Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Universteti
“Odam va chorva mollarida parazitlik qiluvchi so‘rg‘ichililarning tuzilishi, biologik xususiyatlari hamda ularni oldini olish choralari”
Mavzusi bo’yicha
KURS ISHI
Bajardi:Nu’monova Kamola
Qabul qildi:Kalandar Saparov
Toshkent 2022
Mundarija.
Kirish…………………………………………….3
1-BOB Odam va chorva mollarida parazitlik qiluvchi so‘rg‘ichililarning tuzilishi va ko’p uchraydigan turlari
1.1.So‘rg‘ichlilar Trematoda sinfi…………………………………4
1.2. So‘rg‘ichlilarning patogen ahamiyati……………………………10
1.3. O'pka so'rg'ichlisi…………………………………………………..12
2-BOB Odam va chorva mollarida parazitlik qiluvchi so‘rg‘ichililarning biologik xususiyatlari hamda ularni oldini olish
2.1. So‘rg‘ichililarning biologik xususiyatlari…………………………14
2.2. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so’rg’ichlilarning qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari………………………………………..19
XULOSA………………..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………32
Kirish.
So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so‘rg‘ichlilarning uzunligi 1,5 mga yetadi. (Didymozoidae oilasi turlari). Tuzilishi. Tana shakli kiprikli chuvalchanglarga o‘xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Yassi tanasining sirtlda kipriklari bo‘lmaydi; og‘iz va qorin so‘rg‘ichi deb ataladigan ikkita so‘rg‘ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og‘iz so‘rg‘ichi tanasi oldingi uchidabo‘lib, uning o‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan, og‘iz so‘rg‘ichidan orqarokda joylashgan, qorin so‘rg‘ichi faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Maxsus muskullarning qisqarishi va bo‘shashi tufayli so‘rg‘ichlar xaltasi kengayib yoki torayib va parazit xo‘jayin organlariga yopishib oladi Tana qoplag‘ichi tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralar juda ko‘p mitoxondriylar va vakuollarga ega, lekin hujayralar o‘rtasida chegara yo‘qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo‘shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavati sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog‘langan.
SO’RG’IChLILAR sinfi vakillari xaqidagi dastlabki ma’lumotlar 17-asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o’rganadi. SHved olimi K.Linney trematodalarning 40 dan ortiq turini o’rganib birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819 yili mashxur gel’mintolog olim K.A.Rudol’f 220 dan ortiq trematodalar turini o’rganadi.
Asosiy xo’jayinlari esa kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo’jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan mirasidiy lichinkasi chiqadi. Mirasidiy oraliq xo’jayini - chuchuk suvda yashovchi mollyuskalarning organizmiga kirib, sporosistaga, keyin rediyaga va 1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo’jayinlardan tashqariga chiqadi va ma’lum vaqtdan keyin serkariylar dumini yo’qotib, sistaga o’ralib adoleskariylarga aylanadi.
Asosiy xo’jayinlari suv va o’t orqali adoleskariylarni o’zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak bo’shlig’i orqali katta qoringa va to’rqoringa o’tib jinsiy voyaga etadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga etgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo’ladi. O’zbekistonda qoramol va qo’y-echkilarda paramfistomalardan: Paramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis kabi avlodlarining turlari parazitlik qiladi. Paramfistomitlar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomoz deb ataladi. Bu kasallik ayniqsa yosh mollarda ko’proq uchraydi. Kasallangan mollarni bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi. Bu kasallikning oldini olish uchun chorva mollarni paramfistomitlar bilan zararlangan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go’nglarni qayta ishlash, oraliq xo’jayinlari uchun qulay bo’lgan ko’lmak va keraksiz suv xavzalarini quritish, yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |