mantiqiy tafakkur qudrati lozim edi. Darhaqiqat,
IX asrda Eronda, qisman, Movarounnahr va
Xuroson da, Mazdayasna e’tiqodi hanuz keng urf
bo’libgina qolmay, hatto bu ta’limot
xususida bugungi kungacha etib kelgan muhim
asarlar yaratilgani bizga ma’lum. Xuddi shu davrda
Sharqiy
Turkistonda
monaviylik
bid’ati
va
buddaviylik e’tiqodi ruhida turkiy tilda boy adabiyot yaratildi. Kishilar ongiga
asrlar mobaynida o’rnashib kelgan bu singari ko’hna aqidalar yangi izchil Tavhid
e’tiqodi bilan almashishi uchun Sunna an’anasi kifoya qilmas edi. Bu kurashda
xolis ilmiy bahs quroli bo’lmish mantiqiy tafakkur qudrati o’ta zarur edi. Demak,
Tavhid ta’limotining taraqqiyotida ma’rifatchilik bosqichi har jihatdan tarixiy
zarurat bo’lib, bu yo’nalishdagi harakat Sunna bosqichi hali etakchi mavqe egallab
turgandayoq boshlangani sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |