Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Ma’rifat  -  ma’naviy  kamo-lot 
yo’li, 
insonning 
ko’ngil 
ko’zgusini  sayqallash  jarayoni, 
ya’ni  har  bir  insonning  butun 
ongli  hayoti  davomida  o’zligini 
anglash, 
o’zining 
Borliq 
haqiqatiga  nisbatini  aniqlash  va 
o’z  ruhini  Borliq  haqiqati  bilan 
uyg’unlash-tirib borish yo’lidagi 
harakati. 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
57
3-fasl. IX asrda ilm va madaniyat. Turkiy tilda islomiy she’riyat 
Sunna  davrida  payg’ambarimizning  hayot  yo’llari  haqida  dastlabki 
mukammal  asarlar  -  Ibn  Ishoq  (704-707)  va  Ibn  Hishom  (vafoti  834  yillar) 
«Sira»lari  («Sirat  ar-Rasululloh»)  vujudga  keldi.  Bu  kitoblar  oddiy  tarjimai  hol 
emas, balki Allohning payg’omini ahli basharga etkazish vazifasi yuklangan shaxs 
-  Rasululloh  haqida  bo’lib,  diqqat  markazida  risolat  (payg’ambarlik  -  messiya) 
masalasi  turgani  uchun  asarning  Muqaddima  qismida  Muhammad  (S.A.V.)  dan 
oldin  o’tgan  payg’ambarlar  haqida  ham  axborotlar  berilgan  edi.  Ushbu  an’ana 
keyincha rivoj olib, hazrati Muso alayhissalom va boshqa payg’ambarlar hayoti va 
faoliyati haqida ham batafsil xabar beruvchi kitoblar yaratila boshlandi. 
Bu  davrda  Muhammad  (S.A.V.)dan  boshlangan  Qur’on  tafsirlari  an’anasi 
ham rivoj oldi, keng ma’nodagi adab ilmiga asos solindi. Ibn al-Muqaffaning (724-
759)  «Al-Adab  as-Cag’ir»,  «Al-Adab-al-Kabir»  asarlari  yozildi.  Xalil  ibn  Ahmad 
(718-792)  lug’atshunoslik  asoslariga  bag’ishlangan  «Al-Ayn»  asari  tarkibida  aruz 
ilmining  nazariy  asoslarini  yaratib,  ham  tilshunoslik,  ham  adabiyotshunoslikka 
zamin 
hozirladi. 
Keyingi 
asr 
oxirida 
Ibn 
al-Mutazz 
(861-908) 
adabiyotshunoslikning  yana  bir  tarkibiy  qismi  «ilmi  bade’»  (she’riy  san’atlar 
haqida ilm)ni kashf etdi. Arab mumtoz she’riyatining asoschilari Abu Nuvas (762-
813),  Bashshar  ibn  Burd  (714-784),  Abul  Ataxiya  (718-825)  kabi  ulug’  shoirlar, 
Al-Johiz  (775-868)  kabi  adiblar  shu  davrda  yashab  ijod  etdilar.  Shu  zabardast 
siymolar  orasida  islom  davrining  ilk  turkiy  shoiri  Adib  Ahmad  ham  bor  edi. 
Alisher Navoiy guvohlik berishicha, islom turkiy she’riyatining bu to’ng’ich shoiri 
hanafiya mazhabining asoschisi Abu Hanifa an-Nu’mon bin Sobit - Imomi A’zam 
(699-767)ning  eng  sevimli  shogirdlaridan  bo’lib,  ko’zi  ojiz  bo’lsa  ham,  dil  ko’zi 
nihoyatda  ravshan  va  tiyrak  edi.  Yurtdoshimiz  Adib  Ahmaddan  bizgacha  turkiy 
adabiy  tilda  yozilgan  «Hibatul-haqoyiq»  («Haqiqatlar  tuhfasi»)  dostonining  XV 
asrda ko’chirilgan bir  necha  nusxasi  va  Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan  yana 
1-2  parcha  etib  kelgan.  Adib  Ahmad  birinchilardan  bo’lib  Rasululloh  hadislariga 
she’riy  sharhlar  bag’ishlagan  alloma  shoirdir.  Uning  ilm  fazilati,  johillikning 
kasofati  haqida  o’n  bir  asr  ilgari  aytgan  hikmatlari  hanuz  dolzarbligini  yo’qotgan 
emas
24

Shunday  qilib  VIII-IX  asrlarda  islom  mintaqa  madaniyati  shakllandi  va 
uning  dastlabki  bosqichi  -  Sunna  -  o’zining  eng  oliy  yutuqlariga  erishdi.  Bu 
yutuqlar,  avvalo,  islom  axloqi  asoslarining  mukammal  tizimi  vujudga  kelganligi, 
shariat  va  fiqh  ilmi,  manbashunoslik  va  matnshunoslik  nazariyasi  va  amaliy 
tarjibalarining  shakllanishi,  adab  ilmi,  dastlabki  Qur’on  tafsirlari,  qiroat  ilmi, 
she’riyat  nazariyasi,  sarfu  nahv  (grammatika),  lug’atshunoslik  va  boshqa  ilmlarga 
asos  solina  boshlaganligi  bilan  belgilanadi.  Bunday  ulug’  ma’naviy  boylikning 
vujudga  kelishi  va  rivojida  mintaqaning  barcha  xalqlari,  ayniqsa,  arab,  fors,  turk 
elatlarining hissasi katta bo’lib, jumladan, bizning vatandoshlarimiz - Adib Ahmad 
                                         
24 Adib Ahmad Yugnakiyning yashagan davri haqida fanda bahsli fikrlar mavjud. Ammo biz bu 
borada Navoiy keltirgan naqlni rad etishga arzigulik jiddiy dalil-isbotni uchratmadik. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
58
Yugnakiy,  Imom  Muhammad  al-Buxoriy,  Abu  Iso  at-Termiziy  kabi  allomalar 
qo’shgan ma’naviy ulush butun jahon afkor ommasi tomonidan tan olingandir. 
Insoniyat  tarixida  minglab  payg’ambarlar  o’tgan.  Ularning  oxirgisi 
(«Xotimat-un-nabi»)  Muhammad  (S.A.V.)  arab  qabilalarinngi  yagona  millat 
sifatida  shakllanishida  etakchi  o’rin  tutdi.  Ammo  Qur’oni  karim  asosida 
shakllangan  Tavhid  e’tiqodi  va  «umma»  tushunchalari  faqat  arablarni 
birlashtirishgagina qaratilgan bo’lmay, balki butun  insoniyatni,  balki  butun tabiat, 
koinot, Borliqni yaxlit bir mohiyat sifatida anglab etish imkonini beradi. Ammo bu 
Oliy mazmunga xalqlar osonlikcha etishgani yo’q. Dastlab, VIII asr ikkinchi yarmi 
-  IX  asr  boshlarida  umummintaqa  islom  madaniyati  shakllanishiga  g’oyaviy-
siyosiy  zamin  yaratildi.  Abu  Muslim  qo’zg’oloni  va  Ma’munning  (813-833) 
xalifalik taxtini egallashi jarayonida mintaqada arabiy, eroniy, turkiy millatlarning 
o’zaro  siyosiy-ijtimoiy  muvozanat  holati  vujudga  keldi.  Harbiylar  ko’proq  turkiy 
xalqlar vakillaridan, vazirlar va saroy amaldorlari eroniylardan, diniy nufuz egalari 
arabdan bo’lishi an’anaga aylandi. Keyinroq she’riyat asosan fors tilida, aniq fanlar 
arab tilida  yozila boshlandi. Ana shunday  sharoitda IX-XV asrlar  mobaynida turli 
xalq  namoyandalari  ishtirokida  yagona  mintaqa  madaniyati  shakllandi.  Va  turkiy 
millat vakillari ham ushbu umumiy merosga sezilarli ulush qo’shdilar. 
 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish