Koʻchmanchilik



Download 32,5 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi32,5 Kb.
#326330
Bog'liq
Koʻchmanchilik


Koʻchmanchilik

Koʻchmanchilik — chorvachilikning maxsus shakli va bunday xoʻjalik bilan hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. "K" atamasi baʼzan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yoʻsini maʼnosida ham talqin etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va boshqalar).

Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, Shim. Afrika va Jan. Yevropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga keladi. Miloddan avvalgi 4- va 3-ming yilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirgʻoq mintaqalarda, togʻ oldi hududlarda, jilgʻalar va daryo adoklarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik bilan birga olib boriladigan oʻtroq va yarim oʻtroq xonaki chorvachilik xoʻjaligi shakllanadi. Asrlar osha chorva boshlarining koʻpayishi va chorvachilik xoʻjaligining kengayib borishi bilan togʻ yaylovlari va dashtu biyobon oʻtloqlari oʻzlashtiriladi. Chorva mollarini keng maydonlarga tomon xaydab oʻtlatish bilan chorvachilikning yangi shakli — podachilik — yaylov chorvachiligi paydo boʻladi.

Podachilikning oʻziga xos xususiyatlari (podani yaylovga haydash, oʻtlatish, suvlatish, qoʻriqlash, qirqim va h.k.) chorva xoʻjaligining erkaqlar ixtiyoriga oʻtishiga va uni maʼlum darajada ixtisoslashib borishiga olib keladi. Podachilik bilan dastavval yirik va mayda shoxli hayvonlar (qoramol, qoʻy, echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan boʻlsa, keyinchalik esa yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki koʻchma chorvachilikka qoʻy va echkilar koʻproq moslashib, soʻngra yilqichilik va tuyachilik paydo boʻlgan.

Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning togʻ oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi oʻtroq va yarim oʻtroq qabilalarning bir qismi hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, koʻchma chorvachilik xoʻjaligi muqimlashadi. Miloddan avvalgi 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chorvador podachi jamoalarining moddiymadaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-bogʻyop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqoʻrgʻon)da, Fargʻona vodiysi (Vodil va Karomkoʻl) da, Toshkent vohasida (Achikoʻl) topib oʻrganilgan (qarang Andronovo madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati).

Oʻrta Osiyoning qad. koʻchmanchilari va chorvachilik toʻgʻrisida yozma manbalarda (Avesto, yunon muarrixlari Gerodot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) koʻpgina qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor bilan qoplangan togʻlari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qoʻyqoʻzilari taʼriflanib, choʻpon — "Xshupan" nomi bilan alohida tabaqa vakili sifatida ulugʻlanadi. Chorvachilik "ezgu amal" deb taʼriflanib, "chorvani" vodiylarda qoʻralarda saqlash, "yirik va mayda shoxli mol koʻp oʻgʻit bersa, oʻsha yer aziz" degan satrlarda chorvachilikning hayotiy mohiyati borasida olqishli soʻzlar yuritiladi va bunday xoʻjalik ezgu amal sifatida targʻib etiladi. Gerodot Pont Evksin (Qora dengiz) boʻylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning koʻchmanchi chorvadorlari, massaget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa hunnu, syanbi, usun va boshqa koʻchmanchilar toʻgʻrisida tarixiy tafsilotlar keltiriladi.

Tabiiy sharoitga qarab K. turli shaklda amalga oshiriladi. Yozma manbalarda berilgan tasniflarga qaraganda, oʻrta asrlarda koʻchmanchi chorvadorlar oʻz podalarini dashtliklar boʻylab bahorda uglov uchun jan.dan shim.ga va koʻzda esa qishlov uchun shim.dan jan.ga tomon haydaganlar (mas, oʻtmishda qozoqlar va boshqalar). Ayrim koʻchmanchi qabilalar (mas. arablar, oʻgʻuzlar, moʻgʻullar va balujlar) dashtliklarda qish va bahorgi yogʻingarchiliklardan hosil boʻlgan qoqlar — koʻlmaqlar hamda karvon yoʻllar va yaylovlarda maxsus kavlangan quduklar oralab yoki ayrim suvloqlar atrofida koʻchib yurganlar. Koʻchmanchi chorvadorlarning 3-guruhi esa (kurdlar, pashtunlar, hazoralar, nuristoniylar va qirgʻizlar) yozda vodiylardan togʻ yaylovlariga, koʻzda esa, aksincha, togʻ yon bagʻirlaridan vodiylarga tomon koʻchganlar. Shubhasiz, yaylovlarga koʻchib borib oʻrvashish, chorva mollarini birgalikda oʻtlovlarga yoyish chorvador urugʻ-aymoqlarni birlashtirib, ular oʻrtasida qabila va qabilalar ittifoqi uyushmasini shakllantirgan.

Garchi yaylov chorvachiligi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholining asosiy mashgʻuloti hisoblansada, K. xoʻjaligida qoʻshimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham maʼlum darajada oʻrin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi koʻchib yursa, yarmi oʻtroq yashagan. Ibtidoiy dehqonchilik, odatda, chorvachilik va ovchilik bilan birga qoʻshib olib borilgan. Oʻrta Osiyoda yashagan saqlar, hunnularning bir qismi va qad. turklar va boshqa chorvadorlar maʼlum darajada dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Koʻchmanchilar hayotida, ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy topgan edi. Arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, sakmassaget qabilalar oʻrtasida misgarlik va zargarlik yuqori darajada boʻlib, fanda "hayvon tasvirlari naqqoshligi" nomi bilan shuhrat topgan oʻziga xos yuksak sanʼat uslubi keng tarqalgan. Gerodotning yozishicha, massagetlar mis va oltindan qurol-yarogʻlar, ot anjomlari, idish-tovoqlar, zebi-ziynatlarni yasashni, shuningdek, tilla va kumush bezaqli naqshinkor bosh kiyimlar, kamar va belbogʻlar kabi zardoʻzlik buyumlarini tikishni bilishgan.

Oʻrta asr yozma manbalarida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholi "sahronishin" — saxroyi, "dashtnishin — dashtlik va "koʻhnishin" — togʻlik shakllaridagi atamalar bilan tilga olinadi. Yozgi va qishki yaylovlarning yaqinroq masofada joylashgani chorvador qabilalarning maʼlum qismi uchun yarim oʻtroq va yarim K. bilan kun kechirishga hamda yordamchi xoʻjalik sifatida ibtidoiy dehqonchilik bilan ham shugʻullanishga imkon bergan. Bunday chorvador aholi qishlov uchun xashak tayyorlab jamgʻarishni koʻzlab koʻchma boshpanalar bilan bir qatorda doimiy turar joylar ham barpo etgan.

K. xoʻjaligining asrlar davomida kengayib borishi bilan chorvador aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida fanda "dasht yoʻli taraqqiyoti" nomi bilan talqin etilgan oʻziga xos rivojlanish soʻqmoqlari shakllangan. Bunday yuksalish yoʻnalishining inʼikosi koʻchmanchi chorvadorlarning moddiy madaniyati va maʼnaviyatida oʻz aksini topgan.

K. xoʻjaligining kengayishi va chorva boshlarining ortib borishi bilan koʻchmanchi aholi oʻrtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuzaga keladi. Koʻchmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva mollari bilan bir katorda xususiy chorva paydo boʻladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda daryo va koʻl yoqalarida joylashgan suvlotlar) urugʻ va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qoʻra-qoʻra molu, otar-otar koʻyu echkilar va uyur-uyur yilqilar urugʻ va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylantiriladi. Mas., miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 4-asrlarda Sirdaryo havzasining oʻrta qismida tashkil topgan Qangʻ davlatinmng jabgʻulari oʻz chorva mollarini Taloye yaylovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida oʻtkazgan.

K. xoʻjaligi va urugʻ-aymoklar hamda el-yurt "biy" — urugʻ oqsoqoli, "yabgʻu" — qabila boshligʻi, "bek" va "xoqon" — ulus va yurt hukmdori tomonidan boshqarilib, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi qabilalarning oʻziga xos davlat boshqaruvi tizimlari shakllanadi (qarang Hunlar, Turk xoqonligi). Koʻchmanchi chorvadorlar urtasida urugʻ-aymoqchilik udumlari nihoyatda kuchli boʻlib, oʻzga yurtlarga chopqunlar qilish, aholisining bir qismini qul qilib haydab ketish va sotish odatiy hodisa boʻlgan. Shu sababli koʻchmanchilarda qulchilikning patriarxal shakli asrlar mobaynida saqlanib, uning qoldiqlari qariyb 20-asr boshlarigacha yetib keladi.

K. xoʻjaligining oʻziga xos xususiyati tufayli chorvadorlar hech qachon oʻtroq xalqlardan ajralgan holda hayot kechirmagan. Tarixning barcha davrlarida hayotiy zarurat koʻchmanchi chorvadorlarni oʻtroq dehqon aholi bilan ham iqtisodiy va siyosiy, ham madaniy jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlab turgan. Koʻchmanchi qabilalar bilan oʻtroq aholi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar kadimdan vujudga kelgan. Koʻchmanchi xoʻjaligida hayotiy zarur boʻlgan barcha vosita va mahsulotlarning yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan muhtojlik, shuningdek, oʻtroq aholining chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan talabi ular oʻrtasida mol ayirboshlashni yuzaga keltirgan. Asrlar davomida oʻzaro iqtisodiy aloqalar kengayib, dashtliklar bilan dehqonchilik vohalari chegaralarida esa tashqi savdo bozorlari vujudga kelgan. Ayrim yillarda esa, qishning qahraton, bahor mavsumining qurgʻoq kelishi va yaylovlarda mollarning qirilib ketishi oqibatida koʻchmanchilar dehqonchilik vohasiga kirib kelib, jon saqlagan. Koʻchmanchi qabilalar bilan oʻtroq aholi oʻrtasidagi tinchlik munosabatlar koʻpincha boʻzilib, oʻzaro toʻqvashuvlar sodir boʻlgan. Koʻchmanchilar doimiy ravishda dehqonchilik vohalari va qishloqlarga hujum qilib turganlar. Shahar va viloyatlarni bosib olib oʻz siyosiy hukmronligini oʻrnatganlar (mas, Eftaliylar, moʻgʻullar istilosi va boshqalar).

Chorvador qabilalarning yirik ittifoqi asosida vujudga kelgan muvaqqat "koʻchmanchi xoqonliklar" oʻtroq aholini boʻysundirib, dehqonchilik vohalarini zabt etgach, oʻrta asrlarning qudratli mustabid saltanatliklarga aylangani tarixda kam emas (Arab xalifaligi, Oʻrta Osiyo, Eron va boshqa hududlarda tashkil topgan moʻgʻul davlatlari shular jumlasidandir). Biroq oʻtroq dehqonchilik bilan taqqoslaganda K. xoʻjaligi nihoyatda sust rivojlanib, ijtimoiy munosabatlarning oʻsishiga imkon bermagan. Buning ustiga ishlab chiqarish qurollarini takomillashtirilmasligi, hayotiy nozu neʼmatlarni yaratish imkoniyatlarining cheklanganligi, xoʻjalikning maʼlum darajada notoʻgʻri ekani hamda muqim oʻtroqlikning mavjud emasligi oqibatida K. xoʻjaligi qoloq va turgʻun hayotiy uslubga aylanib qolgan edi. Bunday umrboqiy holat, shubhasiz, koʻchmanchi xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga olib kelgan.



20-asr boshlarida chorvachilik bilan shu-gʻullangan hamda patriarxal urugʻaymoqchilik munosabatlari saqlanib qolgan qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, shuningdek, oltoyliklar va Kavkazdagi bir qancha xalqlar ham K. yoki yarim K. bilan kun kechirganlar. Hozirgi vaqtda ham Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika hududlarida koʻchmanchilarning kattagiva guruhlari (moʻgʻullar, arablar, balujlar, kurdlar va boshqalar) yashamoqdalar. 20-asrda zamonaviy transport vositalarining koʻchmanchilar hayotiga kirib borishi, qoʻriq yerdarning oʻzlashtirilishi va yaylovlarning tobora qisqarishi bilan koʻch-manchi chorvadorlarning tarixiy udumlari va anʼanalari maʼlum darajada oʻzgarib, ularda oʻtroqlashuv jarayoni kuchaydi.

.
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish