Yalpiusul barcha hujjatlarni, jumladan, buxgalteriya hisobi registridagi yozuvlarni tekshirish bilan xarakterlanadi. Odatda, kassa va bank operatsiyalari yalpi tekshirishdan o'tkaziladi. Mahsulot etkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, debitorlar va boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar, shuningdek, korxona faoliyatining boshqa uchastkalari dasturda ko'rsatilgan hollarda yalpi usul bilan tekshiriladi.
Tanlab olish usulidatekshirilayotgan davrning har bir oyidagi yoki bir necha oy uchun birlamchi hujjatlarning bir qismi tekshiriladi. Tanlab tekshirilganda soliq qonunchiligida jiddiy buzilishlar yoki suiiste'molliklar aniqlangan hollarda korxona faoliyatining mazkur uchastkasida tekshirish yalpi usul vositasida o'tkazilib, foyda (daromad) yashirilgani yoki boshqa ob'ektlar soliq solishdan yashirilgani va suiiste'molliklar to'g'risida guvohlik beruvchi hujjatlar majburan olib qo'yiladi.
Respublikamizda soliqnazoratiquyidagishakllardaolibboriladi:
soliq to'lovchini ro'yxatdan o'tish hisobini yuritish;
soliq ob'ektlari va soliqqa tortish bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni hisobini yuritish;
pul tushumlarini xronometraj qilish;
soliq tushumlari hisobini yuritish;
soliq tekshiruvlari o'tkazish;
kameral nazorat, dastlabki nazorat (xo'jalik sub'ektlarining buxgalteriya va boshqa hisobotiarni joylarga bormasdan tekshirish);
soliq to'lovchilarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini monitoring qilish;
fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat kassa mashinalarining qo'llanilish qoidalarini belgilash;
ayrim aktsizosti tovarlarini markalash va aktsiz postiarini o'rnatish;
davlatga tegishli bo'lgan mulklarni hisobini yuritish, baholash (narxlash) va sotish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish;
-soliq organlarini yuqori organlar tomonidan nazorat qilinishi. Quyidagi chizmada soliq nazorati shakllarini ko'rishimiz mumkin:
Soliq nazoratini o'tkazishning dastiabki holati soliq ob'ektlari va soliqqa tortishbilanbog'liqboshqaob'ektlarnihisobiniyuritishdanboshlanadi. Bu ish soliq xizmati organlari tomonidan har bir soliq to'lovchi va har bir soliq turlari bo'yicha soliqqa tor-tish ob'ektlarining ma'lumotlar bazasmi, shu jumladan, elektron shaklda olib borish bilan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchilarni Davlat ro 'yxatdan о 'tkazish - bu soliq to'lovchi to'g'risidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi kor-xonalari, tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlari Davlat reestriga kiritishdir. Soliq to'lovchilarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20-avgustdagi «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu qarorga asosan 2003 yil 1-oktyabrdan ro'yxatdan o'tkazishning «bitta tuynukka» qaratilgan yangi tizimi ishga tushishi va bir vaqtning o'zida boshqa ruxsat- nomalarni ham berishi o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Tadbirkor ariza bergan kundan boshlab Rqyxatdan qtish jarayonining muddati o'rtacha 31 kundan 16 ish kuniga qisqardi. Norasmiy to'lovlami amalga oshirish 8%gacha qisqardi.12 Ammo bu holat viloyatlarda yuqoriligicha qolmoqda.
Kameral nazorat ahamiyatini oshirish hozirgi tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish maqsadida soliq nazoratini erkinlashtirish paytida dolzarb ahamiyatga ega.
Kameral nazorat soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan belgilangan tartibda soliq organiga topshiriladigan soliq hisobotlari va boshqa soliq to'lovchi faoliyati to'g'risidagi hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish orqali amalga oshiriladigan nazoratdir. Kameral nazorat soliq to'lovchi qatnashuvisiz amalga oshiriladi.
Kameral nazorat uchun soliq organi boshlig'ining maxsus qarori talab qilinmaydi. Kameral nazorat paytida soliq hisobotlarida xatolar yoki ma'lumotlarda bir biriga zid holatlar mavjud bo'lsa, bu haqda soliq to'lovchiga uni tuzatish uchun xabar yetkaziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talabnomani olganidan keyin
10 kun muddat ichida tuzatilgan hisobotni taqdim etishi yoki mavjud hisoblardagi farqlanishlarni asoslab berishi kerak.
Pul tushumlari xronometrajini o'tkazish ham soliq nazoratining usullaridan biri hisoblanadi va haqiqatdagi pul tushumlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Xronometraj soliq organi tomonidan naqd pulga tovar sotadigan va xizmat ko'rsatadigan soliq to'lovchining bevosita tovarlar sotiladigan va xizmatlar ko'r- satiladigan joyda amalga oshriladi.
12 Delovaya sreda v Uzbekistane glazami predstaviteley malogo i srednego biznesa, po itogam 2003 goda. Proekt razvitiya malogo i chastnogo predprinimatelstva v Uzbekistane. Mejdunarodnaya finansovaya korporatsiya. Tashkent, 2004. 61b.