishi dentritlarning shoxlanishi, sinapsislarning hosil bo‘lishi, odam uchun maxsus peshona va bosh miya yarim sharlar yuqori qismining ostki bo‘laklari shakllanishida ro‘y beradi. Bu yoshda homo sapiensga xos xususiyatlar rivojlanishi uchun qulay davr sanaladi. Dubinin odamda signal irsiylanish mavjudligi qayd etilgan. Agar odam ajdodlari tosh qurollar yasashda undan foydalanish hisobiga bosh miyasini rivojlantirgan bo‘lsa, hozirgi davrda odam aql-farosatining rivojlanishi ijtimoiy muhitning holat darajasiga ham bog‘liqdir.

Odamning tuzilishi faqat yuksak hayvonlarga emas, balki organik olamning quyi vakillariga ham o‘xshashligi hozirda ham e’tirof etiladi. Odamning hozirgi zamon biologik sistemasida tutgan o‘rni quyidagicha:



  1. eukariotlar kenja olami;

  2. hayvonot dunyosi;

  3. ko‘p hujayralilar kenja dunyosi;

  4. ikki tomonlama simmetriyalilar bo‘limi;

  5. ikkilamchi og‘izlilar kichik bo‘limi;

  6. xordalilar tipi;

  7. umurtqalilar kenja tipi;

  8. sut emizuvchilar sinfi;

  9. tirik tug‘uvchilar kenja sinfi;

10) yo‘ldoshlilar kichik sinfi;

11) tor burunli maymunlar seksiyasi;

12) odamsimonlar kenja turkumi;

13) odamlar oilasi;

14) odamga o‘xshash maymunlar katta oilasi;

15) gominidlar oilasi;

16) aqlli odam turi.

Dunyodagi barcha insonlar Homo sapiens turiga kiradi. Ularning bir turga kirishi ichki, tashqi organlarining tuzilishida, funksiyalarining o‘xshashligida bo‘lib, irqlar, millatlar orasidagi nikohlardan tug‘ilgan farzandlar normal nasl qoldirishga qodir ekanligida namoyon bo‘ladi.

Odam bilan o‘simliklar orasidagi o‘xshashliklar, odam bilan umurtqali hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashaliklar, odam bilan baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, shuningdek, odamsimon maymunlar orasidagi o‘xshashliklarni asoslash kerak.

Odam bilan organik olamning boshqa vakillarining evolyutsiyasini isbotlovchi molekulyar biologik, sitologik fan dalillarini olish mumkin.

Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini isbotlovchi chog‘ishtirma anatomik fan dalillari.

Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini isbotlovchi embriologiya fan dalillari.

Odam bilan odamsimon maymunlar orasidagi yaqinlikni ko‘rsatuvchi biokimyoviy va fiziologik fan dalillari.

Qazilma holdagi odam ajdodlarining topilgan suyak qoldiqlari, umumiy tasnifi.

Odamning paleontologik yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotlar turli adabiyotlarda keltirilgan.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish