Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 163.18 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi163.18 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM
O’ZBEKISTON TARIXI kafedrasi
O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan

sessiya oralig‘i vazifalari


Тopshiriq №25


TOSHKENT-2019

O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan sessiya oralig’i vazifalarini bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar.
O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 5 ta topshiriqdan iborat. Topshiriqlar 76-96 varoqlik umumiy daftarga qo‘lyozma shaklda tayyorlanadi.

1-TOPSHIRIQ bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda berilgan mavzu rejasida ko‘rsatilgan savollarga yozma tarzda javob beriladi. Har bir reja to‘liq va batafsil yoritilishi kerak. Mavzuning rejasini yoritish bo‘yicha qo‘shimcha uslubiy ko‘rsatmalar topshiriq ichida berilgan.

2-TOPSHIRIQ bo‘yicha berilgan tarixiy tushunchalarga izoh yoziladi. Har bir tarixiy tushunchaning ta’rifi odatda bitta abzatsda, qisqa va lo‘nda bayon etilishi maqsadga muvofiq. Masalan:



Paleolit (yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5-mln. Yildan 12-ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Paleolit davri o’z navbatida ilk paleolit (2,5-mln. – 100-mingginchi yilliklar), o’rta paleolit (100-40-ming yilliklar) va so’nggi (yuqori) paleolit (40-12-ming yilliklar) bosqichlariga bo’linadi.

3-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim rol o‘ynagan sulolalarga yozma javob beriladi. Topshiriqni bajarish jarayonida har bir sulolaning mavjud bo‘lgan davri, hukmronlik qilgan hududlari, sulola vakillari, poytaxti va shaharlari, ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.

4-TOPSHIRIQ ikki qismdan iborat. Dastlab, O‘zbekiston tarixining ma’lum bir davri yuzasidan 30 ta test savollariga javob yoziladi. Testning kaliti quyidagi shaklda beriladi:




To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob



To‘g‘ri javob

1.

A

11.




21.




2.

B

12.




22.




3.

C

13.




23.




4.

D

14.




24.




5.




15.




25.




6.




16.




26.




7.




17.




27.




8.




18.




28.




9.




19.




29.




10.




20.




30.



Topshiriqning ikkinchi qismida berilgan mavzu yuzasidan individual tarzda 30 ta test savoli tuziladi. Topshiriq baholanayotganda tuzilgan test savollarining murakkablik darajasi va mantiqiy izchilligiga e’tibor beriladi.



5-TOPSHIRIQda Vatanimiz tarixida muhim o‘rin tutgan 5 ta tarixiy shaxs haqida yozma javob tayyorlanadi. Mazkur tarixiy shaxslar haqida ma’lumot yozayotganda ularning yashagan davri, hayot yo‘li (biografiyasi), ijodiy merosi, Vatanimiz tarixi va qolaversa umuminsoniyat tarixida tutgan o‘rniga batafsil, holisona baho berish lozim bo‘ladi.


Topshiriqlar bo‘yicha baholar taqsimoti




Topshiriqlar

Ajratilgan baho

1.

1-topshiriq (Mavzu konspekti)

5

2.

2-topshiriq (tarixiy tushunchalar izohi)

5

3.

3-topshiriq (sulolalar haqida ma’lumot)

5

4.

4-topshiriq (Test topshiriqlari)

5

5.

5-topshiriq (tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati)

5


14-17 – “3” baho

18-21 – “4” baho

22-25 – “5” baho

5 ta topshiriqdan jami 13 va undan past natija qoniqarsiz hisoblanib, yakuniy nazorat (imtixon)ga qo‘yilmaydi.



1-TOPSHIRIQ.
Quyidagi mavzu va uning rejalariga yozma javob bering
MAVZU: OʻZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH

OSTONASIDA (1989-1991).
Reja:

  1. XX asrning 80-yillari oxirida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.

  2. Oʻzbekistonning davlat mustaqilligini qoʻlga kiritish tomon yoʻl tutishi.

  3. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.


Adabiyotlar.


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., “Ma’naviyat”, 2008.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т., “Ўзбекистон”, 2011.

  3. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т., “Ўзбекистон”, 2015.

  4. Алимова Д.А., Голованов А.А. Ўзбекистон мустақил совет тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйиқ оқибатлари (1917-1990 йиллар). –Т., “Ўзбекистон”, 2000.

  5. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // Р. Рўзиев ва Қ. Хоназаров умумий таҳририда. Тўлдирилган учинчи нашри. – Т., “Шарқ”, 2006.

  6. Ражабов Қ., Қандов Б., Шоймардонов И. Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари. Тўлдирилган бешинчи нашри. – Т., “Ўзбекистон”, 2012. –Б. 244-274.

  7. Хўжамбердиев Ё. Ўзбеклар иши. – Т., “Ёзувчи”, 1990.

  8. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida). 3-kitob. 2-nashri (Talabalar uchun oʻquv qoʻllanma). – T., “Sharq”, 2010. –B. 460-472.

  9. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. – Т., “Шарқ”, 2000. –Б. 659-676.

  10. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон тарихи. – Т., “Шарқ”, 2000.

  11. Халқ сўзи. 2013 йил 14 июн сони.

  12. http://www.gov.uz

  13. http://www.press-service.uz


1.XX asrning 80-yillari oxirida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.
Oʻtgan asrning 80-yillari oʻrtalariga kelganda sovet davlatida ishlab chiqarish samaradorligi, maxsulot sifati, fan texnika taraqqiyoti boʻyicha jahon mamlakatlaridan orqaga qola boshlashi, mehnatga nisbatan qiziqtirish tizimining yoʻqolib borganligi tufayli odamlar ruhiyatida boqimandalik, umidsizlik va loqaydlik kayfiyatining kuchayib borganligini hayotiy misollarda ochib bering.

80-yillarning ikkinchi yarmiga kelganda Oʻzbekistonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha Ittifoqda oxirgi oʻrinlardan biriga tushib qolgani, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish Ittifoq darajasidan ikki barobar kamayib ketganligi, respublikamiz aholisining moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanganlik darajasi boshqa respublikalarga nisbatan nochor ahvolga tushib qolish sabablarini Prezidentimiz I.Karimov asarlarida keltirilgan tarixiy faktlarga asoslanib yoriting.

Sotsializmni isloh qilishga boʻlgan soʻnggi urinish – “Qayta qurish” siyosati va uning barbod boʻlish sabablari, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda Oʻzbekiston bilan Markaz manfaatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashib borishini yoriting. 1989-yilda Respublikamizning turli hududlarida millatlararo etnik mojarolarning sodir boʻlishi va buning orqasida turgan kuchlar kimlar boʻlganligiga aniqlik kiriting va tarixiy xulosalar chiqaring. Ishsizlikning koʻpayishi, narx-navolarning koʻtarilib keng xalq istemoli maxsulotlari tanqisligi, pulning qadrsizlanishi masalalariga e’tibor qarating.
2.Oʻzbekistonning davlat mustaqilligini qoʻlga kiritish tomon yoʻl tutishi.
Ushbu rejani yoritishda 1989-yil iyun oyidan I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi rahbari etib tayinlanishi, yangi rahbariyatning Fargʻona, Parkent, Boʻka voqealariga nisbatan tutgan pozitsiyasi, respublika aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilab izga solish borasida amalga oshirgan chora tadbirlarini qayd qiling. Bunda eng avvalo aholining kam ta’minlangan qismini qoʻllab-quvvatlash borasida davlat yerlari hisobidan aholiga qoʻshimcha tomorqa yer maydonlarining ajratib berilishi kabi muhim tadbirlarning tarixiy ahamiyatini ochib bering.

1989-yil oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, xalqimizning sovet tuzumi davrida ta’qib ostiga olingan milliy urf-odatlari, an’ana-qadriyatlarining tiklanishi (navruz, vijdon, din erkinligi) tomon yoʻl tutilishi xalqimiz ruhiyatida kelajakka ishonch, respublika rahbariyati tutgan yoʻlning xalqimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlash kayfiyatining boshlanganligini tarixiy misollar bilan asoslab bering.

1991-yil 17-mart referendumi va uning natijalari. Yangi Oʻzbekiston rahbariyati yuritayotgan milliy manfaatlarga javob beradigan xalqchil islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 1990-yil 24-martda Oʻzbekistonda Prezidentlik boshqaruvini ta’sis etilishining tarixiy ahamiyatiga e’tibor qarating.

1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi va unda ilgari surilgan tamoyillarni sharhlang.



3.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.
1990-1991-yillarga kelib sovet jamiyatida ichki ziddiyat va keskinlikning kuchayishi, eski tuzumning inqirozga yuz tutganligi nimalarda koʻrindi? Yangilangan ittifoq shartnomasi, uni ishlab chiqishdan koʻzlangan maqsad, yangi shartnomaga ittifoqdosh respublikalar, jumladan Oʻzbekistonning munosabati. “9+1” uchrashuvlari, „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi, eskilik tarafdorlari boʻlgan reaksion kuchlar bilan demokratik kuchlar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar. SSSRning yuqori davlat rahbarlaridan bir guruhining 1991-yil 19-21-avgustda Favqulodda holat Davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib davlat toʻntarishi oʻtkazishga urinishlari, uning barbod boʻlishi sabablari I.Karimov boshliq Oʻzbekiston hukumatining fitnachilarga nisbatan tungan pozitsiyasi qanday boʻlganligini tahlil qiling.

1991-yil avgust oyi oxirida yuzaga kelgan ogʻir va tahlikali tarixiy sharoitda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 20-avgustdagi Bayonoti, Prezidentimiz I.Karimovning respublika aholisiga murojaati va igtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan 21-avgust hamda 25-avgust Farmonlarining tub mohiyatini ochib bering.



2-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh bering
1917-yil fevral inqilobi. Ikki hokimiyatchilik. Muvaqqat hukumat. Turkiston Qoʻmitasi. Jadidlarning faollashuvi. «Shoʻroi Islom». «Shoʻroi ulamo». Oktabr davlat toʻntarilishi. Xalq Komissarlari Soveti. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti. Shovinistik siyosat. Turkiston Muxtoriyati. TASSR. Turkiston Kompartiyasi. Osipov isyoni. Turkkomissiya. Qurolli harakat. Qoʻrboshi. Yosh xivaliklar. Xiva xonligining agʻdarilishi, XXSR. XSSR. Yosh buxoroliklar. “Kolesov voqeasi”. Buxoro amirligining agʻdarilishi. BXSR. BSSR. Oziq-ovqat razverstkasi. Fuqarolar urushi. «Harbiy kommunizm». Yangi iqtisodiy siyosat (NEP).

Milliy davlat chegaralanishi. Oʻzbekiston SSR. Ateizm, Byurokratiya, Kompartiya, Jamoalashtirish, Industrlashtirish, Yer-suv islohotlari. «Qoʻshchi» uyushmasi. Ikkinchi jahon urushi, “Inogʻomovchilik”, Kommunizm, Sotsializm, Quloqlashtirish, Repressiya, Totalitarizm, “Turgʻunlik yillari”. “Xujum” harakati, Shovinizm, “Qosimovchilik”, “Qizil imperiya”. Paxta yakkahokimligi. “Orol muammosi”
3-TOPShIRIQ.
Quyidagi davlat va siyosiy tuzulmalar haqida ma’lumot bering.
1.Buxoro xonligi

2.Xiva xonligi

3.Qo‘qon xonligi

4.Turkiston General-gubernatorligi

5.Turkiston Muxtoriyati
4-TOPShIRIQ.
Quyidagi TEST larni yeching:
1.Odamlarning biron bir o’simlik yoki hayvon bilan o’zaro qarindoshlik

aloqasiga ishonishi ...

A) Totemizm B) Sehirgarlik

C) Animizm D) Fetishizm


2.Inson sun’iy olov hosil qilishni qachon o’rgangan?

A) Ilk paleolit davrida B) Neolit davrida

C) O’rta paleolit davrida D) Mezolit davrida
3.Antropogenez jarayoni qaysi davrga kelib o’z nihoyasiga yetdi?

A) So’nggi paleolitda B) Mezolit davrida

C) O’rta paleolitda D) Neolit-eneolitda
4.Tosh davri bosqichlari to’g’ri ketma-ketlikda joylashtirilgan qatorni toping

A) Paleolit, Mezolit, Eneolit, Neolit

B) Paleolit, Eneolit, Mezolit, Neolit

C) Paleolit, Mezolit, Neolit, Eneolit

D) Paleolit, Neolit, Mezolit, Bronza
5.Kaltaminor va Joytun madaniyatlari qaysi davrga tegishli?

A) So’nggi paleolit B) Neolit

C) Mezolit D) Eneolit
6.Ilk paleolitning so’nggi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush

sharoitiga moslashishga undagan edi?

A) metallning kashf etilishi

B) Buyuk muzlashning boshlanishi

C) ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi

D) Buyuk muzlikning chekinishi


7.Mezolit davridan so’ng ...

A) muzliklar davri boshlandi B) neolit davri boshlandi

C) muzliklar davri tugadi D) eneolit davri boshlandi
8.Quyidagilardan qaysi biri so’nggi paleolitda sodir bo’lgan?

A) mikrolitlar yasay boshlandi

B) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi

C) to’qimachilik kashf etildi

D) odamlarning urug’ jamoalarga ajralib chiqishi boshlandi
9.Tarix fanida odamning kelib chiqishi va rivojlanishi qaysi ma’lumotlarga

asoslanib o’rganiladi?

A) arxeologiya va etnografiya B) arxeologiya va antropologiya

C) antropologiya va lingvistika D) antropologiya va etnografiya


10.Vatanimiz hududida ilk paleolit davri qaysi ming yilliklarni qamrab olgan?

A) mil.avv. 40-12 ming yilliklarni

B) mil.avv. 200-40 ming yilliklarni

C) mil.avv. 200-50 ming yilliklarni

D) mil.avv. 1 mln.-100 ming yilliklarni
11.Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish uchun

shart-sharoit vujudga kelgan?

A) Temir davrida B) Qadimgi odamlar paydo bo’lganda

C) Bronza davrida D) Ibtidoiy to’da davrining oxirlariga kelib


12.Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida kamon va o’q-yoy ixtiro qilingan?

A) Eneolitda B) Ilk paleolitda

C) Mezolitda D) So’nggi paleolitda
13. Mochay, Qo’shilish, Obishir yodgorliklari qaysi davrga oid?

A) So’nggi paleolit B) Neolit

C) Mezolit D) Eneolit
14.Neolit davrida odamlar qanday kashfiyotni amalga oshirganlar?

A) bronza kashf etildi

B) sopol idishlar yasash kashf etildi

C) dafn tartiblari vujudga keldi

D) o’q-y-yoy kashf etildi
15.O’zbekiston tarixining eng qadimgi bo’limini aniqlang

A) ibtidoiy san’at tarixi

B) ishlab chiqarish xo’jaliklari tarixi

C) ma’naviy madaniyat tarixi

D) moddiy madaniyat tarixi
16.Inson, uning kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganuvchi fanni aniqlang

A) etnografiya B) antropologiya

C) arxeologiya D) epigrafika
17.Tarixning qaysi davrida neandertal turidagi odamlar O’rta Osiyo hududida

keng tarqalgan?

A) ilk paleolitda B) mezolit davrida

C) o’rta paleolitda D) neolit davrida


18.Tarixning qaysi davrida zamonaviy qiyofadagi odamlar paydo bo’lgan?

A) o’rta paleolitda B) mezolit davrida

C) so’nggi paleolitda D) ilk paleolitda
19.Selungur g’ori qaerda joylashgan?

A) Chirchiq vohasida B) Boysun tog’ida

C) Farg’ona vodiysida D) Toshkent viloyatida
20.Qanday xo’jalik o’zlashtiruvchi xo’jalik deyiladi?

A) boshoqli o’simliklar o’stirish

B) ovchilik, termachilik

C) mevalar terish, bog’dorchilik

D) Chorvachilik, xunarmandchilik
21.O’rta paleolit davriga oid manzilgohni aniqlang

A) Selungur B) Teshiktosh

C) Zamonbobo D) Machay
22.Tarixning qaysi davrida qoyatosh suratlari paydo bo’lgan?

A) mezolit davrida B) ilk paleolitda

C) o’rta paleolitda D) so’nggi paleolitda
23.O’zbekistonning qaysi hududidan dunyoga mashhur qoyatosh suratlari topilgan?

A) Qashqadaryodan B) Surxondaryodan

C) Samarqanddan D) Toshkentdan
24.Eng qadimgi odamlar hayotida o’zlashtirma xo’jalik qachongacha davom etadi?

A) neolit davrigacha B) bronza davrigacha

C) temir davrigacha D) so’nggi paleolitgacha
25.Tarixning qaysi davrida kulolchilik, tikuvchilik va to’qimachilik paydo bo’lgan?

A) o’rta tosh asrida B) yangi tosh asrida

C) mis tosh asrida D) bronza davrida
26.Quyida keltirilgan tarixiy davrlardan qaysi biri boshqalarga nisbatan uzoq

muddat davom etgan?

A) bronza davri B) mis-tosh davri

C) o’rta tosh davri D) neolit


27.Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti ...

A) Chorvachilik va termachilik edi B) dehqonchilik va ovchilik edi

C) termachilik va ovchilik edi D) ovchilik va baliqchilik edi
28.Ilk paleolitning so’nggi davrlarida ...

A) Kroman’on odami shakllandi B) Kamon ixtiro qilindi

C) Matriarxat davri boshlandi D) Buyuk muzlash boshlandi
29.Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan qadimgi odamlar jamoasi bu ...

A) urug’ jamoasi B) qo’shnichilik jamoasi

C) ibtidoiy to’da D) qabila ittifoqi
30.Qaysi davrdan boshlab odamlar ibtidoiy to’da tarzida yashamay qo’ydilar?

A) o’rta tosh asridan B) yangi tosh asridan

C) so’nggi paleolitdan D) o’rta paleolitdan
Quyudagi mavzu bo’yicha 30 ta test savollari tuzing.
MAVZU: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari.
5-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
1.Najmiddin Qubro

2.Jaloliddin Manguberdi

3.Amir Temur

4.Mirzo Ulug‘bek



5.Xoja Axror
Download 163.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar