Nizomiy nomidagi toshkent davlat


II.Bob.Sensor alaliyali bolalar nutqi va fonematik idrokini о‘ziga xos xususiyatlari



Download 284 Kb.
bet4/8
Sana31.12.2021
Hajmi284 Kb.
#256892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
alaliya tayyor

II.Bob.Sensor alaliyali bolalar nutqi va fonematik idrokini о‘ziga xos xususiyatlari

2.1. Sensor alaliyali bolalarning psixologo-pedagogik va nutqiy xususiyatlari


Nutq - eshituv analizatorining shakllanmaganligi darajasi nutqxarakat analizatori singari turlicha bо‘ladi. Og‘ir kо‘rinishlarda bola atrofidagilar nutqini tushunmaydi, uni ma’no kasb etmaydigan shovqin deb xisoblaydi, xatto о‘z ismiga xam javob reaksiyasini bermaydi, nutq tovushlari va nutqiy bо‘lmagan shovqinlarni farqlamaydi, barcha nutqiy va nutqiy bо‘lmagan qо‘zg‘atuvchilarga befarq.

Ayrim xollarda esa bola ayrim kundalik turmushda ishlatiladigan sо‘zlarni tushunadi. Bola о‘ziga qaratilgan nutqini qabul qilib, notо‘g‘ri javob beradi.

Talab qilingan oddiy vazifani nisbatan oson bajaruvchi bolalar uchraydi, biroq bunda aniq vaziyatdan tashqarida sо‘z kо‘rsatmasini tushunmaydilar, ya’ni iboraning umumiy mazmuni aloxida sо‘zlardan oson idrok qilinadi. Bola asta-sekin tovushlarga quloq tuta boshlaydi, biroquning diqqati uzoq vaqtgacha turg‘un bо‘lmagan va toliqqan xolicha qoladi. Fonematik idrok sekinlashgancha rivojlanadi va uzoq vaqtga shakllanmaganicha qoladi.

Sensor alaliyalik bolalar uchun vaziyat katta rol о‘ynaydi. Bolalar kо‘pincha aytilgan sо‘zlarni ma’lum kontekstda tushunadilar. Sо‘zlarni tartibi va shaklini о‘zgartirishda sо‘z mazmuni tushunishga qiynaladilar, grammatik konstruksiyalar mazmunini idrok etmaydilar.

Bir qator xollarda bolalar biroz murokkablashgan vazifalarni tushunmaydilar, xato aytilganni tо‘g‘ri aytilgan variantdan ajratolmaydilar. Ayrimlar bayon qilish tempining о‘zgarishidan nutqni tushunmaydilar, sо‘zlarni bir turdagi aksentli-bо‘g‘in strukturasi bilan adashtiradilar, eshitilishi jixatidan yaqin sо‘zlarni birday idrok qiladilar. Goxida bolalar о‘zlariga qaratilgan nutqni takrorlashni iltimos qiladilar va faqat bir necha marotaba takrorlanganlarni tushunadilar, chunki bir martalik ta’sir idrok uchun yetarli bо‘lmaydi. Eshituv ta’sirlovchisi yordamida idrok jarayoni yaxshilanadi.

Diqqatni qaratish qayta tiklash va taqsimlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola tovushni, о‘ziga qaratilgan nutqni tez idrok eta olmaydi. Eshituv idrokining sekinlashgani xamо‘ziga xos manzara kasb etadi.

Biron narsani tushunmaganda agar aynan bir narsa bir necha marotaba о‘zgarmagan kо‘rinishda takrorlansa yoki boshqa sо‘zlar bilan qayta xikoya qilib berilsa bola tushunib olishi mumkin. Goxida tanish sо‘zlarni xam tanish qiyinlashadi. Faqat о‘zlari gapira oladiganlarini tushunuvchi bolalar uchraydi va ular faqat shunday gapirib berganlaridan sо‘ng tushunadilar. Idrok qilish vaqtida takrorlab gapirish tushunishni yaxshilanishiga olib keladi, chunki kо‘rinishidan u shaxsiy talaffuzining kinesteziyalari bilan mustaxkamlanadi. Kо‘pincha bolalar gapiruvchining yuziga qaraydilar. Bu xolda tushunish, kо‘ruv analizatori tomonidan eshituv ta’surotining mustaxkamlanishi xisobiga yaxshilanadi-yuzdan о‘qish, idrokka kо‘ruv ta’sirlovchilarini qо‘shish akustik taassurotlarni kuchaytiradi.

Sensor alaliyalik bolalarni rivojlanishini barcha bosqichlarida eshituv diqqati va idrokini turg‘un emasligi kuzatiladi: diqqatni jalb qilish va jamlash, taqsimlash va turg‘unligida qiyinchiliklar, diqqatning bо‘linishi tez chalg‘ishi kuzatiladi.

Goxida bola faqat bir insonni tushunadi-ona, о‘qituvchi va aynan shu narsani kimdir begona gapirsa tushunmaydi. Bunda tovushlari bо‘lgan reaksiya jaranglanish balandligiga bog‘liq bо‘lmaydi.

V.K. Orfinskaya, N.N. Traugott shulardan bayon etilishicha sensor alaliyada fonemalarni farqlash, fonematik taxlil va sо‘z tarkibining morfolik taxlilida qiyinchiliklar kuzatiladi va aynan shu xol nuqsonning о‘ziga xosligin kasb etadi.

V.K. Orfinskaya (1963), N.I. Jankin (1912) nutqni idrok etish saqlangan xolda, uni tushunishning buzilishi, -semantik alaliyani ajratib kо‘rsatadi.

A.R. Luriya nutq tovushlarini eshitishdagi kamchiliklar va sо‘zlarni notо‘g‘ri eshitish xolatlarini, shuningdek murakkab nutqiy strukturalarni tushunishning buzilishini chegaralaydi. Bunday xollarda eshituv reaksiyalarining о‘ziga xosligi shundaki, bola tovushni eshitsa xam uni farqlamaydi, unda sо‘zlarning predmetli nisbati shakllanmaydi. Bola sо‘z va kо‘rsatmalar ma’nosini tushunmaydi. Sо‘zning tovush va mazmun birligi yо‘qligi bilan bog‘liq fonematik idrok buzilishi kuzatiladi. Nutqning mazmun tomonini tushunmaslik aniqlanadi.

S.S. Mnuxin bolalardagi sensor-afatik (afazik) kamchiliklarning turli kо‘rinishlarini nomlaydi: sensor afaziya (alaliya va afaziyani chegaralamay), akustik agnoziya (jaranglanishni manbadan uzilishi, jaranglash manbasini tanimaslik), akustik kо‘rsatma va akustik agnoziya buzilishining uyg‘unlashuvi. Buzilish xarakteriga bog‘liq bо‘lmagan bunday xollarda u yoki bu darajada tushunishning buzilishi kuzatiladi.

V.K. Orfinskaya sensor buzilishlarning turli variantlarini ajratadi. Kо‘pincha aloxida tovushlar yoki tovushlar qatorining differensatsiyasi buzilishi, tovushlar va ular birikmalarining ma’lum darajadagi differensatsiya imkoniyatida, sо‘zda tovushlar ketma-ketligini idrok qilishning buzilishi uchrashini ta’kidlaydi.

Bola tomonidan eshitiluvchi sо‘z nutqiy ta’sirlovchilar sifatida nutq-eshituv va nutq-kinestetik analizatorlarda biron-bir birinchi signal tizimining ta’sirlovchisi bilan sistemali mos tushadi, u xolda keyingilari ular bilan tutashib shartli reflektor aloqalarini xosil qiladi. Birinchi signal tizimi ta’sirlovchilar nutqiy belgilar axamiyatiga ega bо‘ladi, ular bilan almashtiriladi. Bu N.I. Krasnogorskiy ishlarida kо‘rsatib о‘tilgan. Tadqiqotchilarning kuzatishicha, normal rivojlanuvchi bolada mazmun aloqasi 3-5 marotaba duch kelishdan sо‘ng о‘rnatiladi. Sensor kamchilikka ega bolalarda bu aloqa juda sekinlik bilan о‘rnatiladi: ma’noli shartli reflektor reaksiyasi о‘rtacha 20-25 tо‘qnashuvdan sо‘ng paydo bо‘ladi.

Sensor alaliyali bolalarda, tushunishning yо‘qligida shaxsiy nutqxamqо‘pol buziladi yoki og‘ir bо‘ladi. Og‘ir xollarda nutqsiz tushunmaydigan bolalarda xarakatli notinchliklar, xulqning yaqqol ifodalangan qiyinchiliklari kuzatiladi: bola о‘ynaydi, baqiradi, sakraydi, taqillatadi, faoliyatda tartibsiz. Biroq goxida bunday bolalar muloyim, uyatchan, qaysidir darajada о‘z kamchiligini anglovchi bо‘lib qoladilar.

Sensor alaliyali bolalarda nutqni tushunmaslik natijasida о‘z nutqlarida xamqо‘pol buzilishlar kuzatiladi.

Bolalar muloqot jarayonida mimika, imo-ishoralardan foydalaniladilar. Tinchlik bolalarni tinchlantiradi, baland ovozlar, baqiriqlar bolalarni asabiylashtiradi. Bolalarga qaratilgan sо‘zlarni ma’nolarini tushunmasalarda, oxangning о‘zgarishini farqlaydilar.

О‘yinni modulyatsiyalashgan chug‘urlash bilan olib boradilar. Chug‘urlash asta-sekin faol lug‘atga о‘sib boradi, biroq sо‘zlar tovush va struktura munosabatlarida buzib talaffuz qilinadi, sо‘z ma’nosini tushunish qiyinlashadi.

Asta-sekin bola atrofidagi tovushlarni tinglashga ayrimlarini fikrlashga, ularni atrofdagi xayotning ma’no xodisalariga ajratishga о‘rganib boradi.

Sensor kamchilikka ega bolada nutqiy muxitga reaksiya sifatida vaziyat bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan, uning nutqiy faolligi xaqida guvoxlik beruvchi uzuq-yuluq sо‘zlar, xissiy xitoblar paydo bо‘ladi. Sо‘ng rivojlanish jarayonida asta-sekin vaziyatli, birmuncha turg‘un tushunchalar, aloxida sо‘zlarni qо‘llash va oddiy sо‘z birikmalarini qо‘llash paydo bо‘ladi. Faol lug‘atidagi sо‘zlar passiv lug‘atiga nisbatan kо‘proq.

Sо‘zning tovush va bо‘g‘in strukturasining buzilishida kо‘p sonli izlanishlar kuzatiladi, bola о‘z nutqiga ishonch xosil qilmaydi, adekvat kinesteziyalarni izlaydi. Tovushlarni diffuz differensirlashmagan idrok qilish, differensirlanmagan takror gapirishga olib keladi. Bolada asta-sekin xatolarni anglash yuzaga keladi: “Yо‘q, men notо‘g‘ri gapirdim”.

Goxida bolaga ma’lum barcha sо‘zlarni bog‘liqsiz gapirish kuzatiladi-о‘ziga xos logorreya, eshitilgan yoki talaffuz qilingan sо‘z va sо‘z birikmalari perseveratsiyasi kuzatiladi; ayni vaqtda idrok qilingan yoki ilgari idrok qilingan sо‘zlar takrorlanadi-exolaliY. Bola ma’nosiga tushunmay sо‘z va sо‘z birikmalarini aks-sadodek takrorlaydi. Exolalik talaffuzlar ma’nosiz bо‘ladi va mustaxkamlanmaydi.

Sо‘zlarda, urg‘u berishda kо‘p xatolar, sо‘zlardan sirg‘anish, turli xil tovush almashtirishlar, sо‘z tuzilishini buzish kuzatiladi. Kо‘pxollarda buzilish va almashtirishlar mustaxkam xarakterga ega emas, xar bir yangi gapda bola yangi buzilish variantiga yо‘l qо‘yadi. Sо‘z ekvivalentlari (tovush komplekslari) xar doim xam predmetlar bilan mos tushmaydi. Ekspressiv nutqdagi buzilishlar о‘z nutqi va atrofdagilar nutqini idrok qilishning yetishmasligi bilan shartlanadi.

О‘z nutqiga ega sensor alaliyali bolalar oson, bir tekis, zо‘riqmay gapiradilar, fikrni aniq ifodalash uchun sо‘z tanlashda, gap tuzishda о‘ylanib о‘tirmaydilar, yо‘l qо‘ygan xatolarini sezmaydilar. Nutqlari о‘zlari tomonidan nazorat qilinmaydi, gapirilayotgan gapning notо‘g‘riligi kuzatiladi, vaziyatga bog‘liq bо‘lmagan, ma’nosiz sо‘z va iboralar aytiladi. Nutqning fragmentarligi kuzatiladi, biroq bu bolaning motor qiyinchiliklari bilan bog‘liq emas, balki idrokning kichik xajmliligi bayon qilishning tо‘g‘ri variantlarini izlashdagi qiyinchiliklarga bog‘liq.

Bola xikoyasi mazmunan aniq emas va shakli bо‘yicha notо‘g‘ridir. Uning nima xaqida bunchalik kuyib, berilib gapirayotganini, kо‘pincha tushunish qiyin bо‘ladi. Gapirib berish taxminiyligi bilan xarakterlanadi, parafaziylar (almashtirish), eliziy (sо‘z qismlari, tovushlarni tushirib qoldirish), perseveratsiyalar, kontaminatsiyalar (bir sо‘zning qismi boshqa sо‘zning qismi bilan birikadi) mо‘lligi kuzatiladi.

Sensor alaliya bolalar nutqi yaxlit xolda о‘z nutqiga nisbatan nazorat yо‘q bо‘lganda va atrofdagilar nutqiga nisbatan diqqatning pasaygani manzarasida nutqiy faollikning ortishi bilan ta’riflanadi. Sensor alaliyada nutqning qо‘pol buzilishida bola о‘z nutqidan muomala vositasi sifatida foydalana olmaydi.

Sensor alaliyali bolalarda tushunish va о‘z nutqining buzilishi darajasiga bog‘liq bо‘lmagan shaxsiyat buzilishlari uchraydi: xulqning turli xildagi qiyinchiliklari, xissiy-irodaviy soxa xususiyatlari, aqliy rivojlanishning ikkilamchi pasayishi. Nutq boshqaruvi va bunday bola faoliyati va xulqini о‘z-о‘zidan boshqaruvchisi xisoblanmaydi.

Sо‘zning axamiyati, talaffuzning urg‘un emasligi shunga olib keladiki, bolalar sо‘z kо‘rsatmasi bо‘yicha ishonsiz xarakat qiladilar, bir-biriga qaraydilar, tushunmaganlarida yordam va tayanch qidiradilar.vazifalarni bajarishda va kundalik muloqotda bolalar leksik ma’noda mо‘ljal oladilar va grammatikani e’tiborga olmaydilar. Rolli о‘yinlarni tashkil qilishda ularning о‘yinlarni tashkil qilishda ularning imkoniyatlari chegaralangandir, kо‘pincha u differensirlashmagan tovushlar kompleksini bog‘liqsiz gapirish va notо‘g‘ri qо‘llaniluvchi sо‘z va sо‘z birikmalarini aloqasiz gapirib berish bilan birga kuzatiladi.

Bolalarga biron bir mavzu xikoya qilib berilganda yoki о‘qib berilganda uzoq vaqtgacha tinglay olmaydilar. Eshitganlarini mazmunini tushunmasliklari natijasida bolalar qiziqish yо‘qoladi va bayonni eshitmay qо‘yadilar. Yangi sо‘zlar bola tomonidan sekin о‘zlashtiriladi. Nutqga tanqidchan emas, xulqi tartibsiz, impulsiv xarakat qiladi.

Sensor alaliya sof xolda kam uchraydi. Amaliyotda kо‘proq ma’lum nutqiy nuqson tarkibida, ikkilamchi nuqson sensor-akustik nutq rivojlanmagan bolalar kuzatiladi. Masalan, dislaliya,rinolaliya va dizartriyada tovushlar talaffuzidagi buzilishlar birlamchi nuqson bо‘lib, birlamchi nuqson natijasida ekspressiv nutqda nutqni tushunish cheklanmaganligi, akustik diqqat, idrokning pasayganligi kuzatiladi.

Bu ish bilan bog‘liq: motor nutqiy differensatsiyalar kerakli darajada normal yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. I.P. Pavlov fikricha, bular ikkinchi signal tizimining (nutqning) bazal komponenti xisoblanadi, chunki ular barcha anglanmagan xarakatlarni anglanganlar xisobiga о‘tkazishni ta’minlaydi. Bu dinamik artikulyatsion stereotipni ishlanishiga, tо‘g‘ri nutq malakasini ishlanishiga olib keladi.

Sensor alaliyada nutq yetishmasligi ikkilamchi xarakterga ega tushunishning pasayishiga olib keladi va shuning uchun kо‘pxollarda alaliyaning sof shakli uchramaydi, balki aralash – motor alaliya sensor komponent bilan yoki sensomotor alaliya uchraydi. Tushunishning pasayishi turli nutqiy buzilishlar strukturasida ikkilamchi kо‘rinish bо‘lishi mumkin. Sensor alaliya va sensor afaziyada birlamchi sensor yetishmovchilik kuzatiladi, xususan nutq-xarakat va nutq-eshituv analizatorlari faoliyatini deyarli chegaralash mumkin emas, shuning uchun buzilishning sof shakllari о‘rniga kombinatsiyalashgan xolatlar uchraydi. Bola nutqiy va nutqiy bо‘lmagan faoliyati xolati ustidan sinchiklab о‘tkazilgan kuzatishlar va maxsus chuqurlashtirilgan tekshiruvlar nuqson tabiati va xarakterini aniqlashga, nuqson tuzilishida yetakchi kamchilikni aniqlashga (sensor yoki motor soxaning) va korreksion-tarbiyaviy ta’sirning tо‘g‘ri yо‘llarini belgilashga yordam beradi.


Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish