Nizomiy nomidagi toshkent davlat


mo‘ylov, ichyapti, chapillcitib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyoviaydi, xurillaydi



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

mo‘ylov, ichyapti, chapillcitib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyoviaydi, xurillaydi 
va  xokazolarni  kiritadi.  Suratlarni  ko‘zdan  kechirish  va  u  haqda  suhbat  mashg’ulotining  o‘ziga 
xos  xususiyati  shundaki,  mashg’ulotda  ko‘p  o‘rinni  hikoya,  yangi  ma’lumotlar  va  so‘zlarni 
ma’lum qilish, ularni bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar bilan taqqoslash egallaydi. 
Bunday  mashgulotlarda  bolalarga  m’lum  bo‘lgan  so‘zlarni  faollashtirish,  yangi  so‘zlarni 
mustaxkamlash  elementlari  mavjud.  Ba’zan  katta  va  maktabga  tayyorlov  guruhlari  bolalariga 
mashg’ulotda  rassomlarning  reproduksiya  suratlarini  ko‘rsatishdan  ham  foydalaniladi;  bunday 
mashg’ulotlar  bolalarga  estetik  va  axloqiy  tarbiya  berishda  muhim  vosita  bo‘lib  hisoblanadi. 
Undan  to‘g’ri  foydalanish  natijasida  tarbiyachi  bolalar  lug’atini  sezilarli  darajada  boyitishi 
mumkin.  Maktabgacha  tarbiya  pcdagogikasida  va  tasviriy  faoliyat  uslubiyotida  maktabgacha 
ta’lim  yoshidagi  bolalar  yoshiga  mos  bo‘lgan  suratlar  reproduksiyasining  ro‘yxatlari  ishlab 
chiqilgan.  
Mashg’ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida qoldiriladi va bolalar uni yana 
bir  bor  diqqat  bilan  ko‘rib  chiqadilar.  Bolalar  lug’atini  faollashtirish,  aniqlash  va 
mustahkamlashda  suratlardan  keng  foydalaniladi.  Suratlarning  turlari  juda  xilma-xil. 
Masalan, predmetli suratlar, voqeaviy suratlar va hokazo. Suratlarni ko‘zdan kechirishdagi lug’at 
ishi  bevosita  kuzatishdagi  lug’at  ishidan  ancha  farq  qiladi.  Bolalar  suratda  buyumlarning 
tasvirini  ko‘radilar  va  biz  bolalarga  shu  tasvirdagi  buyumlarni  bilishga,  ya’ni  ularga  ma’lum 
bo‘lganlari  bilan  taqqoslashga  o‘rgatamiz.  Suratdagi  tasvirni  ko‘rib  chiqish  va  unda  nimalar 
tasvirlanganligini  aytish  uchun bola ilgari ko‘rgan, idrok qilgan so‘zni,  buyumni esga keltirishi 
kerak.  Suratda  tipik  obraz  berilib,  aniq  narsalar  tasvirlanadi,  shuning  uchun  bola  suratdagi 
tasvirni  osonlikcha  bilib  oladi.  Chiroyli  surat  bolalar  diqqatini  o‘ziga  jalb  qiladi  va  u  suratni 
diqqat  bilan  ko‘rib  chiqish  bilan  birga,  ovoz  chiqarib,  tasvirdagi  buyum,  hodisa  nomini  aytadi, 
unga  o‘z  munosabatini  bildiradi.  Dastlab  kichkintoy  suratdagi  tasvirlarning  nomlarini  diqqatini 
o‘ziga  tortuvchi,  o‘ziga  yaxshi  tanish  yoki  qiziqarli  bo‘lgan  narsalarni  tartibsiz  sanab  o‘tadi. 
Tarbiyachining  vazifasi  bolalarni  surat  mazmunini  idrok  qilishga,  izchillik  bilan  ko‘rib 
chiqishga,  asosiy  belgilarini  ajratib  ko‘rsata  olishga  o‘rgatishdan  iboratdir.  Suratlarni  to‘g’ri 
ko‘rib chiqish malakalari ta’lim jarayonida, tarbiyachi rahbarligida shakllanib boradi. U buyum 
va  hodisalarni  suratdan  darrov  tanib  olishga,  hayotda  ko‘rganlari  bilan  taqqoslashga, 
tasvirlanganlarni  to‘g’ri  asoslashga  o‘rgatadi  va  bolalarning  his  -  tuyg’ularini  tarbiyalaydi. 
Suratdagi  tasvirlar  yuzasidan  beriladigan  umumiy  savollar:  Nima  tasvirlangan?  Yana  nima 
deyish  mumkin?  bolalarni  idrok  qilishga  o‘rrgatmaydi.  Suratdagi  mazmunni  aniq  yoritishga 
yordam  beruvchi  ancha  to‘g’ri  savol  bu  –  Surat  nima  haqida?  degan  savoldir.  Tarbiyachi 
bolalarni sekin-astalik bilan bu savolga javob berishga o‘rgatib boradi. Bunda ushbu usullardan 
foydalaniladi:  
1) o‘zi surat mazmunini qisqacha yoritib beradi;  
2)  markazdagi  buyumni  ko‘rsatkich  tayoqcha  bilan  ko‘rsatadi  va  shu  vaqtning  o‘zida: 
«Bu nima, bu kim? deb so‘raydi,  ya’ni birinchi savol aniq jaranglaydi; 3) surat  kompozitsiyasi 
haqida  beriladigan  savol  tuzilishiga  diqqatini  yo‘naltiradi:  «Ona  mushuk  qayerda  yotibdi  va  u 
kimlarga  qarayapti?».  Katta  guruh  bolalariga  suratga  nom  o‘ylab  topishni  faqat  mashg’ulot 
oxirida emas, balki mashg’ulotning boshida ham taklif etadi. Suratlarni ko‘rib chiqish va u haqda 
suhbat  mashg’uloti  umumiy  faol  didaktik  prinsiplarga  bo‘ysunadi,  bu  haqda  bevosita  kuzatish 
mashg’ulotlari  haqida  fikr  yuritilganda  yoritib  o‘tilgan  suratni  bolalarga  ko‘rsatishdan  avval 
diqqatlari  to‘planadi,  tasvirni  ko‘rib  chiqishlari  uchun  vaqt  beriladi,  so‘ngra  tarbiyachi 
rahbarligida suratdagi tasvirlardan biri ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda ular o‘rtasidagi mazmunli 
bog’liqlik  aniqlanadi.  Bu  mashg’ulotda  lug’at  ishining  asosiy  usuli  savoldir.  Bunda  turli 
shakldagi savollardan foydalaniladi:  
1.  Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun  – Surat nima haqida? Uni biz qanday 
ataymiz? 
2.  Buyumlarni tasvirlash uchun – Nima?, Qanday?, Qayerda?, Nima qilyapti?, Nimaga 
o‘xshaydi?  


3.  Suratning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog’liqliklarni aniqlash uchun – Nega?, 
Nima uchun?, Nimaga?, Kimniki?, Nimasi bilan o‘xshash?  
4.  Suratda  tasvirlanganlardan  chetga  chiqish  uchun  –  Keyin  nima  bo‘ladi?  Bungacha 
nima bo‘lgan edi? Buni sen qanday topding?  
5.  Surat  mazmuniga  yaqin  bo‘lgan,  bolalar  shaxsiy  tajribasiga  oid  savollar  –  Senda 
shunday  o‘yinchoq  bormi,  yaqinda  bizning  guruhimizga  kim  keldi?  Biz  yangi 
bolani qanday kutib oldik?  
6.  Katta  guruh  bolalarining  lug’atlarini  faollashtirish  maqsadida  sinonimlarni  tanlash 
uchun  savollar  -  buni  yana  qaysi  so‘zlar  bilan  aytish  mumkin:  kun-oftob-quyosh, 
yordamlashyapti-ko‘maklashyapti-qarashyapti, tiniq–beg’ubor, iliq – issiq, go‘zal – 
ko‘rkam va boshqalar. 
Beriladigan savollar har doim ham javob berishni talab etuvchi bo‘lmasdan, balki yordam 
beruvchi  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  savollardan  ko‘proq  kichik  guruhlarda  foydalaniladi  – 
Bu  mushukchami?  Bu  koptokmi?  Katta  guruhlarda  Y.I.Tixeyeva  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
usullardan  foydalanish  mumkin.  Bu  usul  «Kim  ko‘proq  ko‘radi»  nomli  o‘yin  shaklidagi 
mashqdir.  Bolalar  bu  o‘yin  mashqida  suratda  tasvirlangan  buyumning  belgilarini  bir-birlarini 
takrorlamagan  holda  aytadilar.  Bunday  usul  bolalarda  kuzatuvchanlikni,  diqqatni  rivojlantirish 
va ularning lug’atini boyitish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, suratlarni taqqoslash ham 
nimasi  bilan  o‘xshaydi,  nimasi  bilan  o‘xshamaydi,  juda  yaxshi  usul  hisoblanadi.  Suratlarni 
ko‘zdan kechirish va beriladigan savollarning maqsadi rasmning asosiy mazmunini aniqlashdan, 
ma’lum bir guruh so‘zlarni faollashtirishdan iboratdir. Suratni ko‘zdan kechirish mashg’ulotida 
bolaning  samimiy  muomala  meyori,  hatto  muomalada  ko‘z  qarashlari,  boshqalar  oldida  o‘zini 
tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablari ham ahamiyatlidir.  

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish