4.7.2. OLD BO'LAK CHIZMASI (33-RASM, B)
12. Asosiy chizmaning old bo'lagini qog’ozga tushirib olinadi.
13. Ko'krak chizig’i old kengligi chizig’i, bel, yon chiziqlar tushirilib, Bn6, Bn7, E2, K3, L1, K4, K51, Bn8 nuqtalar belgilab chiqiladi.
14. K3K31 =K4K41 =1-3 sm (yeng o'mizining tushishi).
15. Bn6Bn61 = Bn6Bn7:3 (Reglan yeng o'mizi chizig’ining boshlanish nuqtasi).
16. Bn61 nuqtani K41 nuqta bilan chizhichda tutashtiriladi.
17. O'ng tomon vitochka chizig’i bilan Bn6Bn61 chizig’ining kesishgan nuqtasi v bilan belgilanadi.
18. K51v q K51v1 (vitochka tomonlari tenglashtiriladi).
19. v1 nuqta L1 nuqta bilan, L1 ni K41 nuqta bilan chizhich yordamida tutashtiriladi.
20. v1 L1 chiziq ikkiga bo'linadi va yuhoriga perpendikulyarda 0,5 sm qo’yiladi.
21. L1K41 chiziq ikkiga bo'linadi va pastga perpendikulyarda 2-2,5 sm qo’yiladi.
22. Yeng o'mizini ravon egri chiziq bilan v1, 0,5 sm, L1, 2-2,5 sm, K41 nuqtalardan o'tib birlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |