Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Suhbatga  asosiy  o‘rgatish  usuli  orqali  savollar  berish



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

3.  Suhbatga  asosiy  o‘rgatish  usuli  orqali  savollar  berish.  Bolalar  hayotda  ko‘rgan, 
ularga  tanish  bolgan  buyumlar,  narsa  va  hodisalarni  kuzatish  orqali  ularni  suhbatga  o‘rgatish. 
Bolalar  turli  mavzular  yuzasidan  o‘tkazgan  suhbatlarda    hosil  qilgan  tushunchalarini, 
ta’ssurotlarini  so‘z  vositasida  boshqalarga  bildiradilar.  «Mening  o‘yinchog’im»  «Avtobusda 
sayr», «Bizning hovli» «O‘rtog‘imizga ko‘maklashyapmiz», «Koptokni qutqaryapmiz», «Chana 
uchyapmiz»,  «Bozorda»,  «Akamning  kabutarlari»,  «Mehmonda»,  «Yozda»,  «Uy  hayvonlari»,  
«Mushuk bolalari bilan»,  «Quyonlar», «Mening onam shifokor», «Mening dadam quruvchi»  va 
boshqa  mavzulardagi  suhbatlar  jumlasiga  kiradi.  Ushbu    mavzular  bo‘yicha  o‘tkazilgan 
suhbatlarda  bolalar  yangi  so‘zlarni  bilib  olishadi.    Suhbatlar  natijasida  bolalar  nimalarni 
o‘zlashtirishlari  lozimligini,  qaysi  yangi  so‘zlarni  esda  saqlashlarini  va  uning  mazmunini 
tushunib  olishlarini,  bolalar  diqqatini  nimalarga  qaratishni  va  ular  yuzasidan  beriladigan 
savollarni  tarbiyachi  o‘ziga  belgilab  qo‘yishi  lozim.  Savollar  qisqa  va  aniq  bo‘lishi,  bolalar 
tajribasiga  asoslanishi,  ularga  fikr  yuritishni,  boshlang‘ich  —  oddiy  xulosalar  chiqara  olishni 
o‘rgatishi  kerak.  Shuningdek,  tarbiyachi  mavzular    bo‘yicha  mashg‘ulotni  qanday  boshlash  va 
yakunlashni o‘ylab qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, 
tez aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak bo‘ladi. 
Mashg’ulotni  boshlashdan  oldin  bolalarni  jonlantirish,  suhbat  mazmunini  yaxshilab 
tushunib  olishlari  uchun  qisqagina  kirish  suhbati  o‘tkazish  mumkin,  Masalan:  «Mushuk  o‘z 
bolalari bilan” nomli suhbatni boshlashdan avval  tarbiyachi bolalarga: Kimning uyida mushugi 
bor? Nima uchun mushuk saqlaysiz? Uni nimalar bilan boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi 
savollar beradi. So‘ngra bolalarga: «Men sizlarga mushuk va uning bolalari tasvirlangan suratni 
olib  keldim,–  deb  suratni  ularga  ko‘rinarli  joyga  ilib  qo‘yadi  va  bolalar  uni  yaxshilab  ko‘rib 
olishlari  uchun  1-2  daqiqa  vaqt  beradi.  Suratni  yaxshilab  ko‘rib  olishgach,  tarbiyachi  unda 
tasvirlanganlar  bo‘yicha  savollar  bera  boshlaydi.  Savollar  bolalarning  yosh  va  shaxsiy 
xususiyatlarini,  dastur  maqsadini  hisobga  olgan  holda  beriladi.  Chunonchi,  agar  birinchi  va 
ikkinchi  kichik  guruhlarda  ushbu  surat  bo‘yicha  mashg‘ulot  o‘tkazilsa,  undan  maqsad: 
bolalarning  mushuk  va  uning  bolalari  haqidagi  tasavvurlarini  aniqlash,  tashqi  ko‘rinishi, 
harakati, ovqatni qanday yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘lsa, tarbiyachi 
bolalarga  suratni  ko‘rsatib  shunday  savollar  beradi:  Suratda  nima  tasvirlangan?  Ona  mushuk 
nima  qilyapti?  Ona  mushuk  yonida  kim  yotibdi?  Mushuk  qanday  miyovlaydi?  Ikkinchi  kichik 
guruh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu savollarni ham berish mumkin: 
Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida nimalari 


bor,  tumshugida-chi?  Kulrang  mushukcha  nima  qilyapti?  U  nimadan  sut  ichyapti?  U  sutni 
qanday  ichyapti?  Ip  kalavasi  bilan  o‘ynayotgan  mushuk  bolasini  ko‘rsatib:  Bu  mushukcha 
qanday  rangda?  U  panjalari  bilan  nima  o‘ynayapti?  Ip  kalavalari  qanday  rangda?  Katta  va 
maktabga tayyorlov guruhida bcriladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ko‘rib 
chiqish  vaqtida  bolalar  diqqati  ayrim  detallarga  yo‘naltiriladi:  Ona  mushuk  nimaning  ustida 
yotibdi?  Uning  yonida  uxlab  yotgan  mushukchaning  panjalarida  ninasi  ko‘rinib  turibdi?  Polda 
sochilib  yotgan  ip  kalavalari  qayerda  edi?  Nima  uchun  ip  kalavalari  polda  sochilib  yotibdi? 
Savatni kim ag’darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat 
yuzasidan  tarbiyachining  o‘zi  gapirib  beradi:  «Mana  bu  ona  mushuk  –  Mosh.  Uning 
mushukchalari  bor.  U  gilamcha  ustida    yotib,  bolalariga  qarayapti.  Kulrang  mushukchalar 
tarelkadagi  sutni  tili  bilan  chapillatib  ichyapti,  targ‘il  rangdagi  mushukcha  yesa  sakrab,  savat 
ichidagi ip kalavalarini ahtarib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va 
targ‘il  mushukcha  ko‘k  rangdagi  ip  kalavasini  chuvalashtirib  o‘ynay  boshladi.  Oq-qora  rangli 
mushukcha esa ona mushukning  yonida uxlab  yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti 
va  «xur-xur»  qilib  xurillayapti».  Ushbu  mashg‘ulot  jarayonida  yangi  so‘zlar  izohlab  beriladi, 
qiyin  so‘zlar  jo‘r  bo‘lib  takrorlanadi.  Mashg‘ulot  topishmoq  aytish  va  uning  javobini  topish 
(Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning «Mushuk « she’rini): 
Mushugim deydi: miyov, 
Sichqon doim menga yov! 
Shuning uchun qo‘ymayman, 
Qancha yemay to‘ymayman. 
yoki  qisqa  hikoya  o‘qib  berish  bilan  (Habib  Po‘latovning  «Mosh  hikoyasi»)  davom  ettirilishi 
mumkin.  Tarbiyachi  ushbu  mashg‘ulotda  bolalar  lug‘atiga  mushukchalar,  ip  kalavasi,  panja, 
mo‘ylov,  ichyapti,  chapillatib,  chuvalashib,  kulrang,  sochib  yuborilgan,  miyovlaydi,  xurillaydi 
va boshqa so‘zlarni kiritadi.
 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish