VAZIYAT ELEMENTLARI
Ongning paydo bo'lishi nutqning vujudga kelishi bilan bevosita
bog'liqdir. Nutq faoliyat bo'lib, u til yordami bilan, aloqa vositalarining
muayyan sistemasi bilan ro'yobga chiqadi. Ong bilan nutq o'zaro
chambarchas bog'langan. Ong voqelikni aks ettiradi, nutq esa ana shu
ongda aks etgan voqelikni bildiradi.
Tilning asosiy birligi-so'zning ma'nosi
predmet, harakat-hodisalarni aks ettiradi hamda hissiy va aqliy obrazdan iborat
bo'ladi. Til yordamida jonli mushohadadan, hissiy bilishdan umumlashgan, mavhum
tafakkurga o'tiladi.
O'zaro munosabatda bo'lgan predmet, hodisa, xususiyat, harakat va hokazo
birligidan tashkil topgap ob'ektiv borliqning alohida elementlari tilning asosiy
birliklari - so'zning, alohida elementlar ansambli esa gapning denotati hisoblanadi.
Gap denotati bo'lgan alohida elementlar ansambli ko'pchilik adabiyotlarda vaziyat
(situatsiya) termini bilan nomlanadi. Har qanday vaziyat turli elementlarning o'zaro
munosabatidan tashkil topgan bir butunlik - sistemadir. Vaziyat elementlari
predmetlar va belgilardan iborat . Predmetlar ob'ektiv olamdagi ma'lum belgi
xususiyatga ega bo'lgan mustaqil mohiyat - kishilik, o'simliklar, hayvonot olami,
tabiat olami va h. ga mansub elementlar sanalsa, belgilar mustaqil mohiyat qatoriga
kirmaydigan, uning xususiyati, holati, harakati, munosabatlarini bildiruvchi
elementlar hisoblanadi.
13
I.P.Susov tiilarning mantiq nazariyasiga amal qilgan holda predmetlarni nol'
tipidagi elementlar, belgilarni esa nol' bo'lmagan (birinchi, ikkinchi va h.) tipdagi
elementlarga kiritadi. Elementlarning birinchi tipiga predmet belgilari, ikkinchi tipiga
predmet belgilarining belgilari, uchinchi tipiga esa predmet belgini belgisining belgisi
oid bo'ladi.
Anglashiladiki, har bir vaziyat elementlar darajalanishidan tashkil topgan.
I.P.Susov vaziyatni bazis va bazis bo'lmagan vaziyatlarga ajratadi. Bazis
vaziyat bir, ikki yoki uchta nol' tipidagi elementlardan tashkil topsa, bazis bo'lmagan
vaziyat o'z sostavida nol' tipidagi elementga ega bo'lmaydi.
Bazis vaziyat, o'z navbatida, immanent va nisbny vaziyatlarga bo'linadi.
Immanent vaziyat faqat bir predmetdan iborat bo'ladi va o'ziga xos yoki jamlangan
predmetlarni aks ettiradi. Nisbiy vaziyat esa o'zaro belgi-munosabat bilan boglangan
ikki yoki uch predmetdan iborat bo'ladi. Har qanday munosabat yo'nalish
xususiyatiga ega: bir predmetdan (boshlangan predmet) ikkinchi predmetga
(yakunlovchi predmetga) qaratiladi. Vaziyat agar uch predmetli bo'lsa, u vaqtda
munosabatga bilvosita ishtirok etadigan qo'shimcha predmet ham ajratiladi. Vaziyat
predmetlari turlicha vazifada kelishlari mumkin:, agens, G1atsiyens (boshlang'ich
predmetlar); o'rin, qurol-vosita va boshq.
Yuqoridagi yakka vaziyat elementlari ma'lum mavhum vaziyat prizmasi orqali
tilda o'z muqobillariga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |