Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

 
 
3-bob.  
Ilk shahar ma’naviyati va «Avesto» kitobi. 
 
Tarixan birinchi ziyolilar - payg’ambarlardir. Chunki ular o’z davri ijtimoiy 
muhiti  sharoitida  muayyan  ustozlar  murabbiyligida  muayyan  matnlarda  bitilgan 
munazzam bilimlar  tizimini o’zlashtirish  imkoniga ega bo’lmaganlar. Ularga  Oliy 
haqiqat  sirlari  bevosita  vahiy  tarzida  nuzul  etgan.  Mintaqamiz  an’analarida 
Muhammad  (s.a.v.)gacha  necha  ming  nabi  va  rasullar,  yuzlab  ilohiy  kitob  va 
suhuflar nozil bo’lgani qayd etiladi. 
«Avesto»da  tosh  asri  ma’naviyati  unsurlari  aks  etganini  ko’rdik.  Ammo  bu 
kitobda  ular  asotir  ko’rinishida  aks  etgan  o’tmish  xotiralari,  xolos.  «Avesto» 
ma’naviyatining  asl  mohiyati  ularda  emas.  «Avesto»  kitobida  ajdodlarimizning 
necha  ming  yillik  madaniy  merosi  o’z  aksini  topgan.  Ammo  uning  yaxlit  tizimga 
uyushuvi,  bizgacha  etib  kelgan  asos  mohiyati  Zardusht  nomi  bilan  bog’liq. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
32
Zardusht  «goh»lari  necha  ming  yillar  davomida  uni  tabarruk  tutgan  insonlar 
tomonidan ilohiy vahiy, deb tan olib kelindi. Bugun bu haqda aniq bir narsa deyish 
imkondan tashqari. Qur’oni karimda Zardusht payg’ambar sifatida, «Avesto» yoki 
uning  uzviy  bir  qismi  ilohiy  kitob  sifatida  esga  olinmagan.  Ammo  shuni  ham 
alohida qayd etish lozimki, ilohiy kitobda Zardusht yolg’on payg’ambarlar sifatida 
fosh etilgan emas, «Avesto»  haqida  ham  maxsus raddiya bildirilmagan. Ushbu sir 
yolg’iz Allohga ayon. Biz esa aqlimiz etgan darajada mulohaza yuritamiz. 
Har  qanday  bo’lganda  ham  Zardusht  gohlari  «Avesto»  matnining  umumiy 
ruhidan  ma’lum  darajada  farq  qilishi  allaqachon  ushbu  soha  bilimdonlarining 
diqqatini  tortgan.  «Avesto»  matnlarining  ko’pchilik  qismi,  yuqorida  aytib 
o’tganimizdek,  insoniyat  ongi  takomilida  asotir  tafakkur  bosqichini  aks  ettiradi. 
Zardusht  «goh»lari  esa  tavhid  g’oyalari    asosiga  qurilgan,  ya’ni  olam  va 
koinotning yagona Parvardigoridan xabar beradi, uni Oliy va muqaddas (aniqrog’i, 
mutlaq) bilim egasi - Axura Mazda deb ulug’laydi. Shundan kelib chiqib, ikkinchi 
bosqich  ibtidosida  haqiqatda  ham  ilohiy  kalom  (ilohiy  nur)  turgan  emasmikan, 
degan tasavvur paydo bo’ladi. Tosh asri, hatto Bronza asri odami ham o’z-o’zidan 
Koinotni his qilgan, Koinot sirini o’sha davrda anglab eta olgan deb o’ylashga aql 
bovar  qilmaydi.  Zardusht  «goh»lari  esa  koinotdan,  cheksiz  borliq  va  uning 
mohiyatidan  so’zlaydi,  bir  so’z  bilan  aytganda,  «g’ayb  siri»dan  ogoh  etadi. 
Zardusht  ta’limoti  qaysi  zamonga,  qay  tarixiy  muddatga  to’g’ri  keladi,  degan 
savolga hanuz bir xil aniq javob yo’q. 
Yuqoridagi  ilovadan  ham  ma’lum  bo’ladiki,  Qadim  Yunon  va  Rim 
madaniyati  vakillari  Zaratushtrani  hatto  Troya  urushidan  5-6  ming  yil  qadim 
o’tgan  deb  hisoblaganlar.  Darhaqiqat,  Zardusht  «goh»lari  til  jihatidan 
«Avesto»ning asotir tafakkur aks etgan  qismidan qadimiyroqdir. Bu  Zardushtning 
tafakkurda  o’z  zamondoshlaridan  bir  necha  asr  yoki  ming  yillar  ilgarilab  ketib 
qolganini  anglatadimi  yoki  «goh»lar  matni  vahiy  bo’lib,  Zardusht  payg’ambarlik 
rutbasiga sazovor etilganmi? Bu savollarga javob topish imkondan tashqari. Ammo 
bizning  mintaqada  milodiy  eradan  3-4  ming  yil  ilgari  hozirgi  Turkmaniston 
hududida  va  miloddan  ilgari  XVIII-XVII  asrlar  Janubiy  O’zbekistonda  ilk 
(ibtidoiy)  shahar  jamoalari  paydo  bo’la  boshlaganini  arxeologlarimiz  dalillab 
berishdi.  Turkmaniston  janubida  Namozgohtepa,  Oltintepa,  O’zbekistonda 
Sopollitepa,  Jarqo’ton  yodgorliklari  bu  ilk  shahar  madaniyatining  namunalaridir. 
Metallurgiyaning  kashf  etilishi,  tosh  qurollar  o’rnini  mis  va  bronza  qurollari 
egallay  boshlashi,  tarixchilar  shahodatiga  ko’ra,  ilk  shahar  jamoalari  paydo  bo’la 
boshlagan davrga to’g’ri keladi. Bu bosqichda o’troq dehqonchilik asosida vujudga 
kelgan  doimiy  manzilgohlar  asta-sekin  ilk  shaharlar  darajasiga  qarab  yuksalib 
bordi.  Shaharda  hunarmandchilik  rivojlanib,  turli  kasbdagi  kishilarning  alohida 
mahallalarga birikuvi yuzaga keldi. 
Mintaqamiz hududidagi qadimshunoslarning kashfiyotlariga tayangan holda 
islomgacha ajdodlarimiz ma’naviy kamolotining ikkinchi bosqichi bugungi kundan 
kamida  4-5  ming  yil  ilgari  boshlanib,  to  Iskandar  Maqduniy  zamonigacha  yoki, 
aniqrog’i,  Eronda  Haxomanishiylar  (Axmoniylar)  sulolasi  imperiya  tuzgan  VI 
asrgacha  davom  etgani  haqida  taxmin  qilish  mumkin.  Bu  bosqich  dunyoni  asotir 
tafakkur doirasida yaxlit tasavvur qila boshlash davri bo’ldi. «Avesto» kitobi ushbu 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
33
tasavvurning  mevasi,  hosilasidir.  Bu  davrda  qadim  Dajla  va  Furot  daryolari 
oralig’ida  (Mesopotamiyada)  hamda  Nil  daryosi  quyi  oqimida  qudratli  yozma 
madaniyat  yaratildi,  ilk davlat tizimi shakllandi.  Ajdodlarimiz bir payt o’sha  yirik 
davlatlar  bilan  turli  munosabatlarga  kirishganlar.  Ular  yaratgan  «Avesto» 
madaniyati  ma’naviy  mazmuniga  ko’ra,  shumer  va  akkad  tillarida  Bobil  va 
Ashshur  davlatlari  hududida  yaratilgan  asotir  madaniyati  yodgorliklaridan  aslo 
kam  emas,  balki  ortiq  bo’lishi  mumkin.  Ammo,  afsuski,  Iskandar  Maqduniy 
bosqini  tufayli  yurtimizning  eng  qadimgi  yozma  yodgorliklari  shafqatsiz  yo’q 
qilindi,  bizgacha  mukammal  etib  kelmadi.  Bizning  bu  davr  haqidagi 
tasavvurlarimiz  «Avesto»  kitobidan  bizgacha  etib  kelgan  juzvlar  (qismlar),  o’zga 
o’lkalar qadim yozma madaniyat yodgorliklari ichidagi ma’lumotlar va arxeologik 
topilmalarni  qiyosiy  o’rganish  natijasidagina  shakllanib  bormoqda.  Bu  davrda  ilk 
shaharlar  madaniyati  vujudga  keldi,  turli  hunarmand  toifalari  ajralib  chiqa 
boshladi, yaxlit e’tiqod yuzaga kela boshladi, inson ilk bor Koinot nuridan bevosita 
bahramand  bo’ldi.  Asotir  tafakkurni,  qabilachilik  xurofotlarini  engib  o’tishga  ilk 
qadam  -  ikkilanish,  toyishlar  bilan  og’ushta  birinchi  tetapoya  qadam  -  qo’yila 
boshlandi. «Avesto» kitobida aks etgan voqelik yaxlit olganda ko’proq shu davrga 
mos  keladi.  Bu  davrning  eng  buyuk  ma’naviy  yutug’i  ilk  bor,  garchi  asotir 
tafakkur  bilan  qorishiq  bir  darajada  bo’lsa  ham  bobolarimiz  ruhida  ilm  va  imon 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish