Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Tarbiyachining  suhbatga  tayyorlanishi  va  uni  o‘tkazishi



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

2.  Tarbiyachining  suhbatga  tayyorlanishi  va  uni  o‘tkazishi.  Yetti  yoshli  bolalar 
nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. 
Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-
besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli 
bolalar ushbu old ko‘makchini ob’ektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning 
sovg’asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini 
ifodalash  uchun  «dan»  old  ko‘makchisidan  foydalanishi  mumkin  (qo‘rqqanidan  qichqirib 
yubordi,  og’riqning  zo‘ridan  yig’lab  yubordi).  Yetti  yoshga  kelib,  odatda,  nutqning  sintaktik 
qatori  shakllanadi:  bola  oddiy  gaplarni,  bir  xil  a’zoli  gaplarni  to‘g’ri  tuzadi,  bunda  u 
biriktiruvchi,  zidlovchi, ajratuvchi  bog’lovchilarni  qo‘llaydi;  u  o‘z  nutqida  qo‘shma  gaplardan, 
ko‘pincha  esa  turli  xil  sintaktik  munosabatlarni  ifodalovchi  ergashgan  qo‘shma  gaplardan 
foydalanadi:  qo‘shimcha  gaplar  –  «Kamol  nima  ko‘rganligimizni  so‘radi»;  maqsadli  gaplar  – 
«Biz  oziq-ovqat  xarid  qilish  uchun  do‘konga  ketayapmiz»;  shartli  gaplar  –  «Agar  yomg’ir 
yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. 
O‘z  taassurotlari  haqida  hikoya  qilar  ekan,  olti  yoshli  bola  ravon  monologik  nutq 
shaklidan  foydalanishi  lozim.  Bolalar  bog’chasining  tayyorlov  guruhida  grammatik 
rasmiylashtirilgan  nutqni  rivojlantirish  borasidagi  ishlar  asosiy  o‘rinni  egallashi  lozim.  Xuddi 
oldingi  yillardagi  kabi,  u  maxsus  mashg’ulotlarda  va  boshqa  faoliyat  turlari  bilan  bog’liqlikda 
amalga oshiriladi. 
Aynan  bir  fikrni  turli  vositalar  yordamida  rasmiylashtirish  maktabga  tayyorlash 
guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi 
bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  bolalar  o‘yin-kulgi  qilayotgan  syujetli  suratni  tahlil  qilishda  qator 


gaplarni  tuzish  mumkin:  «Bolalar  quvonchdan  sakrab  yuborishdi»,  «Bolalar  xursand  bo‘lib, 
osmonga  sakradilar»;  «Bolalar  sakrab  yuborishdi,  chunki  ular  xursand  edilar».  Aynan  bir 
mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni 
turlicha  ifodalash  imkonini  beradi.  Mashg’ulotlarda  tarbiyachi  ataylab  bolalarga  bir-birining 
o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi. 
Aynan  bir  mavzuga  oid  gaplar  variantlarini  yaratish  uchun  didaktik  o‘yinlar,  syujetli 
rasmlar,  badiiy  matnlardan  foydalanish  mumkin.  Aynan  bitta  fikrni  ifodalash  uchun  turlicha 
gaplar  tuzishga  oid  ishlar  yetti  yoshli  bolalarda  grammatik  to‘g’ri  nutq  ko‘nikmalarini 
shakllantirishda  asosiy  o‘rinni  egallashi  lozim.  Bu  yoshdagi  bolalarga  nutqda  sifatdoshlarni 
qo‘llashni  o‘rgatish  ular  nutqini  rivojlantirishga  doir  ishlarning  ikkinchi  yo‘nalishi  bo‘lishi 
mumkin. 
Bolalar  nutqiga  sifatdosh  shakllarni  kiritish  uchun  bolalar,  kattalar,  hayvonlar, 
qushlarning  turli  harakatlarini  tasvirlovchi  suratlardan  foydalanish  mumkin  (o‘qiyotgan  bola, 
raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va h.k.). 
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birikmasini tuzishga yordam 
beradi.  «Bola  o‘qiyapti».    Tarbiyachi  so‘z  birikmasidagi  sifatdoshni  aytadi,  so‘ngra  bolalardan 
so‘raydi:  «qaysi  bola?»  –  «o‘qiyotgan  bola».  Mashg’ulot  uchun  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan 
fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bolalarga 
hech  qanday  atamalar  ma’lum  qilinmasligi  kerak,  bunda  ularning  ayrim  sifatdoshlarni  esda 
saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ularni o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish