Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

(dialogik)  o‘rgatish.  Suratni  ko‘rish  va  u  haqda  suhbat  mashg’ulotining  uslubiyoti  xuddi 
kuzatish  mashg’ulotining  uslubiyotiga  o‘xshashdir.  Tarbiyachi  mashg’ulotdan  oldin  suratni 
bolalarga  ko‘rsatmasdan,  guruh  xonasiga  olib  kiradi  va  uni  doskaga  teskari  tomoni  bilan  osib 
qo‘yadi.  Bunday  qilishdan  maqsad  bolalardagi  ixtiyorsiz  diqqatdan  mashg’ulotning 
boshlanishida foydalanishdir. 
Mashgulotni  boshlashdan  oldin  bolalarni  jonlantirish,  yangi  surat  mazmunini  yaxshilab 
tushunib  olishlari  uchun  qisqagina  kirish  suhbati  o‘tkazish  mumkin,  Masalan:  «Mushuk  o‘z 
bolalari  bilan”  nomli  suratni  bolalarga  ko‘rsatishdan  avval  tarbiyachi  ularga:  Kimning  uyida 
mushugi  bor?  Nima  uchun  mushuk  saqlaysiz?  Uni  nimalar  bilan  boqasiz?  U  qanday  ovoz 
chiqaradi?  kabi  savollar  beradi.  So‘ngra  bolalarga:  «Men  sizlarga  mushuk  va  uning  bolalari 
tasvirlangan  suratni  olib  keldim,  hozir  sizlarga  ko‘rsataman,  –  deb  suratning  old  tomonini  ilib 
qo‘yadi  va  bolalarning  uni  yaxshilab  ko‘rib  olishlari  uchun  1–  2  daqiqa  vaqt  beradi.  Suratni 
yaxshilab  ko‘rib  olishgach,  tarbiyachi  unda  tasvirlanganlar  bo‘yicha  savollar  bera  boshlaydi. 
Savollar  bolalarning  yosh  va  shaxsiy  xususiyatlarini,  dastur  maqsadini  hisobga  olgan  holda 
beriladi. Chunonchi, agar birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg’ulot 
o‘tkazilsa, undan maqsad: bolalarning mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, 
tashqi  ko‘rinishi,  harakati,  ovqatni  qanday  yeyishini  bilish  va  lug’atini  faollashtirish  bo‘lsa, 
tarbiyachi  bolalarga  suratni  ko‘rsatib  shunday  savollar  beradi:  Suratda  nima  tasvirlangan?  Ona 
mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi 
kichik  guruh  bolalariga  esa  yuqoridagi  savollardan  tashqari,  yana  ushbu  savollarni  ham  berish 
mumkin: Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda? Mushukning boshida 
nimalari  bor,  tumshug’ida-chi?  Kulrang  mushukcha  nima  qilyapti?  U  nimadan  sut  ichyapti?  U 
sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha 
qanday  rangda?  U  panjalari  bilan  nima  o‘ynayapti?  ip  kalavalari  qanday  rangda?  Katta  va 
maktabga tayyoriov guruhida beriladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ko‘rib 
chiqish  vaqtida  bolalar  diqqati  ayrim  detallarga  yo‘naltiriladi:  Ona  mushuk  nimaning  ustida 
yotibdi?  Uning  yonida  uxlab  yotgan  mushukchaning  panjalarida  ninasi  ko‘rinib  turibdi?  Polda 
sochilib  yotgan  ip  kalavalari  qayerda  edi?  Nima  uchun  ip  kalavalari  polda  sochilib  yotibdi? 
Savatni kim ag’darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob berib bo‘lishgach, surat 
yuzasidan  tarbiyachining  o‘zi  gapirib  beradi:  «Mana  bu  ona  mushuk  –  Mosh.  Uning 
mushukchalari  bor.  U  gilamcha  ustida  yotib,  bolalariga  qarayapti.  Kulrang  mushukchalar 
tarelkadagi  sutni  tili  bilan  chapillatib  ichyapti,  targ’il  rangdagi  mushukcha  yesa  sakrab,  savat 
ichidagi ip kalavalarini ahtarib yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va 
targ’il  mushukcha  ko‘k  rangdagi  ip  kalavasini  chuvalashtirib  o‘ynay  boshladi.  Oq-qora  rangli 
mushukcha esa ona mushukning  yonida uxlab  yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti 
va «xir-xir» qilib xirillayapti». Ushbu mashg’ulot jarayonida yangi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin 
so‘zlar jo‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg’ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina 
qumg’on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (SH. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini): 
Mushugim deydi: miyov, 
Sichqon doim menga yov! 
Shuning uchun qo‘ymayman, 
Qancha yemay to‘ymayman. 
yoki  qisqa  hikoya  o‘qib  berish  bilan  (Habib  Po‘latovning  «Mosh  hikoyasi»  davom  ettirilishi 
mumkin.  Tarbiyachi  ushbu  mashg’ulotda  bolalar  lug’atiga  mushukchalar,  ip  kalavasi,  panja, 



Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish