Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. Turkistonda tasavvuf. Yassaviya va Kubraviya. Bahouddin



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

3-fasl. Turkistonda tasavvuf. Yassaviya va Kubraviya. Bahouddin 
Naqshband va tasavvuf irfonining kamoli
.
31
 
 
Tasavvuf  haqida  gapirganda,  albatta,  turkiy  tasavvuf  namoyandalari  haqida 
to’xtalib  o’tish  lozim  bo’ladi.  Ma’lumki,  Alisher  Navoiy  o’zining  «Nasoyim  ul-
mahabba  min  shamoyim  ul-futuvva»  asarida  turkiy  tasavvuf  shayxlari  haqida 
batafsil ma’lumotlar bergan. Bu o’rinda biz faqat jahon tasavvuf tariqatlaridan eng 
mashhurlarining  asoschilari  hisoblangan  Najmiddin  Kubro,  Ahmad  Yassaviy  va 
Bahovuddin Naqshband faoliyatlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz, xolos.  
Sharqning  mashhur  irfoniy  murshidlaridan  biri,  Kubraviya  tariqatining 
asoschisi  «shayxi  valiytarosh»  deb  nom  chiqargan  Najmiddin  Kubro  1145  yili 
Xorazmda  tavallud  topgan  bo’lib,  1221  yili  mo’g’ul  bosqinchilari  qo’lida  shahid 
bo’lgan.  Najmiddin  Kubro  ham  orif,  ham  oshiq,  ham  shoir  sifatida  mashhur.  U 
ruboiylar,  «Favoih  al-Jamol  va  favotih  al-Jalol»,  «Al-usul  al-ashara»,  «Risolat  al-
Xoif al-Xa’im  min  laumon al-la’im»,  «Risolat odob  uz-zokirin» kabi arab  tilidagi 
asarlarning  hamda  so’fiylar  uchun  fors  tilida  alohida  yozilgan  qo’llanmaning 
muallifidir.  
                                         
31
 
Ushbu 
faslni 
tayyorlashda 
filologiya 
fanlari 
nomzodi, 
TDShI 
dotsenti 
M. 
Eshmuhammedovaning muayyan ishtirokini qayd etib o’tish lozim
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
86
 U  o’z  tasavvuf  maktabini  yaratdi.  Ko’plab  muridlar  uning  tarbiyatida 
shayxlik martabasiga erishganlar. Najmiddan Kubro asos solgan maktab bir qancha 
mustaqil shohobchalar  vujudga kelishiga sabab bo’ldi  va ular  musulmon  Sharqida 
keng tarqaldi. Jumladan, buyuk tasavvuf shoiri 
Farididdin  Attor,  Jaloliddin  Rumiyning  padari 
buzrukvori,  Balx  shahrining  eng  nufuzli 
ulamosi  Shayx  Bahovuddin  Valad,  taniqli 
tasavvuf  adiblari  Azizuddin  Nasafiy  va 
Najmiddin  Doya  kabi  o’nlab  islom  olamida 
shuhrat 
taratgan 
shaxslar 
kubraviya 
tariqatining vakillari hisoblanadi. 
Turkiy  tasavvufning  yana  bir  yirik  vakili  Xoja  Ahmad  Yassaviy  Sayramda 
Ibrohim  ota  oilasida  dunyoga  keldi.  Uning  vafoti  manbalarda  1166  yil  deb 
ko’rsatilgan.  U  Buxoroda  Abduxoliq  G’ijduvoniy  bilan  birgalikda  Yusuf 
Hamadoniy  maktabida  tahsil  olgan  deb  rivoyat  qilinadi.  So’ngra  Turkistonga 
qaytib, mustaqil Yassaviya tariqatiga asos soldi va o’z ta’limoti bo’yicha muridlar 
tarbiyaladi.  
Ahmad  Yassaviy  islom  ahkomlarining  turkiy  xalqlar  orasida  yoyilishiga 
katta hissa qo’shdi. Irfoniy adabiyotda maxsus «Hikmat» janrining yaratilishi ham 
uning  nomi  bilan  bog’liq.  U  o’z  hikmatlarida  ishq,  poklik,  halollik,  yolg’ondan 
saqlanish, kishi moliga xiyonat qilmaslik, to’g’rilik kabi ko’pgina insoniy fazilatlar 
haqida  kuyladi.  U  turkiy  tasavvuf  adabiyotida  o’ziga  xos  maktabga  asos  soldi. 
Turkiy dunyoda biror so’fiy shoir  yo’qki, unga ergashmagan,  undan o’rganmagan 
bo’lsin. 
«Maqomoti  xoja  Bahovuddin  Naqshband»  kitobida  shunday  rivoyat  bor: 
«Bir  kuni  xojamizning  sharif  suhbatlarida  Sulton  ul-Orifin  (ya’ni  Boyazid 
Bastomiy)ning  «Bu  yo’lda  yuruvchi  qanchalik  yurmasin,  so’nggi  qadami  bizning 
birinchi qadamimiz  ustida bo’ladi», degan  so’zlari  naql qilinibdi. Xojamiz  g’ayrat 
yuzasidan: «Birinchi qadami Boyazidning oxirgi qadami ustida bo’lmagan kishiga 
Haq  subhonahuning  suhbati  harom  bo’lsin!»  degan  edilar.  Va  ular:  «Biz  intihoni 
ibtidoda tugallaymiz», der edilar.»
32
 
Ushbu naqlda bir haqiqat aks etgan: tasavvuf irfonining takomilida Boyazid 
Bastomiy (IX asr oxiri) yo’l boshida, Bahovuddin Naqshband (1318-1383) esa yo’l 
oxirida  turiptilar.  Boyazid  Bastomiyning  oxirgi  qadami,  naqshbandiya  suluki 
uchun birinchi qadam bo’lmog’ligi farzdir, chunki tadrijiylik shuni taqozo etadi. 
                                         
32 Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon (Maqomoti Xoja 
Bahouddin Naqshband). T.-«Yozuvchi»-1993, s.47 
Shariat  –  (arab  tilidagi  lug’aviy 
ma’nosi  “yo’l”).  Islom  dinida  barcha 
musulmonlar 
rioya 
qilishi 
shart 
bo’lgan 
umumiy 
qonun-qoidalar. 
Tasavvuf  yo’lini  tanlagan  sufiylar 
uchun  rioya  qilish  shart  bo’lgan 
birinchi bosqich. 
 
Tariqat  –  arab  tilida  “tariq”  so’zining 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
87
Darhaqiqat,  IX  asrdan  ongli  ravishda 
rivojlana  boshlagan  tasavvuf  irfoni  XII-XIII 
asrlarda  o’zining  oliy  bosqichiga  ko’tarilib, 
naqshbandiya  tariqatida  mukammal  nihoya 
topdi.  Shu  sababli  keyingi  asrlarning  eng 
keng  tarqalgan  (g’arbda  Hijozu  Yaman, 
shimolda 
Bolqonu  Volgabo’yi,  janubda 
Indoneziyagacha 
urf 
bo’lgan) 
tariqati 
naqshbandiya  bo’ldi.  Naqshbandiya  yo’li, 
aytib  o’tganimizdek,  Bahouddin  Naqshband 
hazratlaridan  ancha  ilgari  Yusuf  Hamadoniy 
va  Abduholiq  G’ijduvoniy  (vafoti  1179)lar 
tomonidan  «Xojagon»  suluki  sifatida  asos 
olgan  bo’lib,  uning  mashhur  o’n  bir 
qoidasidan  sakkiztasi  o’sha  XII  asrdayoq 
shakllanganligi ma’lum. 
Naqshbandning  eng  mashhur  iborasi 
«Dil  ba  yoru  dast  ba  kor»  («Dil  yor  bilan,  qo’l  ish  bilan  band  bo’lsin»)  esa  endi 
tasavvuf  irfoni  o’z  asosiy  maqsadiga  erishganligini,  ya’ni  Haqiqat  asrori 
ko’ngillardan  muqim  o’rin  olganligi  va  bu  yog’i  amaliy  harakat  birinchi  o’ringa 
chiqa  boshlaganini  bildirar  edi.  Endi  so’fiyning  «Analhaq»,  ya’ni  men  Haqiqatni 
topdim, men Haq asrorini anglab etishga erishdim, deb hayratlanishi oxirgi qadam 
emas,  birinchi  qadam  bo’lib  qolgan  edi.  Behuda  emaski,  hazrati  Bahouddindan 
naql  etadilar:  «Talab  ayyomlarida  Mansur  Xalloj  sifati  ikki  marta  menda  tug’yon 
urdi.  Bir  dor  bor  edi,  ikki  marta  o’zimni  dor  ostiga  etkazdim  va  dedim:  «Joying 
mana  shu  dordir!  Tangri  inoyati  bilan  bu  maqomdan  o’tib  ketoldim.»  Hazrati 
Azizon  (Xoja  Ali  Rometaniy  -  vafoti  1321  yil)  aytgan  ekanlar:  «Agar  er  yuzida 
Xoja  Abduholiq  G’ijduvoniy  qaddasallohu  sirrahu-l-azizning  farzandlari  (ya’ni, 
ma’naviy  merosxo’rlari  -  muridlari)  dan  bir  kishi  bo’lganida  edi,  Mansur  hargiz 
dorga  osilmas  edi.»
33
  Bu  rivoyatlar  yana  bir  marta  naqshbandiya  tariqatining 
mintaqa  ma’naviyati  takomilida  irfon  bosqichi  uchun  yakunlovchi  va 
umumlashtiruvchi bo’lganligiga ishora etadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish