ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
91
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish mazmunga yо‘naltirilgan darslardan - jarayonga
yо‘naltirilgan darslarni yaxlit rivojlantirishga yordam beradi. О‘quv jarayonini tushunishda uni
ma’lumot olish, tо‘plash va qayta ishlab chiqarish emas, balki mavjud bilimlar asosida yangi
bilimlarni qurish sifatida belgilaydigan kontseptual о‘zgarish paydo bо‘ldi. Ushbu ta’lim
kontsepsiyasi bilimlarni tasavvur qilish, sintez qilish va о‘zgartirish uchun maxsus strategiyalardan
foydalanishni kо‘zda tutadi. Ta’limda kо‘proq dinamika paydo bо‘ladi, bilim javob shaklida emas
kо‘proq savol shaklida taqdim etiladi. Bunda natijaga emas, balki jarayonning о‘ziga alohida
ahamiyat beriladi.
О‘quvchilar real hayot bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan ahamiyatli va dolzarb muammolarni
yechishga jalb qilinadilar.О‘quvchilarning faoliyatiga baho berish ularning real muammolarini hal
qilish asosida amalga oshiriladi. “Alternativ” savollardan foydalanish bir necha yechimlarni
mavjudligini nazarda tutadi. Baholash о‘quvchilarning qaysidir sohada kompetentlik darajasining
tasnifi uchun emas, kо‘proq erishgan yutuqlari va о‘sishini aniqlash uchun foydalaniladi.Bolalar
bilimni kо‘pincha о‘z tengdoshlaridan yaxshiroq qabul qiladilar. Kichik guruhlarning a’zolari
dinamik muloqot qilish, fikr almashish, о‘z fikrlarini shakllantirish va amaliy asoslash, shuningdek,
axborotni sharhlash imkoniyatiga ega. Bunda tengdoshlar va ekspertlar guruhi bilan о‘zaro
harakatlar jarayonida hamkorlikda о‘qitish amalga oshiriladi.Eshitishida muammosi bо‘lgan bolalar
korreksion-rivojlantiruvchi ta’limida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
asosidagi mashg‘ulotlardagi ekspertlar va boshqa о‘quvchilar kabi ular bilimlarga tezroq ega
bо‘ladilar shuningdek, ma’lumotlarni о‘zaro aloqada hamda haqiqatni va boshqa boshlang‘ich
ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish yordamida qabul qiladilar[5.43]. Eshitishida
muammosi bо‘lgan о‘quvchilarni о‘qitish uchun foydalaniladigan texnologiyalarni ikki toifaga
ajratish mumkin: yordamchi va korreksion texnologiyalar. Yordamchi texnologiyalar axborotdan
jismoniy erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi (masalan, ekranli lupalar, nutqni kiritishni
ta’minlovchi dasturlar, maxsus ishlab chiqilgan sichqon va klaviaturalar) va bunda korreksion
texnologiyalar mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga hamda о‘quv kо‘nikma va malakalarni
rivojlantirishga yordam beradi[3.21].Yо‘naltirilgan va integrasiyalashgan ta’limning о‘quv dasturini
yaratishda о‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ta’lim ehtiyojlarini hisobga olish,
shuningdek, axborot kommunikatsion vositalaridan foydalanishga asoslangan tegishli о‘qitish
usullarini (shu xususiyatlarni hisobga olib) qо‘llash zarur.
Korreksion ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun foydalanuvchining ehtiyojlarini va
ta’lim maqsadlarini hisobga oluvchi texnologik infratuzilmani yaratish zarur.Eshitishda nuqsoni
bо‘lgan о‘quvchilarni ta’lim jarayoniga tо‘liq integrasiya qilishni yordamchi texnologiyalar va
maxsus jihozlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bunda, о‘z ehtiyojlari, qarorlari va qarashlarini
boshqalarga kо‘rsatishda texnologik yechimlar ayrim о‘quvchilar uchun yagona usul bо‘lishi
mumkin. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan bir qator qiyinchiliklarni integrasiyalashgan ta’lim
sharoitida bartaraf etishga axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish asosida
muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin2.56].
Axborot kommunikatsion texnologiyalarni ta’limda qо‘llash - о‘quv muhitini
optimallashtirishga imkon beradi hamda alternativ va eng muhimi, foydalanuvchi tomonidan
qо‘llash mumkin bо‘lgan ta’lim resurslari formatini ta’minlaydi. О‘quv kurslarining
avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqilgan dasturiy vositalaridan foydalanish orqali о‘quv
dasturining mazmuni turli yо‘llar bilan taqdim etilishi mumkin: Internet saytidagi matn,
animatsiyalashtirilgan tasvir, virtual haqiqat, multimedia mahsulotlari, shu jumladan raqamli audio
yozuv va video sifatida. Bundan tashqari, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
о‘qituvchilarga hamkasblari bilan kasbiy о‘zaro aloqa qilish va shu bilan birga ularning
malakalarini oshirish va tajriba almashishga imkonini beradi[1.54].
Kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar tomonidan shaxsiy kompyuter va dasturiy ta’minotlar
bilan ishlash jarayonidagi standart foydalanishda ulardan maxsus tadbirlar talab qilinmaydi. Biroq,
ovoz va og‘zaki nutq yuklamasini tashuvchi maxsus axborotli multimedia ilovalaridan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |