ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
660
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
O‘yin bola xayotining uzviy qismidir.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida
harakatli o‘yinlar orqali o‘quvshilar bilim va ma’lumotlar ega bo‘ladilar. Atrofdagi muxit bilim,
tabiat xodisalari, manzaralari, buyumlar, qush va xayvonlar, o‘simlik dunyosi bilan tanishadi. Inson
faoliyati, mexnati, turmushidan baxobar bo‘ladi. O‘quvshilar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
jarayonida faqat tashqi muxit xodisalari bilan tanishish bilan birga uni xis etib qolmasdan, balki bu
voqea –xodisalarga o‘z munosabatini bildiradi. Uning yaxshi va yomonligini, maqbul yoki
nomakbulligini, yokimli yoki yoqimsizligini farq qilishga o‘rganib boradi. Bola faoliyatida uning
mexnati – o‘qish va o‘rganishi o‘yin bilan shu qadar birikib ketdiki, bazan ular orasidagi tafovutni
sezish qiyin bo‘ladi.
Bolalarning o‘yin dunyosi naqadar boy va xilma-xildir. O‘yin bobida bola ijodkor
mavjudoddir. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda mazmunli,
dramatik o‘yinlar bilan bir qatorda harakatli o‘yinlar aloxida axamiyat kashf etadi.
Harakatli o‘yinlar bolalarning manaviy va axloqiy kamolatida, ularning mukammal inson
bo‘lib kamol topishida g‘oyat katta tarbiyaviy ta’sir qudratiga egadir. O‘yin timsolida bolalar jamoa
bo‘lib yashashga, uyushqoqlikka, birgalikda ijod qilishga, xamkorlikda ishlashga va mustakillikka
o‘rganadilar. Axloqiy sifatlari va tushunshalari, fazilatlari tarkib topadi. O‘yin qoidalariga qatiy
rioya qilishga, intizomga o‘rganishadi. Ularda dustlik, inoqlik xis-tuyg‘ulari rivojlanadi. Ularning
estetik zavqlari o‘sadi, turli kasb korlarga bo‘lgan qiziqishi ortadi, dunyoqarashi shakllana
boradi.Harakatli o‘yinlar yoki didaktik o‘yinlar asosan talim jarayonini bolalarning yosh
xususiyatlari va tayyorgarliklariga qarab samarali tashkil qilishga, ularga bilim va malumotni
berishni engillashtirishga, talimda ko‘rgazmaslikni taminlashga qaratilgan bo‘lib, bolalarni o‘quv
materiallari bilan ortiqsha band qilib ko‘ymaslik, toliqtirmaslik va zerikmaslik imkoniyatini
yaratadi, dastur materiallarini o‘zlashtirishda qulaylik tug‘diradi. harakatli o‘yinlar yoki didaktik
o‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini, ongini o‘stirishga, ularning tashabbuskorligini oshirishga
xizmat qiladi. O‘quvshilarning xis-tuyg‘ularini shakllantirishga, ayniksa ularning sezgi azolarini
(sezish, ko‘rish, tinglash va x.k.) faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Bola miyyasini mashq
qilishga, tafakkurini teranlashtirishga o‘rgatadi.Uning idroki, zexni, faxm-farosati, xotirasi, irodasi,
bilim olish ishtiyoqi va extiyoji, ixtiyoriy diqqati, topkirligi, tashabbuskorligi oshib boradi. Bola
istedodi, ijodiy qobiliyati namoyon bo‘la boshlaydi. Olgan bilimlarini o‘z faoliyatida mexnat va
o‘yinda sinab ko‘rish extiyoji paydo bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya tizimida harakatli o‘yinlar eng tasirshan, eng ommabop va shug‘ullanuvshilar
ushun eng qiziqarli jismoniy tarbiya vositasi bo‘lib xisoblanadi. Binobarin harakatli o‘yinlar tufayli
bolalarda kundalik turmushida eng zarur bo‘lgan xarakat malakalari va jismoniy sifatlar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |