Kлючевые слова: читательская грамотность, международное исследование, PIRLS -
международное исследование по оценке качества чтения и понимания текста.
Kishining mutolaa (kitobxonlik) kompetentsiyalari uning kommunikativ ko‘nikmalarini
belgilashi haqidagi fikr munozara qilinmaydi. O‘qimishli (ko‘p mutolaa qilgan) kishi bilan
suhbatlashish hamisha maroqli. Pedagogik amaliyotda mashhur fikr, o‘ziga xos trend: boshlang‘ich
maktabda mutolaa kompetentsiyalarining yuqori darajasi – o‘rta maktabda muvaffaqiyatli o‘qish
garovi ekani haqida ortiqcha gapirish o‘rinsiz.
O‘zbekiston ta’lim tizimini modernizatsiyalash, birinchi navbatda, ta’lim muassasalari
tomonidan ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan. Bunda ta’lim jarayonining
natijaviyligi ta’lim oluvchini tashqi va ichki baholash natijalarini boshqarishning samarali,
professional darajada qurilgan tizimi bilan bevosita bog‘liq.
O‘quvchilar ta’limining muvaffaqiyatliligi faqat milliy imtihonlar emas, ta’lim
oluvchilarning ta’limiy muvaffaqiyatlarini balki mamlakatdan mustaqil xalqaro qiyosiy monitoring
tadqiqotlari bilan ham bog‘liq.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
544
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limini rivojlantirishning 2030 yilgacha kontseptsiyasida
o‘zbekistonlik o‘quvchilarning PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) mutolaa
va matnni tushunish sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotda ishtirok etishi belgilangan.
Bu noyob tadqiqot ko‘proq mamlakatda bolalarning elementar ko‘nikmalari va kitobxonlik
madaniyati qay darajada tarbiyalanganligini aniqlashga qaratilgan. Dunyo kontekstida kitobxonlik
madaniyati, savodxonlik zamonaviy jamiyatda yashashga tayyorlikning eng muhim parametrlaridan
biri sifatida qaralmoqda.
Boshlang‘ich maktabdayoq bolalarning ta’limda muvafaqiyatining asosiy shartlaridan biri –
o‘quvchilarning axborotga oid kompetentligi shakllantiriladi, chunki boshlang‘ich maktabda
olingan sifatli ta’lim keyingi barcha ta’limning mustahkam poydevori sanaladi. Zamonaviy
o‘qituvchidan ta’lim oluvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga maksimal darajada
ko‘maklashadigan o‘quv faoliyati shakl, metod va usullarini topish va qo‘llash talab qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kichik yoshdagi o‘quvchilarda matn bilan ishlash asosi:
axborot manbasini bilish, o‘zini qiziqtirgan savolga javob izlash, tanlangan materialni savodli
rasmiylashtirish va taqdim qilish malakalarini shakllantirishi katta ahamiyat kasb etadi.
Olingan bilim va o‘zlashtirilgan turli axborot manbalari bilan ishlash malakalari bolalarga
axborotni savodli idrok qilish, uning sifatini baholash, uning yashirin mazmunini tushunish va
anglashda ko‘maklashadi. Mutolaa savodxonligi bilan bog‘liq malakalarni shakllantirish o‘quv
jarayoni komponentlari, tarbiyaviy tadbirlar va qo‘shimcha ta’limning uzviy o‘zaro aloqadorligi
sharoitida muvaffaqiyatli kechadi. Ota-onalar, jamoatchilik bilan oilaviy mutolaani kengaytirish va
rivojlantirishga oid ishlarni maqsadli olib borish ham muhim.
O‘zbek maktablarining oldinda turgan xalqaro imtihonda ishtiroki kichik o‘quvchilarning
o‘quv-axborot malakalarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ishlarning yana bir mexanizmi bo‘ladi,
u nafaqat boshlang‘ich maktab bitiruvchisiga ta’limning keyingi bo‘g‘inida bilimlarni
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, balki o‘zbek yoshlarining mutolaa savodxonligini shakllantirishga ham
ko‘maklashadi.
PIRLS – mutolaa va matnni tushunish sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot – IEA
(International Association for the Evaluation of Educational Achievement) ta’limiy
muvaffaqiyatlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi dasturi. PIRLS tadqiqotining maqsadi dunyoning
turli mamlakatlari to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining matnni tushunish darajasini qiyoslash,
shuningdek, milliy ta’lim tizimlarida mutolaa savodxonligiga o‘rgatishdagi tafovutlarni aniqlashdan
iborat.
Mazkur tadqtqotning yetakchi ekspertlari tomonidan tayyorlangan xalqaro glossariyga ko‘ra,
mutolaa savodxonligi – insonning hayotda o‘zini to‘laqonli realizatsiyalashi va o‘z maqsadlariga
erishishi uchun zarur yozma nutqning turli shakllarini tushunish va mantiqiy anglashga qodirligi.
Bu bilan ta’limga oid siyosatning muhim – inson va jamiyat manfaati uchun printsipi realizatsiya
qilinadi.
PIRLS tadqiqoti doirasida mutolaaning darslarda va maktabdan tashqari vaqtlarda
o‘quvchilar tomonidan boshqalariga qaraganda ko‘proq qo‘llanadigan ikki turi baholanadi:
- badiiy adabiyotni mutolaa qilish tajribasini egallash uchun mutolaa;
- axborotni o‘zlashtirish va qo‘llash maqsadida mutolaa.
Test o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarga ikkita (bitta badiiy va bitta axborotli) matnni o‘qib
chiqish va matn yuzasidan 14-16 ta topshiriq taklif qilinadi. Topshiriqlar javob shakliga ko‘ra
turlicha: taklif qilingan to‘rtta javobdan birini tanlash kerak bo‘lgan topshiriqlar; hodisalar ketma-
ketligini aniqlashga oid topshiriqlar; erkin tuziladigan javobni ko‘zda tutadigan topshiriqlar.
Ishni bajarish uchun o‘quvchilarga 80 daqiqa (40 daqiqadan ikki qismga bo‘lingan holda
tanaffus bilan) beriladi.
Tadqiqotning kontseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va axborotli (ilmiy-ommabop)
matnlarni mutolaa qilishda kitobxonlik (mutolaa) malakalarining to‘rtta guruhi baholanadi:
- oshkor ko‘rinishda taqdim qilingan axborotni topish;
Do'stlaringiz bilan baham: |