Nizomiy nomidagi toshkent


Soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish tartibi



Download 453,45 Kb.
bet9/13
Sana16.03.2022
Hajmi453,45 Kb.
#496207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati

Soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish tartibi.


Soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi tezkor shaldda soliq nazoratini yuritishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning barqaror va uzluksiz ishlashiga, шпшпап iqtisodiyotni rivojlantirishga, daromadlar tushumi va byudjet prognozlarini oshirib bajarishga yordam berish;

  • soliq to'lovlarining byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;

  • soliq solish bazasini kengaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, soliq sohasida huquq buzilishlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish yo'li bilan soliqlar yig'ilishini ko'paytirish;

  • soliq to'lovchilarni to'liq qamrab olish va hisobga olish mexanizmini takomillashtirish;

  • soliqlar to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;

  • soliq to'lovchilarning tegishli soliqlar, byudjetga boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq to'lashlari uchun javobgarligini oshirishga hamda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligi xususida jamoatchilik ongini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi tezkor nazorat funktsiyalari quyidagilar:

  • soliq bazasini kengaytirishga, soliq sohasidagi huquq buzi lishlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish bo'yicha tadbirlar amalga oshiradi;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, soliqlar va byudjetga majburiy to'lovlar bo'yicha muddati o'tgan qarzlarni undirishni ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi va ularning qo'llanishini amalga oshiradi;

  • byudjetga to'lovlarga doir boqimandalarni undirishni xijalik sudlarining qarorlari bo'yicha qarzdor korxonalar mol-mulkiga qaratish bilan bog'liq ish samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • soliq to'lovchilarning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashi oldini olish maqsadlarida naqd oborotga ega xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan naqd pul mablag'larining muomalada bo'lish tartibini buzishlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.

Tezkor soliq nazoratini yuritishni taqozo qiluvchi vaziyatlarning yuzaga kelishi asosan quyidagilar bilan bog'liq:

  • aholi bilan hisob-kitoblarda nazorat kassa mashinalarining qo'llanishi tartibiga rioya qilinishni tekshirish;

  • alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish ustidan nazorat yuritish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishni tartibga solish maqsadida nazoratni yuritish;

  • kontrabanda mahsulotlarini olib kelishni nazorat qilish;

  • yog' mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin tsexlarni aniqlash, tugatish va tegishli jazolarni qo'llash.

Respublikamizda soliq nazoratini tezkor shaklda yuritish DSQ qoshidagi nazorat taftish bosh boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan olib borildi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va uning joylardagi organlariga quyidagilar yuklanadi:
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarning legallashtirilishi va terrorizmning moliyalashtirilishi bilan bog'liq jinoyat ishlarini o'z vaqtida tekshirish, ularni qo'zg'atish vaqtidan boshlab sud tomonidan qaror qabul qilingungacha bo'lgan davrda jinoyat ishini ko'rib chiqish muddatlarini mumkin qadar qisqartirishni nazarda tutgan holda ularni tezda sudga yuborish;
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda qonuniylikka hamda Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslari normalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Departament davlat soliq xizmati organlari, valyutani nazorat qilish organlari va agentlari bilan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'zaro hamkorlik qiladi:
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, oylik, chorak va yillik profilaktika tadbirlariga muvofiq tegishli taftishlar o'tkazilishini tashkil etish;
davlat soliq inspektsiyalariga reja ko'rsatkichlarini bajarishda, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha o'z muddatida to'lanmagan to'lovlarni undirishda ko'maklashish;
valyutani nazorat qilish organlari va agentlari tomonidan valyutaga oid huquq buzilishlari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etish;
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha qqshma reydlar o'tkazish;
soliq organlari tomonidan Departament bo'linmalariga aniqlanayotgan huquqbuzarliklar va boshqa tezkor ahamiyatli ma'lumotlar to'g'risida axborot taqdim etish.

      1. Download 453,45 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish