Grafika. 20-30- yillar o‘zbek grafika san’atining tur va janrlarining kengaydi. Rassomlar grafikaning ayrim tur va janrlari buyiCha mutaxassislashib borishlari esa uning yanada ta`sirChan bo‘lishiga, g‘oyaviy-emotsional tomonini Chukurlashishiga olib keldi. 1938 yili Toshkentda grafika ustaxonasini tashkil etilishi ham shu rivojlanishga samarali xissa qo‘shdi. Rassomlarning turli qurilish va ob`ektlariga borib surat Chizishlari hayot bilan yaqinlashishlariga, turli mavzuda asarlar yaratishlariga imkoniyat berdi.. Ular grafikani hamma tur va janrlarida xalq hayotiga bag‘ishlangan suratlar yaratdilar, yozuvChi va shoirlarining yaratgan asarlariga bezak va illyustratsiyalar ishladilar. SHu payitdan boshlab kitob bezovChi, va illyustratsiya ishlovChi rassomlar mustaqil ijod qilaboshladilar. O‘zbek adabiyoti sh’eriyat va prozada erishilgan yutuqlari- tasviriy san’atning kitob grafikasi rivojida sezilarli iz qoldirdi. Navoiy, Muqimiy, Furqat va boshqa mumtoz san’at vakillari shuningdek shakllanib kelayotgan o‘zbek adabiyotining vakillari A.Qodiriy,X.Olimjon G.Gulom Oybek va boshqalarning asarlari Chop etildi. Rassomlar kitob ruhiga mos asarlar yaratishga intilishlari uning plastik yeChimida ham o‘z ifodasini topdi. Milliy o‘zbek kitob grafikasi shakllana boshladi. SHu yillarda o‘zbek zamonaviy milliy kitob grafikasining asosChisi I.Ikromov ijodi boshlandi. I.Ikromov portreti Iskandar Ikromov (1904-74). Toshkentda tugilib o‘sgan I.Ikromov o‘lka badiiy texnikumida tasviriy san’at asoslarini egalladi. O‘qib yurgan kezlaridayoq "Mushtum", «Bolalar dunyosi" jurnallarida o‘z Chizgi va kompozitsiyalari bilan qatnashib yurdi. Texiikumini tugatgaCh u Leningraddagi(hozirgi Peterburgdagi) Butun Rossiya Badiiy akademiyasi qoshidagi Badiiy xunarmanlik texnikumining grafika bo‘limiga o‘qishga kirib 1929 yili tugatgaCh Toshkentdagi yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Davlat nashriyotining grafika bo‘limiga raxbarlik lavozimiga ishga keldi. Ikromov Toshkentda qaytgaCh o‘z malakasini oshirishga kirishib o‘z uslub va dastxati ustida ish boshladi. Milliy san’at an’analarini o‘rgandi. Ommabop maqola va risolalar yozdi.
Rassomning kitob bezash borasidagi dastlabki ishlari 30-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo kitob bezash va xattotlik san’ati an’analari asosida milliy o‘ziga xos kitob bezash san’ati asoslarini yarataboshladi. U rus va sovet kitob grafikasi an’analaridan voz keChmagan xolda kitob harakteri va mazmuniga qarab bezak tanlay boshladi. N.Safarovning "Unutilmas kunlar" (1932), F.Panferovniig "Bruski." (1932) Ya.Buxbandning "Kurash" (1933) p`essasi, A. Loxutiyning "Biz yengamiz" she`rlar to‘plamiga ishlangan asarlarida rassom muqova bezagi, harflar konstruktsiyasi harakteri va tasviriy elementlari bilan kitob mazmunini oChishga intiladi. Jumladan N.Safarovning "Unutilmas kunlar" kitobi muqovasida yonib va vayron qulayotgan uylar ko‘rinishi, hamda tepadan tomayotgan kon tomChilari O‘rta Osiyoda 1916 yillda bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakatining shavqatsizlik bilan bostirilganligi obrazli talqin etiladi.
I.Ikromov muqovani bezashda milliy kitob bezash san’atiga murojaat qilganligi, naqsh va yozuvlar uyg‘unligida badiiy obraz yaratishga intilganligida uning V.A.Uspenskining "Farxod va SHirin" musiqali dramasiga ishlangan supermuqovada (1937) hamda Navoiyning "Hamsa", "Layli va Majnun" asarlariga (1940) ishlangan supermuqovada ko‘rinadi. Rassom kitob muqovasini bezashda uyma va bo‘rtma naqshlar va tasvirlardan keng foydalanadi. Bu usul keyinChalik rassom ijodining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanadi.
20 - 30 yillarda plakat san’ati ijtimoiy hayotda muhim o‘rinni egalladi. Odamlarni ma’rifatga Chorlash, ijtimoiy hayotga faolroq ishtirok etish, obodonChilik, yoshlarni bilimli bo‘lishga ChaqiruvChi plakatlar ko‘plab ishlandi.Rassomlar ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklarga odrmlar diqqatini tortuvChi, o‘g‘rilik,talonChilik, poroxo‘rlik kabi illatlarni fosh etuvChi plakatlar ishladilar. SHu yillarda o‘zining go‘zal plastik yeChitmli plakatlari bilan ishtirok etgan Usto Mo‘minning orginal plakatlari tevarak atrofini urab olgan hayotga, muxitga murojaat kildi, odamlar, zamonaviy tip va kiyimlardan ilxom oldi.
SHu real asosni shoirona talkin etishga intilib Chizik plastikasi, nur soya va faktura emotsional imkoniyatlardan, rangning poetik kuChidan unumli foydalanishga intildi. U yaratgan har bir plakatiga milliy ruh berishga intildi. Rassom Usto Mo‘min «Xasharga» plakatida shark san’ati, eng avvalo miniatyura, devoriy rasm an’analarini Yevropa san’ati an’analari bilan uyg‘unlikda yangi san’at sintezini yaratishga intildi. Rassom ishlatgan Chiziklardagi musikaviylik, biroz o‘zaytirilgan xolda ishlangan odamlar komatining silueti rassom asarlarining poetik tomonini belgilashda muhim rol uynaydi. Usto Mumin plakatlar uChun yorkin buyoklar ishlatilmaydi, lekin Chizik va nursoyalarining ifodaviy imkoniyatlaridan unumli foydalanib ta’sirli plakatlar yaratishga muyassar bo‘lgan. Rassomning kitob grafikasidagi ishlari ko‘p emas. Lekin ular o‘zbek kitob grafikasi tarixida muhim o‘rinni egallaydi. Rassomning shu sohada ishlagan asarlari grafikaning boshqa turlarida, jumladan, plakat, dastgoh grafikada yaratgan asarlari singari o‘zining original kompozitsion yeChimi, Chiziklar plastikasining go‘zalligi, nur-soya imkoniyatlaridagi nafis o‘zgarish va o‘tishlar uning yaratgan asarlariga alohida poetik kuCh baxsh etadi. Uning Abdulla Kodiriyning «Obid ketmon» (1935), fors yozuvChisi Mirza Mushfikning «KurkinChli Texron» (Saogiz, 1934) uChun ishlangan bezak va illyustratsiyalari kitob uChun tanlangan kogozning sifatsizliliga karamay alohida badiiy go‘zal va estetik zavk uyg‘otadi, kitob mazmunini obrazli tasavvur kilish imkoniyatini beradi. Masalan, «Obid ketmon» kitobi muqovasiga bahorda ekish uChun Chopib kuyilgan yerda katta kilib tasvirlangan ketmon berilgan. Bu yerda ketmon kitob qaxramoni dahqon Obidning mehnat kuroli, uning kuChi sifatida ramziy namoyon etilsa kitob iChki betida esa traktor bilan xaydalgan kolxoz yerlarini tasvirini ko‘rsatish orqali dahqonChilikni ketmondan boshlab traktor bilan yerni ishlash darajsigaCha ko‘tarilgan, xalqning yakka tartibda mehnat kilishidan katta kollektiv xo‘jalikka o‘tish jarayoni imtiyozlari obrazli talkin etilgan. Rassom «Qo‘rqinChli Texron» kitobiga ishlangan rasmlar tush, pero va muyqalam imkoniyatlaridan foydalanib yaratgan. Rassomning dastgoh grafikadagi asarlari ham e’tiborga molik ular o‘zining nozik Chiziqlari balan va harakterli kompozitsion yeChimi bilan esda qoladi. SHu o‘rinda "Suv tashuvChi» (1927) qalam suratini ko‘rish mumkin.U o‘zining Chiziq plastikasi obrazning shoirona yeChimi bilan yaxshi ta`surot qoldirdi.
20-30- yillarning boshlarida san’atida rangtasvir alohida o‘rinni egallaydi. SHu yillardan mahalliy rassomlar tez tez ko‘rgazmalarda ishtirok etib yangi o‘zbek san’atining zamonaviy ko‘rinishlarini yaratdilar.
Akrom Siddiqiy (1900-1957) shunday rassomlardan bo‘lib milliy yoshlar iChida birinChi bo‘lib Moskva - Peterburg badiiy hayotini his etgan, u yerdagi izlanish va jarayonlarni kuzatgan , Moskvada (1927-1929) bu izlanishlar shohidi bo‘lgan edi. Yangi hayot jarayonlaridan ta’sirlangan bu rassom milliy san’at an’analari, jahon madaniyati an’analari, jumladan rus ikona san’atini, Vizantiya madaniyatini an’analarini o‘zlash tirgan xolda milliy mavzu va urf-odatlar, hayot yangiliklarini ifoda etishga harakat qildi. Uning bu izlanish va niyati "To‘y" deb nomlangan asarida o‘z ifodasini topdi. Rasm. "To‘y"
Hozirgi kunda Samarqand muzeyida saqlanayotgan bu asarida rassom tuy marosimini o‘ziga xos hikoyanavilikda aks ettiradi. Kompozitsiya markaz atrofida tuy marosining turli paytlarini aks ettiriladi. A.Siddiqiy portret va avtoportret sohasida ham mehnat qildi.
30 yillardan o‘zbek portret san’atining shakllanish va rivojlanish davri bo‘ldi.Bu yillarda milliy portretChilar yetishib Chiqa boshladi. Yuqorida tilga olgan A.Siddiqiy, O‘rol Tansiqboev keyinroq Baxrom Hamdamiy, Latif Nasriddinov, SH.Xasanova kabi mahalliy rassomlar yaratgan portretlari bilan tanildilar. SHu yillarda avtoportret keng ko‘lamda ishlandi.
20 yillarning ikkinChi yarmi 30 yillarning boshlarida badiiy hayotda faol ishtirok etib grafika va rangtasvirda o‘ziga xos asarlari bilan ko‘pChilik diqqatini o‘ziga qaratgan, o‘z asarlari bilan xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmada ishtirok etishga muyassar bo‘lgan rassomlardan biri O‘rol Tansiqboev edi. Uning 1927 yili Chizgan "O‘zbek portreti" asari Filodel`fiya (AQSH,1934), Moskvada (1934) da namoish etilgan. Uning qalam, rangli qalam, guash bo‘yog‘ida Chizgan rasmlari, moybuyoqda bajargan kompozitsiyalari o‘zining badiiy yeChimi va mavzu tanlash bilan ajralib turadi. Oxangdor, yorqin rangli, o‘ziga xos kompozitsiyalari («Moviy eshak", " O‘tovda va boshqalar) rassomning shu davrdagi ijodiy izlanishlarini namoyish etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |