Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta



Download 13,99 Mb.
bet50/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Korjinskaya Ol`ga Sergeevna (1900-1976) Peterburgda tug‘ilgan, shu yerda dastlab Rassomlarni rag‘batlantirish jamiyati maktabi, so‘ng Peterburg Oliy badiiy texnika institutini tugatgan . 1920 yildan O‘zbekistonda yashab ijod qildi. O.Korjinskayaning ijodi keng va rangbarang. Favvoralar uChun eskizlar ishlagan, portret va janrli kompoztsiyalar yaratgan.

30 yillarda Toshkentda shahar loihalash instituti qoshida tashkil etilgan haykaltaroshlik ustaxonasi ham shahar va qishloqlar uChun turli mavzuda kompozitsiyalar ishladi. Bu haykallarning ko‘pChiligi asosan Moskva, Peterburg haykaltaroshlar ishlagan kompozitsiyadan kuChirma edi xolos. SHular asosida gipsdan monumental-dekorativ haykallarni ishlab respublika shahar va qishloqlariga tarqatdi. Ko‘Cha, maydon va hiyobonlar gipsdan ishlangan "Raqqosa', "SportChi" "ParashyutChi", "MusiqaChi", "KolxozChi", "TraktorChi", "Matros" va shunga o‘xshash haykallar bilan to‘lib bordi. Xatto shunday haykallar xonadonlarga ham kirib bordi. Samarqanda 1929-31 yillarda tashkil etilgan "Tasviriy san’at fabrikasi" (IZO fabrika) haykallar ishlash uChun sharoit yaratdi. Bu tashkilot xujaliklar buyurtmasi asosida haykallar ishladilar.

SHu davrda yashab ijod etgan haykaltaroshlar shunday «buyurtmalarni bajarish bilan birga mustaqil ijod namunalarini ham yaratdilar. SHu yillarda ijod qilgan haykaltaroshlar Ya.KuChis, N.Kudryavtseva, Ya.Strazdin, G.Manuylovalar davrning «namunali» asarlarini yaratdilar.

Masalan G.Manuylovaning "Ikki kolxozChi , katta Farg‘ona kanali uChun ishlangan "Raks"kompozitsiyalari(haykaltarosh G.Manuylova) shu ta`sir natijasi bo‘lib, unda aks ettirilgan odamlan ko‘rinishi Yevropa va Osiyo tiplari omuxtasi sifatida idrok etilishi ham shundadir.

Manuylova Ol`ga Maksimovna 1893 yili Nijniy Tagilda tug‘ilgan. 1912 yili Myunxenda haykaltaroshlar Xoffterter va SHvegerle ustaxonasida o‘qigan, 1917 yili Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va me’morChilik bilim yurtini tugutgan. 1907-23, 1937-38 yillarda Toshkentda yashagan. Uning "DoiraChi", Erkak portreti (har ikkisi 1938 yili ishlangan) kabi asarlari ma`lum.

Moskvadagi qishloq xujaligi yutuqlari ko‘rgazmasi o‘zbek pail`oni uChun ishlangan haykal muallif Ya.KuChis edi.


40-50- yillarda O‘zbekiston san’ati: IkkinChi jahon urushi(1939-1945) fojia va dahshatlari O‘zbekistonga ham yetib keldi. Albatta O‘zbekiston urushdan anCha yiroqda edi, lekin uning minglab o‘g‘il qizlari shu janga tortildi va ko‘plari qurbon bo‘ldi. Lekin urush O‘zbekistonda boshlangan yangi badiiy hayotni to‘xta olmadi. oliy o‘quv yurtlarida o‘qish davom ettirildi, yangilari oChildi fakul`tet va bo‘limlar tashkil etildi, jumladan Toshkent davlat universitet qoshida san’atshunoslik bo‘lim tashkil etildi. SHu yillarda ilmiy tadqiqod ishlari, arxeologik ekspeditsiya faoliyati kengaytirildi. Varaxsha, Afrasiyobda arxeologik ishlar olib borildi.

Urush yillarida milliy tarixiy mavzularda xalq yaratgan qaxramonlar obrazida ozuqa olib asar yaratdilar. Kino san’atida Alisher Navoiy, Nasriddin afandi, Toxir va Zuxra kabi fil`mlar suratga olindi, tasviriy san’atda A.Navoyi portreti va haykallari yaratildi, rangtasvir va grafika san’atida miliiy qahramonlar Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik Go‘ro‘g‘li, Avazbek, Alpomish, Rustamxonlar obrazlariga murojat qilindi
Me’morChilik. Davr taqozosi bilan O‘rta Osiyoga, jumladan O‘zbekistonga sobiq Ittifoqning Yevropa qismidagi bir qanCha yirik sanoat korxonalari ko‘Chirilib keltirilishi bu yerda ham yirik sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. Harbiy maqsadlar uChun zarur bo‘lgan yangi korxonalar qurildi. Bekaboddagi metall ishlash korxonasi, Toshkentda kabel zavodi qurilib ishga tushdi. Farxod GESi elektr energiyasi bilan ta`minlay boshladi.

Me’morlikda yangi texnologiya keng yo‘lga qo‘yila boshlandi, mahalliy tsement ishlab Chiqarish, metalni qayta ishlash, alebastr, ishlab Chiqarishning ko‘paytirilishi shu davr me’morligi qiyofasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Me’moriy madaniy binolar yuzaga keldi. A.Navoiiy katta opera va balet teatri loihasi ustidagi ishlar davom ettirildi. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri quriliib ishga tushirildi. u 1943 yili qurib tugatildi.




Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish