Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta



Download 13,99 Mb.
bet55/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Bu yillarda manzara janrida Gan Pavel ViktoroviCh realistik san’at yo‘nalishida, ko‘proq birodarlik an’analarida hikoyanavis syujetli kompozitsiyalar va manzara janriga oid asarlar yaratgan. Rassom ijodida Bo‘stonliq manzaralari, Toshkent atrofi manzaralari keng o‘rinni egallaydi «CHimyon etaklarida. Oqshom», «Tog‘ oqshomi», «SHoli o‘rimi», «Mirob»(1960) shular jumlasidan. Bulardan tashqari rassom urushdan keyingi yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ko‘paytirishga qaratilgan plakatnamo, Chaqiriq ruxidagi asarlarni ham yaratib davr talabiga javob berishga xarakat qildi.”Traktorlar uChunt yoqig‘li”1947, “Dalalar xo‘jayini”1950, ”Yangi yerda”, 1953, “TraktorChilarning tushligi”1954, “CHirChiqdagi yirik panel zavodi”,1957 va boshqalarda rassomning maxorati namoyon bo‘ladi. Muximi shundaki, uning asarlaridagi tashqi xikoyanavislik tabiat ko‘rinishi va xolatini ranglar tizimi va Chuqur xissiy tuyg‘ular bilan yeChishi asarlariga aloxida kuCh baxsh etadi. Tabiat va inson o‘zaro qo‘shilib yagona shoirona dunyoni yaratadi. Jumladan uning “Dala xo‘jayini “ asarida yuksak maxorat bilan ishlangan bahor manzarasi mirobning ko‘tarinki ruxi va shodligini yoritib qolmay taomashabinga xam shu kayfiyatni beradi., uning lirik kayfiyatini ko‘taradi. Rassom ijodining shu tomonlari uning “Jo‘shqin may”, “Qarg‘alar uChib ketmoqda” asarlarini yaqqol ko‘rinadi

40-50 yillarda Arinin CHeprakov, Bog‘oduxov, SHpolyanskiy, SHevyakov manzara janrida samarali ijod qildilar. Natyurmort Kovalevskaya, Kashina, Ufimtsev, SH. Xasanova, Tatevosyan Kolibanov



Urushdan keyingi yillarda mahobatli rangtasvir san’ati o‘zining rivojini topdi. Milliy o‘ziga xos mahobatli san’at tarkib topdi.Bu xususiyat CHingiz Axmarov ijodida namoyon bo‘ldi. Uning Alisher Navoiy nomidagi katta teatr devoriy rasmlarida shu izlanishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Axmarov CHingiz GabduraxmanoviCh (1912.18.08.CHelyabinsk.(Rossiya)-1995.13.05. (Toshkent) mahobatli rangtasvir ustasi,san’atshunoslik nomzodi, o‘zbek milliy musavvirlik maktabining asosChilaridan biri, O‘zbekiston xalq rassomi(1964).1930 yili Perm`dagi(Rossiya)badiiy bilim yurtini tugatgaCh Qarshi shahriga ota onasi oldiga qaytib kelgan. SHu yili Axmarovlar oilasi Samarqandga ko‘Chib o‘tgan. Rassomning ijodiy faoliyati shu yerda boshlandi. U rangtasvir va grafikada asarlar yaratdi, «Mushtum», «Mash’ala» jurnallariga rasmlar ishladi,kitob illyustratsiyasi bilan shug‘ullandi,( masalan, SH. Sulaymonning «Le CHu» kitobiga(1934) rasmlar ishlagan). Dastgoh san’at yaratgan portretlaridan «Akam portreti», «Qiz portreti», «Bola portreti» ma’lum. 1935-42 yillari Moskva badiiy institutini tugatdi. 2-jahon urushi yillarida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib vatanparvarlik ruhida ishlangan rangtasvir asarlarini namoish etdi. «O‘zbekiston qiliChi» triptixi (1942) shunday asarlardan. Urush yillari bulardan tashqari A.Navoiy opera va balet teatr foyesi uChun devoriy rasm eskizlarini yaratdi(1944-1947). 1947 yili Moskva badiiy institutining aspiranturasini san’atshunoslik nomzodi yo‘nalishida tugatdi. CH.Axmarov ijodi davomida sharq san’ati , ayniqsa miniatyura va devoriy rasm an’analarini Chuqur o‘rganib milliy san’at yaratishga intildi. Ularning nafisligi, musiqaviyligi va mayin Chiziqlar o‘yini, yassi dekorativ rang tizimi rassomga ilxom baxsh etdi. Bu izlanishlar teatr uChun Navoiyning «Hamsa» asari asosida devoriy rasm eskizlarini(1944-1947) ishlash paytida meyoriga yetib bordi. SHu fazilat keyingi ijodiy izlanishlarining asosini tashkil etdi. Rassomning urushdan keyingi yillar san’ati keng qirrali. Yuqorida ko‘rib o‘tgan mahobatli rangtasvir bilan birga bu yillarda portretlar ishladi( M. Turg‘unboeva portreti», «R.Timurov portreti», maishiy mavzularda kompozitsiyalar(«BuxoroCha raqs», «XorazmCha raqs», «Xush kelibsiz» va b.)yaratdi. Kitob grafikasida Oybekning «Navoiy»romaniga(1951),o‘zbek xalq dostonlaridan «Ravshan»ga illyustratsiyalar Chizdi, M.SHayxzodaning «Ulug‘bek fojiyasi», spektakli, «Ulug‘bek yulduzi», «Ikki dil dostoni fil`mlari uChun dekoratsiyalari ishladi. CH.Axmarov qaysi sohada ijod qilmasin, lekin mahobatli rangtasvir ijodida belgilovChi bo‘lib qoldi. U ... «er usti qurilmalari va yer osti qasrlariga rasmlar ishladi...»(CH.Axmarov so‘zidan). O‘zbekiston va undan tashqarida ko‘plab devoriy rasmlar ishladi. Jumladan 1959 yili Qozon opera va balet teatri, 1960-70 yillarda Toshkentda Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, «Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti», San’atshunoslik ilmiy tekshirish instituti, Samarqanddagi Ulug‘bek me’morial muzeyi, «Yulduz» restorani uChun devoriy rasmlar ishladi Toshkent metropoliteni Navoiy bekati pannolari eskizlarini yaratdi, CHinni ishlash korxonasi laganlari va vazalari uChun eskizlar Chizdi. CH.Axmarov O‘zbekistondan tashqari Moskva metro bekati, SoChidagi «O‘zbekiston» restorani uChun eskizlar yaratgan. 80-90 yillarda rassom maishiy , batal, tarixiy janrlarda ham qator asarlar yaratdi.Mustaqillikdan keyingi yillarda Temur, Bibi xonim va Bayazidga bag‘ishlangan asarlari ishladi «Temur va Bibi xonim», « Temur va Bayazid», «Temur va darvish» va b. CH.Axmarov qalamsurat ustasi. Uning qalamda ishlanga ko‘plab Chizgilari bugungi kunda O‘zbekistondan tashqari Qozonda,shaxsiy galereyalarda saqlanadi.

Urushdan keyingi yillarda Teatr bezak san’ati jonlandi va davr izlanishlari bilan birxil izlanishda bo‘ldi. Bu izlanishlar Gvozdikov M.A.. X. Ikromov,T.SHomuxiddinov,M. Musaev ,Val`denberg va Ushakov,Riftin,Melenin, Riftin ijodida o‘z ifodasini topdi.



Gvozdikov Mixayil AdrionoviCh Poltavo, Ukraina 1880 - 1954, Toshkent 30 yilarda O‘zbekistonga kelgan rassom butun umri davomida Toshkent teatrlarida teatr bezagini ishladi . U birinChi o‘zbek operasining Bo‘ron uChun bezak ishladi boshlab keyinChalik rus va harbiy yevropa klassiklar asarlarning saxnalashtirgan ko‘rinishlarining bezaklarining ishladi . Knyaz` Ig‘or ` Boris G‘ordunov va boshqa spektakllar bezaginig muallifi sifatida tanilgan.

Urushdan keyingi yillardi grafika san’ati rivojlanishida Toshkentda poligrafiya bazasini kuChaytirilishi hamda adabiyot va san’at nashriyotini tashkil etishi muhim bo‘ldi. Nashriyot atrofida iste`dodli rassomlar to‘planabordi. Tasviriy san’atning boshqa turlarida ijod qilgan rassomlar ham nashriyot ishiga jalb etildi Bu ish urushdan keyingi kitob grafikasini uslub rangbarangligi ortishiga xizmat qildi. Ijodkorlarning ijodiy metodlari davrning muhim va harakterli badiiy yo‘nalishini yuzaga keltirdi, Urushdan keyingi yillarda grafika san’atida san’atning boshqa turlarida bo‘lgani kabi hikoyanavislik tamoyillari kuChli edi. Grafikasida qora aivarel yoki guashda, ba`zan ko‘mir va sovusda bajarilgan illyustratsiyalarbu yillarda keng o‘rinni egalladi. Rassomlar illyustratsiya ishlaganlarida buyumlar hajmli, fazoviy kenglik masalalariga e`tibor berdilar, ularning tuslaiishi, fazoviy perespektiva masalalari ham rassomlar nazoratidan Chekkada qolmadi. Bunday illyustratsiyalar odatda bir betga mo‘ljjalanib ishlangan bo‘lib tasvrilar mayda unsurlari bilan ko‘rsatilar edi. Kitobdagi barCha illyustratsiyalar o‘zaro biri bilan bog‘liq yeChilib ular o‘quvChi ko‘z o‘ngidan kitob g‘oyasyani tasavvur etishiga qaratilgan edi. Bunda ma`lum salbiy tomonlar ham bor. Kitobning poetik ruhi, kishiga beradigan emotsional xissm emotsional tomonining birmunCha susayishi, o‘z paytida munaqidlar tomonidan e’tirof etilgan edi. SHuning uChun ham urushdan keyingi yillarda yaratilgan illyustratsiya rasm ishlashda badiiy asarning faqat syuojetini emas balki uning o‘ziga xos poetik tomonini xis etish, uning o‘quvChiga beradigan xissiy taassurat kuChini tushunishi va uni tasviriy san’at tilida shoirona talqin etish muhim edi. SHu yo‘nalishda ijod qilgan rassomlar esa eamonga mos asarlar yaratish imkoniyatiga erishdilar. grafiklari o‘z ijodlarida o‘tmish an``analariga murojaat qildilar, an’anaviy miniatyura va devoriy rasm ishlash san’ati, xalq dekorativ san’ati an’analaridan foydalanib asar yaratishga harakat qildilar, ilg‘or demokratik san’at an’analari, birinChi galda rus realistik illyustratsiya ishlash uslubi an’analariga murojaat qilgan xolda illyustratsiyalar ishlashga harakat qildilar. I.Ikromov ilgarigi asarlariga xos ortiqCha bezaklardan voz keChib o‘z fikrini kat`iy va aniq obrazlarda, ta’sirChan ifodali bezak elementlaridan foydalanib tugal va mukammal kitob yeChimini yaratishga muyassar bo‘ldi. Naqsh va ramziy shakllar harf kompozitsiyalar bilan uyg‘unlikda o‘ziga xos asarlar yaratdi. Bu xususiyat uning klassik va zamonaviy yozuvChi, shoirlar asarlariga ishlangan bezaklarda o‘z ifodasini topdi. U naqqoshlik sant`atidan kitob bezash san’atida unumli foydalanib rang va Chiziklar ritmini, tasviriy elementlarni ularga bo‘ysindirdi. Ayni shu yillarda bezagan qalin muqovali kitoblar betiga I.Ikromov mualliflarning bo‘rtma tasvir-portretlarini kiritaboshladi. Qattiq bosish asosidamuqovasida hosil bo‘lgan rel`eflar kitob obraziga o‘ziga xoslik kiritib boshqa rassom ishlaridan ajratib turdi. YozuvChi Oybekning "Quyosh qo‘shigi" (1955) hamda saylanma asarining to‘rtinChi tomi qalin muqovasi yuzasiga muallifning yon tomonidan ko‘rinishining bo‘rtma tasviri berilgan. Alisher Navoiyning "Farxod va SHirin" asari yangi nashrini bezashda Ikromov ko‘k-moviy rang, oltin xal hamda kulrang gammaoi uyg‘unligiga asarga milliy ruh baxsh etib uning kadimiy me’morChilik yodgorliklarining eslatuvChi tuyg‘ular uygotdi.I.Ikromov ijodi ko‘pgina rassomlar ijodiga samarali ta`sir ko‘rsatdi. Levitskiy, Osheyko, Kaydalov I.Ikromov boshlagan uslubdan ta`sirlanib yangi o‘ziga xos miliy san’at yo‘nalishiga kirib kela boshladilar. I.Ikromov shogirdlaridan biri R.Levitskiy Abduraxmon Jomiyning musiqa haqidagi risolasi kitobi bezagida o‘rinli topilgan format, rangi va naqshlar uyg‘unligi hamda kitob uChun tanlangan nisbat yaxlit kompozitsiya tashkil etib kitobni ko‘rimli va go‘zal bo‘lishini ta’minlagan. Uning "Xind ertaklari" (1956) kitobi bezagi ham naqqoshlik uslub yetakChilik qiladi. Osheyko, Sokolov kitob grafikasida shu yillarda mehnat qilib qator kitoblani bezadi.

Urushdan keyingi yillarda ishlangan illyustratsiyada ko‘tarinkilik, tantanavorlik ruhi hukm surdi. Bu xususiyat kitob muqovasining badiiy ishlanishida, uning fakturasida, tanlangan harf va ranglar harakterida namoyon bo‘ldi. Bu yillarda ishlangan kitobning faqat tashqi bezagiga e`tibor berilibgina qolmay balki uning iChki mazmuniga, uning obrazlii yeChimida illyustratsiyalarining roliga alohida e`tibor berildi. Kitoblarga Kontsovka, zastavka, harf garnituri harakteri hisobga olindi, ishlangan illyustratsiyalarda dastgoh grafikasiga xos fazilatlar ham keng ko‘llaniladi.

Rassomllar badiiy adabiyotga illyustratsiya ishlaganlarida iloji boriCha kitobda bo‘layotgan muhim voqea, uning muxiti, harakterli detallarini aniq va atrofliCha bayon etishga e`tibor berdilar. Urushdan kvyingi yillarda bolalar adabiyotiga bezak berish, illyustratsiyalar ishlash, bolalar va ukuvChilarga mo‘ljallab o‘quv-metodik qo‘llanmalar kitob gazeta jurnal grafikasining keng ko‘lamda rivojdanishiga va qator rassomlar guruhini jalb etilipshga olib keldi. Rassomlar bolalar adabiyotiga ishlangan illyustratsiya va kitob bezash san’ati namunalari bilan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etaboshladilar, konkurslarda qatnashdilar. Jumladan, S.Marfin "Alifbe" kitobini(1949) bezash va m illyustratsiyalar. Xind tili" (1950) darsligi uChun ishlangan kitob maketi, muqova bezagi hamda illyustratsiyalari keng jamoatChilikka manzur bo‘ldi. Marfin faqat bolalar adabiyotiga rasm Chizish, bezash san’ati bilan shug‘ullanish bilan birga badiiy adabiyotlarga ham illdyustratsiyalar ishladi, ularning bezagi bilan shug‘ullandi. Sadriddin Ayniyning "Eski maktab" xitobiga illstratsiyalari o‘zining professional mahorati bilan ishlanishi va kitob ruhini satirik planda obrazli talqin etilishi bilan esda qoladi. Kitobning muqovasi qismida eski maktab ko‘rsatilgan bo‘lib rassom serzarda domla va qo‘rqa-pisa o‘ltirgan o‘quvChilarni bir-biriga taqqoslash orqali uning harakterini yoritadi.

Urushdan keyingi yillarda dastgoh grafikada manzara janri salmoqli o‘rinni egalladi. Akvarel`, guash` va aralash texnikada qalam, tush` va ko‘mir qalamda ishlangan asarlarda yangi davrning g‘oyaviy-estetik qarashlarini aks ettiraboshladilar. Litografiya yana jonlanaboshladi. Ofort va linogravyurada asarlar paydo bo‘laboshladi. Manzara janrida yaratilgan asarlarda shahar, memorlik va industrial motivlar yetakChi o‘rinni egallaydi.



O‘zbek haykaltaroshligining yangi bosqiChi urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi. Portret janri kompozitsiyalarida hayotiy asarlar yaratildi, portretlarda ruhiy xolatni aks etirishga intilish sezilarli bo‘ldi.

Ivanov Aleksey NikolaeviCh yaratgan asarlari birmunCha jonli va hayotiy. San’atkorning Toshkentda Birodarlik qabristoni uChun ishlangan Hamid 0limjon yodgorligi shoir siymosini ko‘tarinki, birmunCha romantik ruhda, jo‘shqin xolatda tasvirlansa, A.Navoiy katta akademik teatr foyesi uChun ishlangan Navoiy haykali, janrli realistik san’atning an’analarida nozik did bilan ishlangan. Mukarrama Turgunboeva haykalida raqqosaning raks og‘ushidagi xolatini ishonarli talkin etgan.

GrishChenko Filipp IvanoviChning(1925-85) ilk ijodi yog‘oChda portretlar ishlash bilan boshlagan. Uning M.Ulug‘bek, Pushkin, ishChi Sotboldiev portretlari shu davrda yaratilgan. Lekin GrishChenko janrli kompozitsiyalari bilan tanildi. Uning "Xunarmand" 1950, "Duradgor», "Qushlar do‘sti" 1954 «Yosh duradgorlar», «SHaharliklar paxta terimida(1982) kabi asarlarida voqelik laxzalari badiiy ifodalanadi. GrishChenko Toshkent Ben`kov nomli rassomlik bilim yurtida o‘qituvChi bo‘lib ishladi. murabbiy sifatida shogirdlar tarbiyalab voyaga yetkazdi. Uning ustaxonasida M. Musboev, X.Xusniddinxujaev, D.Ro‘ziboev, K.Saloxiddinov, A.Toirov va boshqa realistik san’at asoslarini egallagan haykaltaroshlar yetishib Chiqdi.

50- yillar ikkinChi yarmi 60 yillarning boshlarida o‘zbek san’ati

Urushdan keyingi yillarda boshlangan san’atdagi jonlanish jarayoni 50-yillarning ikkinChi yarmi -60 yillardan boshlab yangi pag‘onaga ko‘tarildi. Davrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar yangi demokratik qarashlar shabadasi mustahkamlandi. Bu davrda rangtasvir, grafika, haykaltaroshlikda plastik masalalar tez-tez ko‘tarila boshladi. Me’morlikda va amaliy-bezak san’atiga yangi texnologiyalarning kirib kelishi san’atning tur va janrlarini yanada kengaytirdi, uning yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, yoki qayta tiklanaboshlandi. O‘zbek san`atida akademik professional san`at rivojlandi . 50 yillarning o‘rtalari – 60 yillardan san’atda kasbiy maxoratning oshishi, yaratilgan asarlarda quruq ko‘Chirish, balandparvozlik o‘rniga sokin, kundalik xayotni to‘laqonli ko‘rsatish xuusiyati kuChayib bordi. Bu badiiy jarayonlarning qizg‘in tus olishida 1954 yil Toshkentdagi Teatr va rassomChilik institutining Rassomlik fakul`teti oChilishi ham muhim bo‘ldi. SHu yillarda universitet va institutlar qoshida Badiiy grafika fakul`tetlarini tashkil etilishi, respubllika shahar va viloyatlarda tasviriy san`at o‘qituvChilari tayyorlaydigan bilim yurtlarining oChilishi respublikada madaniy hayotning jonlantirib yubordi. San’at ixlosmandlarining safi kengaydi. Bu yillarda san’at tarixi va nazariyasini tadqiq etish masalasi, arxeologik ishlarni kengayishi San`atshunoslik ilmiy tadqiqod ishlarini ham ham jonlanib tadqiqod ishlari kengaytirdi. San`at borasida kitob va maqolalar Chiqa boshladi, arxeologik ishlar natijalar berib qadimgi va o‘rta asrlar san`atini o‘rganish borasida samarali faoliyat boshlandi Monumental rangtasviring vitraj, mozayka, sgrafitto turlari hayotga kirib keldi. Badiiy shisha, gobelen, farfor mayda plastika san’ati rivojlanib bordi. San’atda plastik masalalar oldinga Chiqaboshladi ritorika, dekorativ dabdababozlik o‘rnini Chuqur lirizm bilan sugorilgan asarlar egallayboshladi. Yaratilgan siymolar tabiiy holda ortiqCha bezak va unsurlarsiz ishlatishga e’tibor ortdi. Eng muhimi impressionistik dunyoqarash, borliqqa munosabat bildirish va taasurotlariga tayanish rasmiy san’at, shu davrning xukumron uslubi sotsialistik realizm taqibidan Chiqishga qilingan dastlabki xarakatlardan bo‘ldi. Bu xususiyatni Kashina nurga to‘la asarlarida, O‘.Tansiqboev, N.Koraxon, R.Timurovlarning lirik manzaralarida, A.Abdullaevning psixologik portretlarida, rangga boy G.Ul`ko asarlarida ko‘rish mumkin. Bu xususiyatni ayniqsa shu yillarda san’at olamiga kirib kelgan uning yangi avlodlari vakillari R. Axmedov, M.Saidov, N.Qo‘ziboev, T.Oganesov, Yu.Elizarov ijodida sezilarli bo‘ldi.

50- yillarning ikkpinChi yarmidan haykaltaroshlikdagi jonlanish va plastik yangilanish harakati sezildi. SHu yillardan boshlab bu san’atga mahalliy san’atkorlar kirib keldi. 1933-35 yillar Samarqanddagi rassomlik bilim yurtida o‘qigan Krimskaya Nina Konstantinovna (1917) 50 yillar oxiridan badiiy hayotda faol ishtirok eta boshladi. TinChlik, g‘alaba mavzularida birmunCha plakatnamo janrli kompozitsiyalari bilan ko‘rgazmalarda ishtirok etdi. Namangandagi CHortoq dam olish zonasi uChun "Bola ko‘targan vraCh", "Raqqosa», "Uzumli ayol” kabi kompozitsiyalarni o‘rnatdi. CHinni zavodida mayda haykalChalar ishladi. Uning shu yillarda ishlagan o‘zbek ayollariga mayda haykalChalari farforda bejirim bajarilgan. Xoregrafiya bilim yurti binosi tashqi devori uChun ishlangan raqqosalar bo‘rtma tasviri haykaltaroshning yetuk asarlaridan xisoblanadi. Unda san’atkor klassik haykaltaroshlikning yaxshi an’analarida ijod qilib plastik jihatidan tugal, harakatga boy bo‘rtma tasvir namunasini yaratdi. 50 yillar oxiridan badiiy hayotda faol ishtirok etaboshladi Musaboev Muxtor NabieviCh (1929) shu yillarda "CHo‘pon", "Mirob», «RubobCha" kabi janrli kompozitsiyalari bilan tanila boshladi. Bo‘rtma tasvir (rel`efda) kompozitsiyalar ishladi. 60- yillarda «Mirzo Ulurbek" yodgorligi tanlovida ishtirok etib uning ikkinChi sovriniga sazovor bo‘ldi (birinChi sovrin heCh kimga berilmagan). SHu asar bugungi kunda Samarqandda Mirzo Ulurbek rasadxonasi oldiga o‘rnatilgan.




Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish