Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

uyg’unligi  shakllana  boshlagani,  deyish  mumkin.  Agar  «Mazdayasna», 
«Axuramazda»  so’zlarida  yashiringan  ma’nolarni  Qur’oni  karim    «Baqara»  
surasining 255-oyati («Oyat 
al-kursi»)  mazmuni  bilan  ma’lum  darajada 
muvofiq  kelishiga  e’tibor  qiladigan  bo’lsak, 
o’sha  paytda  ham  insoniy  bilimlar  manbai 
yolg’iz  ilohiy  boqiy  bilim  deb  tasavvur 
qilinganini sezamiz. Ammo u davrlar odamining 
aksariyati  asotir  tafakkur  darajasida  dunyoni 
tasavvur  qilganliklari  sababidan, 
Zardusht 
«goh»lari  (munojotlari)dagi  tavhid  g’oyalari 
mushriklik adashuvlari bilan qorishib ketdi. 
«Mazdayasna» e’tiqodining axloqiy tamal 
toshi  –  «ezgu  o’y,  ezgu  so’z,  ezgu  amal»  birligi  qoidasi  ham  shu  davrdan 
kelayotgan yana bir ulug’ ma’naviy qadriyat deyish mumkin. 
Islomgacha butun bashariyat, jumladan, o’lkamiz xalqlari juda uzoq 
tarixiy  jarayonni  boshdan  kechirdilar,  buyuk 
ma’naviy 
kamolot 
yo’lini 
bosib 
o’tdilar. 
Ajdodlarimiz  avvalo  tabiat  bilan  munosabatda 
ma’lum  urug’,  qabila  jamoasi  tarkibida  o’zligini 
anglab  etgan  bo’lsalar,  so’ng  mintaqa  miqyosiga 
chiqdilar.  «Avesto»  ma’naviyati  Hindistonning 
«Veda»  madaniyati,  qadim  Shumer,  Bobil  va 
Ashshur  madaniyatlari,  qadim  Yunon  va  Rum 
antik  madaniyatlari  mohiyatiga  monand  bo’lib, 
ular singari tosh asridan boshlab shakllanib kelgan 
Imon  –  shaxs  ma’naviyati-
ning  muhim  tarkibiy  jihati,  o’zi 
anglab  etgan  va  to’g’ri  deb 
bilgan 
Borliq 
haqiqatiga 
samimiy  e’tiqod.  Imon-e’tiqod 
ma’naviyatning 
o’zak 
tomiri 
bo’lib, 
shaxs 
ma’navi-yati 
imondan  boshlanadi.  Xalqimiz 
tilida  “imonsiz”  degan  so’z  eng 
og’ir  haqorat  sanalishi  bejiz 
emas. 
Ilm – shaxs ma’naviyati-ning 
muhim  tarkibiy  jihati  va  milliy 
ma’naviyatimizga  xos  ma’rifat 
yo’llaridan 
biri, 
Borliq 
haqiqatini 
anglab 
etishda 
bilimga,  aql 
va 
tafakkurga 
tayanish. 
Ilm 
nuri 
bilan 
yorishmagan  e’tiqod  “taqlidiy 
imon” 
hisoblanadi 
va 
takabburlik 
bilan 
birlashsa, 
aqidaparast-likka olib boradi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
34
asotir  tafakkur  asosidagi  ma’naviyat  edi,  unda  dunyoni,  atrof-muhitni  idrok  etish 
o’ziga  xos  tarzda  kechardi.  Inson  ma’naviy  kamolotining  dastlabki  bosqichlarida 
bu  idrok  tarzi  ancha-muncha  ijobiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  esa-da,  keyinchalik 
uning cheklanganligi, ichki qusurlari bilinib qola boshladi. Bu ma’naviy kamolotda 
bo’hron  holatini  yuzaga  keltirdi,  mintaqa  xalqlari  taraqqiyotida  ma’naviy 
turg’unlik  xavfi  paydo  bo’ldi.  Navoiy  timsollaridan  foydalanib  ta’bir  etganda, 
ajdahoni  engib  o’tgan  Farhod  oldida  endi  Axriman-devni  engish  zarurati  paydo 
bo’ldi. Mazdayasna e’tiqodi asotir tafakkur qobig’idan chiqib keta olmadi.  
Turon  o’lkasida  asotir  tafakkurning  mutlaq  hukmronligi  aslida  qay 
davrgacha  bo’lganligini  hozir  aytish  qiyin,  ammo  milodiy  era  boshlanishidan 
ancha ilgariyoq bu o’lka xalqlari tafakkurida yangilanish boshlangan edi. Iskandar 
Maqduniy  davridan  Sharq  va  G’arb  madaniyatlari  uyg’unligining  yorqin  timsoli  - 
ellinizm yo’nalishi shakllangan bo’lsa, keyinroq Mazdayacna e’tiqodini qayta isloh 
qilish  orqali  monaviylik  bid’ati  vujudga  keldi.  Kushonlar  davrida  Hindistondan 
Budda e’tiqodi tarqalib, Vizantiyadan nasroniylar ko’chib kela boshladilar. Sibir va 
Mo’g’uliston  turkiy  xalqlari  Ko’k  tangri  e’tiqodini  takomillashtirib  bordilar. 
O’lkamizda milliy birlik tamoyili kuchayib borishi e’tiqodlar xilma-xilligi bilan bir 
paytga  to’g’ri  keldi.  Bunday  murakkab  ma’naviy  vaziyatning  ham  ijobiy,  ham 
ma’lum darajada salbiy oqibatlari o’zini ko’rsatmoqda edi. Ijobiyligi shunda ediki, 
ajdodlarimiz  ongidan  asotir  tafakkur  unsurlari  asta-sekin  siqib  chiqarilib,  milliy 
tafakkur  etakchi  mavqega  ko’tarilib  bordi.  Salbiy  jihati  shunda  ediki,  e’tiqodda 
sobitlik,  dunyoni  idrok  etishda  yaxlit  tasavvurlar  tizimi  yo’q  edi.  Eski  asotir 
tafakkurning inson ongidagi mutlaq hukmronligi boy berilgach, faqat milliy birlik, 
yagona  davlatchilikka  intilishgina  ma’naviyatdagi  umumiylikni  ma’lum  darajada 
saqlab turar edi.  
Inson  dunyoni,  voqelikni,  borliq  mohiyatini  to’liq  va  to’kis,  muayyan  va 
ravshan idrok etishi uchun yana bir ilohiy inoyat lozim bo’ldi. Insoniyat hayotidagi 
bu ulug’ ma’naviy yangilanish Arabiston yarim orolidan dunyoga tarqaldi. Johiliya 
(ya’ni  islomdan  avvalgi  davr)  arablarini  ba’zan  yalpi  ibtidoiy  jamoa  tuzumida 
yashagandek talqin etishadi. Bu to’g’ri emas. Arab tili qadim Bobil xalqi akkadlar 
va qadim  yahudiylar tili  bilan bir  guruhdagi qardosh tillardan bo’lib, shuning o’zi 
arab  xalqining  qadimiyligiga  ishoradir.  Janubiy  Arabistondagi  Yaman  va 
Xadramavt o’lkalarida  miloddan avvalgi  ming  yillik boshida  yozma  madaniyat va 
davlatchilik  an’analari  yaxshi  rivojlanganligi  fanga  ma’lum.  Keyingi  davrlarda 
ham Arabistonda turli podsholiklar mavjud bo’lgan. Faqat o’zgalar singari arablar 
ham  Qur’oni  karim  nozil  bo’lishidan  oldin  ma’naviy  va  ijtimoiy  jihatlardan 
bo’hronli holatda edilar. 
Yana  bir  narsani  qayd  etib  o’tmoq  lozimki,  arablarda  to  VII  asrgacha 
«Avesto»  yoki  «Vedalar»  singari  mukammal  shakllangan  asotir  dunyoqarash 
tizimi  mavjud  emas  edi,  bu  holat,  aytish  mumkinki,  yangi  yaxlit  e’tiqod  tizimini 
qabul  qilishni  ma’lum  darajada  osonlashtirar  edi.  Aksincha,  mintaqada  va  uning 
chegaralarida  tavhid  ta’limotiga  asoslangan  yahudiy  va  xristian  e’tiqodlari  keng 
tarqalganligi  ham  birmuncha  jarayonni  osonlashtirar  edi.  O’sha  davrda  arab 
qabilalarining  holati  turkiy  qavmlarning  Buyuk  turk  xoqonligi  tuzilishidan  biroz 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
35
oldingi  ahvoliga  yaqin  bo’lib,  ular  oldida  ham  qabilachilik  ziddiyatlarini  engib 
o’tib, yagona milliy davlat tuzish zarurati ro’y-rost ko’rinib qolgan payt edi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish