Nizomiy nomidagi toshkent davlat


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YHATI



Download 284 Kb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi284 Kb.
#256892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alaliya tayyor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YHATI..............................................................







KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021- yillarda Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarori yosh avlodni ma’nan va jismonan komol insonlar qilib tayyorlash yо‘lidagi muxim qadam bо‘ldi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.

Mazkur qarorni amalga oshirish jarayonida bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish о‘quv reja va dasturlarini zamonoviy pedagogik texnologiya va metodlarini inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

Ushbu qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yuqori sifatli maktabgacha ta’limning ta’minlashga, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga hamda ta’lim- tarbiya jarayoniga muqobil dasturlari joriy etilishiga erishiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazilar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 528-sonli qarori, О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1/mh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 3032-raqam bilan rо‘yxatdan о‘tgan yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablari” hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli Hay’at qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” nomli maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, hodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ma’suliyatini oshirish1 maqsadida qarorlar qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yuqori sifatli maktabgacha ta’limning ta’minlanishga, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga hamda ta’lim- tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etilishiga erishiladi.2

2017-2021 – yillarda qarorda belgilangan barcha yо‘nalishlardagi ishlar Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Uzluksiz ta’limning ilk bosqichi sifatida maktabgacha ta’limga e’tibor bevosita shaxs rivoji, kamolotiga, baxtli farzandlarni voyaga yetkazishga g‘amxо‘rlik sifatida ifodalanadi. Shunday ekan ushbu qaror asosida amalga oshirilajak ishlar maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, samarali va zamonoviy kо‘rinishga olib chiqadi. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohatlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan hisoblangan ta’limni yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qо‘ymoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida kamchiliklar kuzatilishi uning ta’lim olishini murakkablashtiradi. Jumladan, tadqiqotimiz obyekti bо‘lmish alalik bolalar ham bundan mustasno emaslar.

Tо‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi, uning psixiq rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning sof va tо‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va tо‘g‘rilash muhim hisoblanadi.

Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, aslida bо‘lmagan ruhiy buzilishlarini hissiy-irodaviy sohaning о‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakterdagi salbiy fazilatlarning rivojlanishi uchun yо‘l ochib berishi mumkin.

Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman о‘zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.

Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv analizatorining ildizi faoliyatini og‘ir analitik-sintetik buzilishlari kuzatiladi. Bunday bolalarda fonematik idrok shakllanmaydi,fonemalar differensiallashmaydi va sо‘z yaxlit idrok etilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobilyati pasaygan bо‘ladi.Og‘ir kо‘rinishlarda bola atrofidagilar nutqini tushunmaydi,uni ma’no kasb etmaydigan shovqin deb hisoblaydi.Nutqiy tovushlar va nutqiy bо‘lmagan shovqinlarni farqlamaydi,barcha nutqiy va nutqiy bо‘lmagan qо‘zg‘atuvchilarga befarq. Shuning uchun sensor alaliyada fonematik idrokni rivojlantirishning pedagogik-korreksion tizimi, zarur shart-sharoitlari, uslubiy yо‘nalishning keng yoritilishi о‘z yechimini kutmoqda. Bu esa tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqot maqsadi Sensor alaliyada fonematik idrokni rivojlantirishni о‘ziga xos jihatlarini о‘rganish, hamda uni bartaraf etish bо‘yicha metodik tavsiyalar tayyorlash.

Tadqiqot maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:

1) mavzuga doir psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarni о‘rganish va tahlil etish;

2) tajriba-sinov metodikasini tayyorlash;

3) alalik bolalar fonematik idrokini tekshirish bо‘yicha tajriba sinov о‘tkazish;

4) maktabgacha yoshdagi alalik bolalar fonematik iidrokini rivojlantirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab tayyorlash.

Tadqiqotning obyekti – 5 - 6 yoshli maktabgacha yoshdagi alalik bolalar.

Tadqiqot predmeti - alalik bolalar fonematik idrokini rivojlantirish jarayoni.



Tadqiqotning metodologik asosini - О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonuni (1997), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev asoslarida olg‘a surilgan ma’naviyat haqidagi g‘oyalari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan davlat dasturlari, Sharq mutaffakkirlarini komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari; shuningdek, nutq va tafakkur birligi tо‘g‘risidagi psixo-lingvistik konsepsiya (L.S.Vigotskiy, N.I.Jinkin, A.R.Luriya) lari tashkil etadi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi metodlardan foydalandik:

  • tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, lingvistik, psixologik va metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;

  • alalik bolalarni tibbiy-pedagogik hujjatlarini о‘rganish;

  • alalik bolalar nutqini tekshirish;

  • logoped, tarbiyachi, ota-ona va bolalar bilan suhbat о‘tkazish;

  • tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilish.

Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.

Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish