Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 284 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi284 Kb.
#256892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alaliya tayyor

7-topshiriq. Artikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin tovushlarni logoped ketidan qaytarish:

z-s, s-z, d-t, t-d, b-p, p-b, sh-j,

j-sh, k-g, g-k, r-l, l-r, ch-j, j-ch

8-topshiriq. Artikulyatsio jihatdan bir-biriga yaqin bо‘g‘inlarni logoped ketidan takrorlash:

a) za-sa, sa-za, da-ta, ta-da, ba-pa, pa-ba, sha-ja,

ja-sha, ka-ga, ga-ka, ra-la, la-ra, cha-ja, ja-cha

b) za-sa-za, ba-pa-ba, ta-da-ta, sha-ja-sha,

va-fa-va, ra-la-ra, cha-ja-cha, ga-ka-ga...

9-topshiriq. Bir tovush bilan farq qiladigan sо‘zlarni logoped ketidan takrorlash:

a) gul-kul, bol-pol, tuz-tus, jar-shar...

b) jо‘ja-gо‘ja, etik-eshik, sayr-sayl...

v) kitob-shitob, bolta-bolg‘a, tovush-tovus...



10-topshiriq. Bir tovush bilan qiladigan sо‘zlarga rasm tanlash: “mana bu rasmlar ichidan nomi bir tovush bilan farq qiladigan rasmlarni ajratib ber”.

Olma-olcha, stol-stul,

paxta-taxta, shapka-shashka, mashina-malina...

Fonematik tasavvurni tekshirish.Bunda bolalarni quyidagi topshiriqlar yordamida tekshirdik.

1-topshiriq. Nomlari oppozitsion tovushlar bilan boshlanadigan buyumlarga oid rasmlarni ikki guruhga ajratish. Masalan, s-sh, s-s, ch-s, z-j, r-Y. “Menga nomi s tovushi bilan boshlanadigan rasmlarni chap tomonga ajratib ber”. Bu topshiriqda bolaga “s” va “sh” tovushi sо‘zning boshida kelmagan hamda umuman qatnashmagan rasmlar ham berildi.

2-topshiriq. Nomlari jarangli va jarangsiz tovushlar bilan boshlanadigan predmetlarga oid rasmlarni ikki guruhga ajratish. Masalan, z-s, v-f, d-t, b-p, k-g, j-sh.

3-topshiriq. Berilgan tovush ishtirokida sо‘z tuzish: “Menga “k” tovushi ishtirok etgan sо‘zlarni aytib ber”. Bolaga namuna tarzida “k” tovushi ishtirok etgan bir sо‘z aytildi.

4-topshiriq. Ma’lum tovushga rasm tanlash: “mana bu rasmlar ichidan nomida “l” tovushi ishtirok etgan rasmlarni bir tomonga ajratib ber”.

Tovushlar tahlilini tekshirish.Tovushlar tahlilini tekshirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanildi:

1-topshiriq. Sо‘z boshidagi tovushni aniqlash: “men aytgan sо‘zlarimni eshitib ularning birinchi tovushini aytasan”.

a) ariq, odam, uzuk, uzum, о‘rik, echki...

b) shamol, bahor, karam, rо‘mol...

v) daftar, maktab, telpak, qо‘lqop...



2- topshiriq. Sо‘zdagi kerakli tovushlarni aniqlash: “eshitgan sо‘zlaring orasida “d” tovushi sо‘zning qayerida kelganini ayt”. Topshiriq bolaga bir misol yordamida tushuntirib beriladi.

a) doska, deraza, dazmol...

b) oydin, parda, bug‘doy...

v) poyezd, zumrad, poroxod...



3-topshiriq. Tovushning sо‘zdagi о‘rnini aniqlash: “eshitgan sо‘zingda uchinchi (ikkinchi, tо‘rtinchi) bо‘lib qanday tovush kelyapti?”.

a) arqon, oshpaz, anjir...

b) buzoq, rо‘mol, kalit

4-topshiriq. Tovushning sо‘zdagi keima-ketligini aniqlash:

a) ota, choy, gul, til...

b) buvi, kosa, soat, piyoz...

v) gilos, sochiq, zirak, randa...



5-topshiriq. Sо‘zdagi tovushlar sonini aniqlash: “eshitgan sо‘zingda nechta tovush bor?”.

a) ot, in, un, el, ip, oy, it...

b) ari, bir, don, fil, tish...

v) sigir, tulki, ruchka, gilam...



Tovushlar tarkibini tekshirish.Buning uchun bolalarga quyidagi topshiriqlar berildi:

1-topshiriq. Ketma-ket tovushlardan bо‘g‘inlar tuzish: “men tovushlar aytaman, sen ular ishtirokida bо‘g‘in hosil qilasan”.

D, a, t, a, z, a, m, i, g, i, a, r, i, r...



2-topshiriq. Ketma-ket tovushlardan sо‘z tuzish: “men tovushlar aytaman, sen ular ishtirokida sо‘z tuzasan”.

a) ch-o-l, k-о‘-z, q-u-sh, s-o-ch...

b) b-о‘-r-i, a-r-ch-a, e-ch-k-i.

v) p-i-ch-o-q, q-o-g‘-o-z, t-o-v-u-s.



3-topshiriq. Ketma-ketligi buzilgan tovushlardan sо‘z tuzish:

a) ya, u, t, (tuya, uyat); o sh, b (bosh); g, z, o (g‘oz)

b) o, l, b, a (bola); ch, l, o, a (olcha); r, о‘, k, i, (о‘rik)

v) b, u, z, q, o (buzoq); t, r, a, u, n (turna); l, a, n, g, a (lagan)

Tekshirish davomida tekshirilayotgan har bir tovushga alohida rasm tanlandi. Rasmlar quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlandi:


  • Nomida ma’lum tovush ishtirok etgan rasm;

  • nomida ma’lum tovushga yaqin tovush ishtirok etgan rasm;

  • nomida ma’lum tovush ishtirok etmagan rasm.

Tanlangan tovushlar sо‘zining boshida, о‘rtasida va oxirida kelishi inobatga olindi.

Bolalarning fonematik idrokini tekshirishga oid topshiriqlarni qay darajada bajarganliklarini ball tizimida izohladik.

5 ball – topshiriqni tо‘g‘ri bajardi;

4 ball – topshiriqni takrorlagach bajardi;

3 ball – topshiriqni logoped yordamida bajardi;

2 ball – topshiriqni xato bajardi;

1 ball – topshiriqni bajara olmadi.
XULOSA

Muammo bо‘yicha adabiyotlarni zrganish, tahlil qilish va о‘tkazilgan tekshiruv ishlarimiz asasida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:

- muammo bо‘yicha adabiyotlarni taxlil qilish Sensor alalik bolalarni fonematik idrokini rivojlantirishning о‘ziga xoz tomonlari О‘zbekiston Respublikasida yetarli darajada о‘rganilmaganligi aniqlandi;

- sensor alalik bolalarni kо‘pchilikida fonetmatik idrokning shakillanmaganligi kuzatiladi;

- sensor alalik bolalardagi fonematik idrok nuqsonlarini maxsus logopedik ishlarsiz bartaraf etilmaydi;

- sensor alalik bolalarga logopedik yordam berish faqatgina maxsus maktabgacha muassasalarda yoki ommaviy bog‘chalar qoshida ochilgan maxsus guruhlarda amalga oshiriladi;

- maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tovush tahlil-tarkib qilish kо‘rikmalarini tekshirish natijasida bolalarda bu malakalarning (tovushlarni tahlil va tarkib qilish) deyarli shakllanmaganligi aniqlandi;

- bunday kо‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ishlarni tovush talaffuzi nuqsonlarini bartaraf etish, fonematik idrokini rivojlantirga qaratilgan ishlar bilan birganlikda olib borilgandagina yaxshi natijalarga erishiladi, logopedik ishning samaradorligi oshadi;



- agar bolalarni bunga maxsus о‘rgantilmasa, ularda yozma nuqs kamchiliklari ham yuzaga kelishi ehtimolidan holi emas. Shuning uchun ham maxsus muassasalarda fonematik idrokni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.



Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish