.
6-MAVZU: TAYANCH – HARAKAT TIZIMINING YOSH HUSUSIYATLARI VA
GIGIYENASI
Reja:
1.
Tayanch – harakat tizimining ahamiyati.
2.
Skeletning rivojlanishi va uning yosh xususiyatlari.
3.
Muskullarning umumiy tuzulishi va uning yosh xususiyatlari.
4.
Tayanch – harakat apparatining gigiyenasi.
5.
Sinf jixozlariga quyidagilar gigienik talablar.
Tayanch tushunchalar:
Skelet, muskul, umurtqa pog‘onasi, skolioz, jismoniy charchash.
Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar va boylam -
bo‘g‘imlar passiv harakat organlari bo‘ladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq
suyaklardan iborat.
Skelet uchta asosiy funsiyasini: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Suyakning kimyoviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi
Suyak asosan suyak to‘qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak ust pardasi bilan qoplangan bo‘ladi,
bu parda bolalarda juda pishiq, xatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak ustiga parda bilan suyakning
faqatgina bo‘g‘in yuzalari qoplanmaydi xolos. Suyak parda ko‘p miqdordagi qon tomirlar, bilan nervlar bilan
ta’minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar orqali suyakning ichki qismiga o‘tadi. Suyak shikaslanganda
va kasallanganda suyak ustiparda hujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi
bog‘lamalar va muskullar birikadi. Suyak usti pardaning tagiga suyakning kompakt qavati yoki zich qabati
bo‘ladi. Kompakt qavatining tagiga g‘ovak qabat bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan va ko‘krak yoshidagi bolalarning
uzun naysimon suyagining bo‘shliq qismida qizil iliq bo‘lib, o‘sish protsessida qizil ilikning o‘rnini sariq ilik
egallaydi. Naysimon suyaklarning ikki uchida, ba’zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil iliq saqlanadi.
Suyaklar shakli va tuzulishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaklarga bo‘linadi. Naysimon
suyaklar qo‘l - oyoq skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyuqlar orasida uzun (elka suyagi, bilak, tirsak
suyaklari, son suyagi, boldir suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafizi) va ikki uchi
(epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo‘ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaklari,
ko‘rak va chanoq suyaklari kiradi.
Aralash suyaklar turli shaklga ega bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar,
nervlar o‘tadi. Suyak qushuvchito‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik anorganik moddalardan
iborat. Suyaklarning yuzasida g‘adir - budir dumboq, kirra, teshiklar, egatlar bo‘ladi. Bularga muskullar,
paylar, boy
lamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ikki xil
kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga osseyn deyiladi,
suyak tarkibining 1F3 qismini organik, 2F3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakning bir
qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo‘yilsa, bir necha vaqtdan so‘ng yumshoq va elastik bo‘lib qolganini
ko‘ramiz.
Suyak olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo‘rt bo‘lib qoladi. Suyakning
elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa anorganik moddalarga bog‘liqdir. Suyakda organik va anorganik
moddalar borligidan elastik va qattiqdir. Yosh ulg‘ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar
miqdori o‘zgarib boradi. Bolalarda organik moddalari ko‘proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik bo‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun ularning suyagi mo‘rt
bo‘lib qoladi. Yosh ulg‘ashi bilan suyakda kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o‘zgaradi.
Kichik bolalar suyagining tarkibida ko‘proq kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagini tarkibida
fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarnikiga
21
Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center,
the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003. 455-480 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
33
o‘xshaydi. Lekin 10-12 yoshda suyakning g‘ovak moddasi intevsiv o‘zgaradi. Bolalarning yoshi qancha
kichik bo‘lsa, suyak ustidagi po‘stlog‘i zich qavatga yopishgan bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich
qavatdan ajralib turadi. 7-10 yoshgacha naysimon suyaklarning iliq qismini o‘sishi sekinlashadi. 11-12
yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to‘liq shakllanib bo‘ladi. Suyaklar oraliqli, tog‘ayli to‘qima,
suyakli to‘qima, biriktiruvchi to‘qima yordamida birikadi. Biriktiruvchi to‘qima yordamida birikish –
bog‘lamlar, pardalar, kala choqlari. Tog‘ayli to‘qima yordamida birikish – umirtqalari va dumg‘aza suyagini
hosil qilishga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |