2-fasl. Tasavvuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi. Tasavvuf
tariqatlarining shakllanishi.
Darhaqiqat XII asrdan tub o’zgarishlar boshlandi. Imom G’azzoliyning
tug’ishgan ukasi Abdulfutuh Ahmad G’azzoliy (vafoti 1126 yil) akasi izidan
bormay, so’fiylik yo’lini ixtiyor etdi. U shayx Abu Ali al-Farmoziy (vafoti 1084
yil) va shayx Abu Bakr an-Nassoj at-Tusiy (vafoti 1084 yil) suhbatlariga noil
bo’ldi va Ibn Sinoning «Qush risolasi» asariga tasavvuf ruhida javobiya yozdi.
XII
asr
boshlarida
fors
mumtoz
she’riyatining
eng
yorqin
yulduzlaridan
Abdulmajid Majdud ibn Odam Sanoiy (1048 -
1140) yangi bir an’anani boshlab berdi; u
birinchilardan bo’lib asr boshida saroyni va
madhiyaguylikni tark etib, she’riyatga jiddiy
falsafiy-ijtimoiy va axloqiy masalalarni olib kirdi.
Shu sababdan uning «Sayrul-ibod ilal-maod»
(«Alloh bandalarining qaytar makonga safari») va
10 ming baytdan ortiq hajmdagi «Hadoyiq-ul-
haqiqa»(«Haqiqat bog’lari») dostonlari buyuk
xalaflari (izdoshlari) tomonidan so’fiyona ruhda
talqin etildi. Asr oxirlariga borib bu jarayon ancha
keng yoyildi - o’sha davr saroy she’riyatining
atoqli vakillari Anvariy(vafoti 1191y.), Hoqoniy
(1120-1199) va boshqalar birin-ketin uzlatga
chekinib, o’z homiylariga madhu sano o’rniga
jiddiy falsafiy qasidalar yozishga kirishdilar.
XII asr birinchi yarmida G’azzoliy qarashlari mintaqaning ko’p joyida hanuz
jiddiy anglab etilmagan, hatto uni qoralash, rad qilish harakatlari ko’zga tashlanar
edi. Ammo vaqt o’tgan sari buyuk mutafakkir merosining qadri va nufuzi osha
bordi. Irfon qadriyatlari borgan sari kengroq insonlar jamoasini o’ziga jalb etib,
turli tasavvuf tariqat va suluklari tarkib topa boshladi. XII-XIII asrlar davomida to
bizning zamonamizgacha muayyan ta’sirini saqlab kelgan asosiy tariqatlar -
Cuxravardiya (asoschilari Ziyauddin Abu Najib as-Suxravardiy - 1037-1168,
Shahobiddin Yahyo as-Suxravardiy - 1155-1191, Shahobiddin Abu Xafs Umar as-
Suxravardiy - vafoti 1234), Qodiriya (asoschisi -Abdulqodir bin Abu Solih Jiloniy
- 1077-1166), Rifoiya (asoschisi- Ahmad bin Ali ar-Rifoiy - 1106-1182),
Yassaviya (Ahmad Yassaviy vafoti - 1166 yil), Kubraviya (Najmiddin Kubro -
1145-1221), Shoziliya (Abulhasan Ali ash-Shoziliy - 1196-1258), Badaviya
(Ahmad al -Badaviy - 1199-1276), Dasukiya (Ibrohim ad-Dasukiy - 1246-1288),
Chishtiya (Muiniddin Muhammad Chishtiy - vafoti 1236), Mavlaviya (Jaloliddin
Rumiy - 1207-1273) shakllanib ulgurdi. Keyinchalik naqshbandiya deb shuhrat
topgan Xojagon sulukining qator shayxlari - Yusuf Hamadoniy (1049-1140),
Abdulholiq G’ijduvoniy (vafoti 1179), Orif Revgariy (vafoti 1259yil), Mahmud
Anjir Fag’naviy (vafoti 1272) kabilar ham shu ikki asr oralig’ida yashab o’tdilar.
Abu Madyon Shuayb bin al-Husayn (1126-1198), Majiddin Bag’dodiy (vafoti
Do'stlaringiz bilan baham: |