«Qanday? » iyerarxik diagrammasining sxematik kо‘rinishi
Муаммо
Муаммо
Qanday?
Qanday ? Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
14-Mavzu: О‘zbekistondagi tо‘rtinchi uyg‘onish istiqlol davrida milliy madaniyatning ravnaq topishi
Reja:
1.Istiqlol davrida milliy madaniyatning ravnaq topishi.
2.Mustaqillik yillarida ma’naviy me’ros va milliy qadriyatlarga e’tiborning kuchaytirilishi.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. Toshkent: «О‘zbekiston», 1998.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch. Toshkent: «О‘zbekiston», 2008.
3.О‘zbek adabiyoti. III jild. Toshkent: О‘zDavnashr, 1959.
4.О‘zbek adabiyoti. IV jild. I kitob. Toshkent: О‘zDavnashr, 1960.
5. О‘zbek adabiyoti. V jild. I kitob. Toshkent: О‘zDavnashr, 1966.
6. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, Davlat ilmiy nashriyoti. I-XII jildlar.
“О‘zbekistondagi tо‘rtinchi uyg‘onish istiqlol davrida milliy madaniyatning ravnaq topishi” bilan talabalarni tanishtirish davomida mustaqillik sharofati tufayli xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bо‘lgani, erkin fikrga, milliy tafakkurga, milliy tiklanishga keng yо‘l ochilganligi xususida sо‘z yuritiladi. Bunda milliy tiklanish о‘z-о‘zidan sodir bо‘lmasliga, buning uchun xalq dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida shakllantirish zarurligi xususida gapiriladi. Bu, avvalo, kо‘p jihatdan ma’naviyatga bog‘liq ekanligini xar bir talaba chuqur anglab olishiga erishish kerak. Shu boisdan mustaqqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma’naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketganligiga e’tibor qaratiladi. Zero, jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron bir mamlakat о‘z ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak madaniyat taraqiyoti darajasiga kо‘tarila olmaydi.
Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob meyorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlar majmuidir.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yaratish va о‘rganish masalalari partiyaviy, sinfiy yondashuvlardan halos etildi, tarixiy voqealarni xolislik, haqqoniylik, tarixiylik tamoyillari asosida tadqiq etishga kirishildi.
Mustaqqillik sharofati bilan Abduholiq Rijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Imom al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Marg‘inoniyning ruhi shod etildi. A.Qodiriy, CHо‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlarning nomi, xurmati joyiga qо‘yildi.
YUNESKO qaroriga binoan, 1994 yilda ulug‘ olim Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temurga haykal о‘rnatildi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi. 1997 yilda Buhoro va Hiva, 2000 yili Termiz shaharlarining 2500 yillik, Shahrisabz shahrining 2700 yillik bayrami keng nishonlandi. 1998 yilda Imom al-Buhoriy, Ahmad al-Farg‘oniylarning 1200 yilligi, 1999 yilda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2001 yilda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi »Avesto»ning 2700 yilligi tantana qilindi. Diniy qadriyatlar qayta tiklandi. Ramazon va Qurbon hayitlari, Navrо‘z bayramlari dam olish, bayram kuni bо‘lib qoldi.
О‘zbekiston fuqarolari Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bо‘ldilar. Qur’oni Karim va xadislar chop etildi. Mamlakatimizda о‘zbek tiliga davlat maqomi berildi.
Ma’naviyat va madaniyatimizni rivojlantirish yо‘lida qо‘yilgan muhim qadamlardan biri 1994 yilda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining tashkil etilishi bо‘ldi. 1999 yilda Toshkentda «Hotira va Qadrlash kuni» munosabati bilan Mustaqillik maydonida «Xotira obidasi», 2005 yil dekabrida «Mustaqillik va Ezgulik» monumenti, 2000 yilda Yunusobod tumani hududida «Shahidlar xotirasi» maydoni majmui yaratildi. Bu ishlarning barchasiga mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bosh-qosh bо‘lmoqda. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tabor berildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 iyuldagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fanni rivojlantarishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirshida katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Shu yili respublika Vazirlar Mahkamasi xuzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar akademiyasining mavqei ortdi.
Xozirgi kunda О‘zbekiston Fanlar akademiyasi bozor iqdisodiyoti sharoitida fan va texnika, madaniyat va ma’rifat sohasida chuqur va amaliy tadqiqotlarning samarali olib borilishiga asosiy e’tiborni qaratib, 11 ta ilmiy jurnal nashr etmoqda.
Ta’lim sohasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1997 yilda «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» hamda «2004 — 2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-madaniy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Uni bajarish esa umumdavlat, umummillat ishiga aylandi.
Isge’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda о‘qishni qо‘llab-quvvatlash maqsadida «Sog‘lom avlod uchun», «Respublika bolalar fondi», «Ulug‘bek», «Istedod» jamg‘armalari tashkil topdi.
Madaniyat sohasidagi tub о‘zgarishlar, avvalo, teatr san’ata, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Mustaqillik yillarida “Turkiston” saroyi, «Milliy teatr», Davlat konservatoriyasining yangi binolarining ochilishi, «О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Xalq amaliy san’ati muzeyi»ning qayta jihozlanishi bu sohaga bо‘lgan e’tiborning oshganidan dalolatdir.
Ayni paytda о‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanish va takomillashish jarayonni boshdan kechirmoqda.
Respublikada musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida «О‘zbekiston — Vatanim manim», «Ofarin», «Nihol» qо‘rik tanlovlari, an’anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivallarining tashkil etilishi ayni muddao bо‘ldi. Bu sohada kо‘plab yosh ijodiy guruhlarning tuzilishi va ular faoliyatini istiqlol sharofatidan deb bilish darkor. Bugun milliy-an’anaviy qо‘shiqchiligimiz bilan milliy estrada san’ati ham tabora rivojlanmoqda.
Mustaqillik о‘zbek adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi adabiyotga kommunistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtai nazaridan qarashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy meyorlarga о‘tish boshlandi.
Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan tushuncha va millat adabiyotinint reaksion va progressiv deb ikkiga bо‘linib о‘rganishdek metodologik xato nazariyalarga chek qо‘yildi.
Mustaqqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayottan, hayot yangicha mazmun kasb egayotgan bir paytda ozod sо‘z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab hodisani qamrab oldi. Milliy istiqlol adabiyoti shakllanishida badiiy publitsistika о‘z imkoniyaglarini kо‘rsata bildi. Shuningdek, ushbu adabiyotning shakllanishida B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, O.Matjon, A.Oripov, O.Dojiyeva, U.Doshimov, SH.Holmirzayev, Tog‘ay Murod, X.Dustmuxammad, О‘.Xoshimov, M.Yusuf singari shoir va adiblarning badiiy, barkamol asarlari muhim hissa bо‘lib qо‘shildi.
О‘qituvchi mustaqqillik sharofati bilan haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs va kino san’atida ham ijobiy о‘zgarishlar yuz berib, davr bilan hamnafas, an’anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashgan yetuk asarlar yaratilayotgani haqida qisqacha tо‘xtalib о‘tishi lozim.
Yosh iste’dodlarni tarbiyalash, milliy tasviriy, amaliy, miniatyura san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsadida tashkil etilgan О‘zbekistan Badiiy akademiyasi bu borada jidsiy faoliyat kо‘rsatmoqda. Masalan, Badiiy akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan ishlangan sohibqiron Amir Temur, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Alpomish kabi haykaltaroshlik san’atining gо‘zal namunalari xalqimiz milliy g‘ururi, iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Sо‘nggi yillarda yosh rassomlar G‘apb tasviriy san’atini puxta о‘rganib, avangardizm, modernizm yо‘nalishlarida samarali ijod qilmoqdalar. Albatta, bu milliylik nazardan soqit qilindi, degan gap emas. Tasviriy san’at milliylik о‘zanida zamonaga moslanmoqda. Arxitektura va qurilish sohasida Sharq va Fapb me’morchiligi uyg‘unlashgan О‘zbekiston Oliy Majlisi, Oq Saroy, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolarini, Toshkentning Chorsu bozori maydoni atrofidagi bino va inshootlarni misol tariqasida qо‘rsatib о‘tish muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |