jihatlarini
ajratish
va
ulami
tegishli
mavhum
ta’riflarda
«mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan
hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon
harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy
usullar
yetakchilik
qiladi.
Mavhumdan
muayyan
hissiylikka
yuksalish-ayrim umumiy mavhumliklardan ulaming yagonaligiga,
muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir.
Bu erda sintez va
deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati
formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi
qarama-qarshilikni, ichki qarama qarshiliklarga muvofiq uning bir
darajadan boshqa darajaga o ‘tishini aks ettiruvchi
dialektik ziddiyatli
harakatdir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari
-
falsafa bilan maxsus fanlaming
fundamental nazariy-metodologik qoidalari o'rtasida o ‘ziga xos
«oraliq metodologiya» bo'lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar
qatoriga ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya»,
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar
kiritiladi.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar
asosida bilishning
tegishli metodlari, tamoyillari ta ’riflanadi, ular esa, o ‘z navbatida,
falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona
o'zaro aloqasini ta’minlaydi.
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod
yaxlit
tizimlarda
ulaming strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o ‘rtasidagi
barqaror munosabatlar va o ‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga
nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi.
Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o ‘zaro
aloqalaming birligini
ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir
tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (m a’lum biologik a ’zo
funksiyalari, davlat fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan
sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab
(jarayon)lari:
a) tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o'rganish;
b) uning tarkibiy qismlarini va ulam ing funksional xususiyatlarini
tadqiq qilish;
106
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ulaming funksiyalaridagi
o‘zgarishlarni tahlil qilish;
g) butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish;
d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan
obyektning barcha tarkibiy
qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim
sifatida qarash.
Do'stlaringiz bilan baham: