Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikauniversiteti qo’lyozma huquqida udk


-jadval. Web-muharrirlar ro’yxati



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana17.07.2022
Hajmi2,58 Mb.
#814637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida web-dizayn asoslari bolimini oqitish metodikasi

2.3-jadval. Web-muharrirlar ro’yxati 
 
2.3-ilova
Web-texnologiyani 
(Internet-texnologiya) 
o’rganishni Web-dizaynning 
quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va 
Web-server. 
Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi 
yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki 
animasiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga 
gipermurojaatlar kirishi mumkin. 
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, 
umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini 
bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir 
biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. 
Biz Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World 
Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz. 
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgemchak to’ri) – bu klient-server 
texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. 
2.4-ilova 
Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML. 
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni 
razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. 
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-
sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko’rish 
imkoniyati mavjeddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning 
asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi 
aloqani (giperssilokalar) ta’minlashdan iborat. 
HTML
(HyperText Markup Language). Dastlab World Wide Web tizimi 
matnli ma’lumotlarni va HTML xujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni 
taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng 
ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga 
matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalvrni oladi. 
Xujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari 
teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. 
Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-xujjat deb ataluvchi 
faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab braueer 
oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML xujjatga ma’lumotlarni 
joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan,
va
teglari abzasni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) 
holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli ssilkalar teglari 
ham mavjud. Ushbu elementlar foydalanuvchiga gipermatn ustiga sichqoncha 
kursori bosilganda boshqa xujjatga bog’lanish imkonini beradi. 


32 
XML
(eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga o’xshash 
til xisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining 
shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XML-teglar 
harflar katta kichikligini farqlaydi. 
XHTML
. XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. 
XHTML tilida yozilgan xujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq 
(Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML 
tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. 
Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til 
ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF 
(Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal 
hosil qilishda qo’llaniladi; 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish