ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
37
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
2.
Ядгаров Т.Г., Алиқулов А.Х. Технология создания информационной базы
данных в среде yii framework для использования в кредитной системе обучения. ТАТУ
Мухаммад ал-Хоразмий авлодлари 2019й, 5 бет.
3.
Yadgarov T.G., Aliqulov A.X. Development of an information and logistics system
“InfLog-CredSys” for managing big data in the yii framework for use in a credit training system.
International Conference on information Science and Communication Technologies ICISCT 2019
Applications, Trends and Opportunities Tashkent University of information Technologies Named
after Muhammad Al-Khwarazmi 2019 nowember 4-6.
YOSHLAR TARBIYASIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTINING
RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Alimjanov O.G. – NamDU.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning ruhan tetik,
jismonan barkamol insonni
shakllaktirishdagi beqiyos ahamiyati oxirgi yillarda xukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan
qonun va qarorlarda o’z aksini topmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’grisida”gi[2] Qarorida Mamlakatimizning barcha
xududlarida ommaviy sportning inson va oila
hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va
ma’naviy sog’lomlikning asosi ekanini, hayotga katta umidlar bilan
kirib kelayotgan yoshlarni
zararlo asrash, ularga o’z qobilyati va iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur shartsharoitlarni
yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, hamda maqsadli saralab olish
masalalariga e’tibor yanada kuchaytirilgan.
O’zbek xalqining milliy jismoniy tarbiyasi qadimgi ajdodlarimiz tarixi bilan uzviy bog’lanib
ketadi. Buning isboti sifatida “Alpomish” va “Barchinoy”, “Kuntug’mush” turkumidagi dostonlarda
jasorat ustunlik bilan madx etilgan. Otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik, kamondan o’q otish-
merganlik qilish kabi jismoniy sifatlar qaxramonlar siymosi
orqali butun xalqning turmushi,
madaniyati, harakati aks ettirilgan. Bu jismoniy mashqlar avloddan avlodga o’tib, o’zining
mazmuni, shakli va bajarish uslublarini boyitib, hozirgi davrda ular jahon xalqlarining sevimli
mashg’ulotlariga hamda maxorat uchun kurashuvchi bolalarning sportiga aylangan.
Yosh sportchilarni tayyorlash tuzilmasi istiqbolli reja asosida sportchilarni
tayyorlashning
asosidir. Unga bog`liq holda sportchini takomillashtirish rejasi qator yillar oldinga to`g`ri
belgilanganligi, mashg`ulotning vosita va metodlari, yuklanmalari, sinov nazorat me’yorlarirasional
rejalashtirilganligi, ko`pincha o`sish tempi uning yutuqlariga bog`liq bo`ladi. Istiqbolli rejalar har
xil muddatlarga ishlab chiqilgan bo`lishi mumkin. yosh sportchilarning tayyorgarlik darajasi, yoshi,
ularning sport stajiga bog`liq bo`ladi.
O’zbekiston Respublikasining madaniyati va sportini yanada rivojlantirishga asos bo’luvchi
eng muhim tadbirlar ko’rilmoqda, O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport
to’g’risida”gi qonuni aholining sog’lig’ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan
shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi[1].
O’quvchi-yoshlarning ta’lim olishlari va ularni doimo sog’lom bo’lishlari davlat qonunlari
bilan muhofaza qilish, bo’lajak mutahasislarning porlok kelajagini ta’minlash,
deb talqin qilish
lozim. Shu tufayli barcha o’quvchi- yoshlar qayerda ta’lim olmasin, ularga berilgan
imtiyozlardan maqsad yo’lida foydalanish, jismoniy kamolotni ta’minlash zarur bo’ladi va bu bilan
jismoniy tarbiyaning ijtimoiy va tarixiy mohiyatlarini yanada ko’targan, uni imkon boricha, inson
hayotidagi yuksak omil ekanligini kelajakka meros qilib qoldirishga hayotiy tajriba va amaliyot
asos bo’ladi.
Vatanimiz mustaqilikka erishgach boshqa sohalar kabi jismoniy
tarbiya va sport sohasida
qonun loyihasini ishlab chiqdi va qabul qilindi . Ushbu qonun davlat va jamiyat extiyojlariga qarab