Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 0,76 Mb.
bet22/38
Sana12.01.2017
Hajmi0,76 Mb.
#369
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
«3 x 4» TEXNOLOGIYASI. Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu mashg‘ulot talaba (yoki o‘quvchi)larni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka holda (yoki kichik jamoa bo‘lib) fikrlab hal etishda, echimini topish, ko‘p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo‘yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek o‘z fikrlarini maqullay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)lar bilan avval yakka holda, so‘ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi.

Texnologiyaning maqsadi: talaba (yoki o‘quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o‘z fikrini o‘tkazishga, uni ma’qullashga; qo‘yilgan muammoni echishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.

Texnologiyaning qo‘llanilishi: seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o‘tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o‘zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

Mashg‘ulotda foydalanadigan vositalar: A – 3, A – 4 formatdagi qog‘oz varaqlari (guruh soniga qarab), flomaster (yoki rangli qalam).

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:


  • o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larning umumiy soniga qarab 3 – 5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq);

  • o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larga mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori qismida yozuvi bo‘lgan varaqlarni tarqatadi;

  • o‘qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya’ni uchta so‘z, yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari mumkinligini uqtirai va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;

  • guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib davom ettiradilar;

  • vazifa bajarilgach, guruh a’zolari o‘rinlaridan turib soat mili yo‘nalishi bo‘yicha joylarini o‘zgartiradilar, ya’ni 1 – guruh 2 – guruhning 2 – guruh 3 – guruhning, 3 – guruh 4 – gurhning (boshqa kichik guruhlar bo‘lsa, shu tariqa) o‘rniga o‘tadilar;

  • yangi joyga kelgan guruh a’zolari shu erda qoldirilgan tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o‘z fikrlarini yozib qo‘yadilar;

  • guruh a’zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o‘zgartiradilar, shu tariqa kichik guruhlar o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma materiallariga o‘z fikrlarini qo‘shib boradilar;

  • o‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to‘plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta’rif yoki qoida holatiga keltiradilar;

  • har bir kichik guruh o‘zlarining mualliflik ta’riflari yoki qoidalarini guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi;

  • o‘qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta’riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi.

Kichik guruhlar soni 4 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq. Bunday holda kichik guruhlar o‘z joylarini faqat 3 marta almashtiradilar va bu bilan o‘quv jarayonini zerikarli o‘tishining oldi olinadi. Agar kichik guruhlar soni 4 tadan ko‘p bo‘lsa, u holda ularni ikki potokka bo‘lib, kichik guruh a’zolarining almashinuvini har bir potok o‘rtasida alohia, taqdimotni esa birgalikda o‘tkazish mumkin.

Agar auditoriya kichik guruhlarning joylarini almashtirishga moslanmagan bo‘lsa, u holda talaba (yoki o‘quvchi)larni joylarini almashtirish o‘rniga guruhlarga tarqatilgan materiallarni almashtirish orqali, ular dastlabki olingan guruhlarga qaytib kelgunga qadar almashtirilib, talaba (yoki o‘quvchi) fikrlari to‘planadi, ulardan umumiy ta’rif (yoki qoida) keltirib chiqarilai va taqdimot qilish ham mumkin.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish