tasavvur shakllandi, yagona borliq mohiyatiga qarashlar xilma-xilligi idrok etildi.
E’tiqod ilm bilan mustahkamlandi. Inson o’zini va voqelikni tushunishda asotir
tafakkur bosqichidan ilmiy tafakkur bosqichiga ko’tarildi.
a) Sunna bosqichi – Ibrat ma’rifati;
Muhaddislar nazdida hazrati payg’ambarimiz ibrati inson ma’naviy
kamoloti uchun bosh mayoqdir. Shu sababli ular umr bo’yi riyozat chekib, hadis
to’plaganlar, ularni tahqiq etib “sahih“, ya’ni haqiqiy, ishonchlilarini “zaif”laridan
ajratib tasniflaganlar. Natijada, inson hayoti uchun nihoyatda muhim
muammolarga javob bera oladigan islomiy axloq-odob qoidalar tizimi vujudga
kelgan. Ibrat yo’li bugun ham shaxs ma’naviyatini shaklantiruvchi muhim
yo’nalishlardandir.
Asli ma’rifatning ilk yo’li ibratdir. Go’dak yorug’ dunyo yuziga kelib,
yashash ishqi bilan hayotga intilar ekan, ishni ibratdan boshlaydi, ona
ibrati, ota ibrati, akalar va opalar, buvilar va
bobolar ibrati bilan voqelikka o’z munosabatini
shakllantira boshlaydi. Bu dunyo asli insonga ibrat
uchun yaralgan. Daraxtlarning quyosh sari bo’y
cho’zmog’i - ibrat, jonivorlarning o’z taqdiriga
rizoligi - ibrat, tog’lar ustivorligi -ibrat, ummonlar
teranligi ibrat, quyosh va oy xizmati, kecha va
kunduz navbati- ibrat. Payg’ambarlar sidqi,
valiylar karomati, allomalar ilmi, zohidlar taqvosi,
oshiqlar ishqi, eranlar jasorati, tashabbuskorlar
g’ayrati, oqillar tadbiri, hayo egalarining andishasi,
siddiqlar ibosi, onalar mehri, otalar bag’rikengligi,
go’daklar beg’uborligi, keksalar ulug’vorligi -
barcha-barchasi inson uchun ibratdir.
Yomondan yomonlikni anglab, undan qaytmoq ibrat, yaxshidan yaxshilikni
anglab unga ergashmoq-ibrat. O’g’rining taqdiri- ibrat, fohishaning fojiasi- ibrat,
fotihlar umri -ibrat, sotqinlar tubanligi -ibrat. Nima ibrat emas? Barchasi ibrat.
Ibrat ola bilmoq - ma’naviyat, ko’rib - ibrat olmaslik - ma’naviy so’qirlikdir.
Ammo ibrat taqlid emasdir, ibrat o’rniga taqlid - dil ko’zining ko’rligiga dalolatdir,
qachonki, kimdaki, qaerda, qaysi zamonda ibrat o’rnini taqlid egallasa,
ma’naviyatning o’lgani - ana shu. Masalan, Payg’ambarimizning ayollarga
munosabati. Ul hazratning ayollarga bo’lgan shafqati, mehri, hilmi, sadoqati,
adolati - ibrat. Ul hazrat hayoti voqeligidan faqat ko’p xotin olishga ruxsatni
Ibrat - milliy ma’naviyati-mizga
xos ma’rifat yo’llari-dan biri, el-
yurt ehtiromiga sazovor ulug’
bir insonning yashash tarzi,
e’tiborga
loyiq
xatti
harakatlaridan na-muna olib,
hayotda ularga rioya qilish.
Jumladan, islom ma’naviyatida
payg’ambarimiz
Muhammad(sav)
ibratlari
etakchi ahamiyatga egadir. Shu
bilan birga ibrat ma’rifati-ni
ko’r-ko’rona
taqliddan
farq
qilish juda muhim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
208
ko’rish - xamoqat, ul hazratni ko’p xotinlikda ayblash - musulmon uchun xiyonat,
o’zga uchun tuhmat. Har ikki oxirgi hukm - mohiyatdan uzoq zohirbinlik va
jaholat, shayton vasvasasidir. Bir necha ayolga uylanib, ularga payg’ambar
shafqati, mehri, adolati va himmatini ko’rsata olaman deb, o’z-o’ziga firib berish -
takabburlik, shahvatparastlik va g’aflatning birgalashib insof va inson tafakkuri
ustidan hukm o’rnatishi, inson ma’naviy halokatining ibtidosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |